Toshkent farmatsevtika institutida “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoillar” fani bo‘yicha Respublika talabalar fan olimpiadasining birinchi bosqichi yakunlandi.

14.03.2018, 15:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 230

2018-yilning 13-mart kuni Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasida “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoillar” fani bo‘yicha Respublika talabalar fan olimpiadasining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Olimpiada uchta shart bo‘yicha olib borildi. 1-shart “Yоzma ish”, 2-shart “Test topshiriqlarini bajarish”, 3-shart “Og‘zaki savol – javob” dan iborat bo‘ldi. G‘oliblar aniqlanib Republika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi – Respublika bosqichiga tavsiya etiladi.