Toshkent farmatsevtika institutida “Fan dasturlarini takomillashtirish va yangi avlod darsliklarini yaratish” mavzusida o‘quv uslubiy seminar tashkil etildi.

05.01.2018, 17:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 627

     

Qishki ta’til vaqtida institut professor-o‘qituvchilarining faoliyati, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkillashtirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish maqsadida hamda institutning me’yoriy hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur dasturga muvofiq 2018-yil 5-yanvar kuni soat: 09-30 da faollar zalida “Fan dasturlarini takomillashtirish va yangi avlod darsliklarini yaratish” mavzusida o‘quv uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan o‘quv uslubiy seminarning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

     

     

Shundan so‘ng, Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri, professor Z.A.Yuldoshev “Toksikologik kimyo fanidan sohada erishilgan eng so‘ngi yutuqlarni qamrab olgan fan dasturini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifasi”, Biotexnologiya kafedrasi o‘qituvchisi b.f.n., I.M.Xalilov “To‘qima kulturasi fanining o‘quv jarayoniga kiritilishining dolzarbligi va ahamiyati”hamda professor R.M.Djumaniyazov “Til taktikasi – taraqqiyot strategiyasining ta’sirchan mexanizmi” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Suhbat jarayonida professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga soha mutaxassislari javob berishdi. Shuningdek, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Q.Ismoilov so‘zga chiqib, aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 29-dekabrdagi 81-q/b-sonli, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2017-yil 29-dekabrdagi 43-q/b-sonli qo‘shma qarorida belgilangan vazifalar xususida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda jami 150 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.