Toshkent farmatsevtika institutida Kimyo (umumkasbiy) fanidan II bosqich talabalar respublika fan olimpiadasi bo’lib o’tdi

12.05.2016, 14:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 482

Toshkent farmatsevtika instituti ma’muriy bino majlislar zalida Kimyo (umumkasbiy) fanidan II bosqich talabalar respublika fan olimpiadasining tantanali ochilishi 11 may 2016 yil soat 800 da boshlandi.  Soat 930 dan 1-tur , 1-o‘quv binosi Axborot texnologiyalari markazida , 2-tur  va 3-tur Toshfarmi 1-o‘quv binosi Malaka oshirish fakultetida bo‘lib o‘tdi. 12 may 2016 yilda 4-tur Toshfarmi 1-o‘quv binosi Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi 1-qavat 22, 24 va 40- laboratoriya xonalarida bo‘ldi.

OLIMPIADA ISHTIROKCHILARIGA ESLATMA

2016 yil 11-12 may kunlari Toshkent farmatsevtika instituti bazasida  O‘z Res Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 martdagi 129- sonli buyrug‘ining 2-ilovasiga muvofiq kimyo (umumkasbiy) fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkaziladi.

2016-260    2016-261

2016-263    2016-262

OLIMPIADA  TOPSHIRIQLARI

Amaldagi Nizomga muvofiq Talabalar Respublika fan olimpiadasi quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:

1-tur

Anorganik, analitik, organik, fizik va kolloid kimyo materiallari asosida tuzilgan 50 ta savoldan iborat test topshirig‘ini 75 daqiqa davomida kompyuterda bajarish.

Maksimal ball-100 ball.  

2- tur

Yozma ish 4 ta masalalardan iborat bo‘lib, 90 daqiqa davomida yozma ravishda bajariladi.

Maksimal ball-100 ball.

3- tur

Kimyoning nazariy qonuniyatlariga doir savollarga javob yozish. 90 daqiqa

Maksimal ball-100 ball.

4- tur

Laboratoriya ishi. 2 soat

Maksimal ball-100 ball.

Jami: 400 ball.

2016-266     2016-265

2016-264     2016-267

OLIMPIADA DASTURI

2016 yil 11 may

8:00 – 9:00 Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish.

9:00-9:30 Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining ishtirokchi komandalar rahbarlari bilan qo‘shma majlisi. Talabalar Respublika fan olimpiadasining tantanali ochilishi.

9:30-12:00 Olimpiada topshiriqlarini bajarish.

12:00-13:00 Tushlik.

13:00-16:00 Olimpiada topshiriqlarini bajarish.

16:00-18:00 Olimpiada ishtirokchilarini ekskursiya qildirish.

2016 yil 12 may

9:00-11:00 Olimpiadaning 4-turi (laboratoriya ishi) ni bajarish.

12:00-13:00 Tushlik.

13:00-14:00 Tashkiliy qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishi. Olimpiada ishini yakunlash.

2016-268