Institutda ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihon o‘tkazildi.

27.02.2018, 16:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 672

     

Toshkent farmatsevtika institutida 2018-yil27-fevral kuni ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihonlari bo’lib o’tdi. Ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil fevralida tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va 2017-yil 27-iyundagi “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” qarori asosida Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 2018-yil 02-fevraldagi 75-son buyrug‘iga binoan 15.00.02-farmatsevtik kimyo va farmakognoziya, 15.00.01-dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil qilish, 14.00.17-farmakologiya va klinik farmakologiya ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.