Toshkent Farmatsevtika institutida Farmakologiya fanidan II bosqich talabalar Respublika fan olimpiadasi bo’lib o’tdi

13.05.2016, 16:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 337

OLIMPIADA O‘TKAZILADIGAN JOYLARI HAQIDA MA’LUMOT

 Olimpiadaning tantanali ochilishi. Toshkent farmatsevtika instituti. Ma’muriy bino majlislar zali.

  1. 1-tur

Toshkent farmatsevtika instituti 2-o‘quv binosi.  1-qavat 13xona

  1. 2-tur

Toshkent farmatsevtika instituti 2-o‘quv binosi. 1-qavat 13 xona

  1. 3-tur

Toshkent farmatsevtika instituti 1-o‘quv binosi Malaka oshirish fakulteti.

  1. 4-tur

Toshkent farmatsevtika instituti 2-o‘quv binosi. 1-qavat, 1, 3a, 7- xona

Olimpiada ishlarini yakunlash va olimpiadaning tantanali yopilishi

Toshfarmi Ma’muriy bino majlislar zali (2-qavat).

 

2016-277     2016-278

2016-279     2016-280

OLIMPIADA ISHTIROKCHILARIGA ESLATMA

2016  yil 13 may kunlari Toshkent farmatsevtika instituti bazasida  O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug‘ining 2-ilovasiga muvofiq farmakologiya (umumkasbiy) fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkaziladi.

 

OLIMPIADA  TOPSHIRIQLARI

 Amaldagi Nizomga muvofiq Talabalar Respublika fan olimpiadasi quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:

1-tur

Farmakologiyadan yozma ravishda savollarga javoblarni yozish. 60 daqiqa davomida amalga oshiriladi.

Maksimal ball-100 ball.

 

2- tur

Farmakologiyadan og‘zaki ravishda savollarga javob berish. 15 daqiqa davomida og‘zaki ravishda bayon etish.

Maksimal ball-100 ball.

 

3- tur

Farmakologiyadan test savollariga javob yozish 50 ta savoldan iborat test topshirig‘ini 50 daqiqa davomida kompyuterda bajarish. – 100 ball     Maksimal ball-100 ball.

 

4- tur

Farmakologiya buyicha tajribaviy-ijodiy ishni bajarish. Bajarish uchun 10 daqiqa.

Maksimal ball-100 ball.

Jami: 400 ball.

 

OLIMPIADA DASTURI

2016 yil 1-13may

9:00 – 16:00 Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish.

2016 yil 13 may

9:00-9:30  Farmakologiya fanidan Talabalar Respublika fan olimpiadasi Tashkiliy qo‘mitasining ishtirokchilar bilan qo‘shma majlisi. 

9:30-12:00 Olimpiada topshiriqlarini bajarish. 

12:00-13:00 Tushlik.

13:00-16:00 Olimpiada topshiriqlarini bajarish. 

14:00-15:00 Tashkiliy qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishi. Olimpiada ishini yakunlash.

2016-290     2016-293

2016-291     2016-292