Toshkent farmatsevtika institutida “Eng faol kitobxon guruh” tanlovining o‘tkazildi.

20.10.2017, 15:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 121

     

     

Toshkent farmatsevtika institutida o‘zbek tiliga Davlat maqomi berilganligi munosabati bilan  “Tilga e’tibor elga e’tibor” mavzuida 2017-yil 19-oktyabr kuni seminar tashkil etildi. Tadbirni ilmiy ishlar bo‘ycha prorektor R.T.Tulyaganov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U mamlakatimizda 21 oktyabr “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun tarixiy sana sifatida keng bayram qilinsa, 21 fevral  YUNESKO tashkiloti bosh konferensiyasining 30 sessiyasida xalqaro ona tili kuni sifatida nishonlanishi e’lon qilingan. Tilimizni rivojlantirish, uning qamrovini kengaytirish, kelajak avlodga sof va yanada boy holda etkazish davr taqozosi ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek farmfsevtik atamalar, sohaga oid bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar keltirildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti filologiya fanlari nomzodi Norqul Bekmirzaev ishtirok etdi. U talabalarga murojaat qilib, tilimiz sofligi, unga g‘aliz so‘zlarni qo‘shmaslik haqida gapirib Birinchi Prezident Islom Karimovni “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asaridan misollar keltirib o‘tdi. Talabalarga nabiralarim deb murojaat qilib,yoshlar muloqotidagi ayrim kamchiliklar haqida gapirdi. Talaba-qizlarimizni ma’naviy etuklikka, milliy urf-odatlarni saqlashda tarbiyaviy ahamiyatga molik. misollar keltirib o‘tdi. Magistratura 2-bosqich talabasi M.Jaloliddinova zamonamiz yozuvchisi Obiddin Maxmudovning “Farzadnoma kitobi” haqida taqdimot qilib berdi. Mazkur asarni qadimiy pandnoma, nasihatnoma kabi asarlarga o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi. Taqdimot davomida ushbu asardan parchalarni o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng tadbir davomida “Eng faol kitobxon guruh” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan talaba yoshlar orasida “Eng faol kitobxon guruh” tanlovining o‘tkazilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu tadbirlar yoshlarni uyushtirish, ularni guruhiy kitob mutolaa qilishga o‘rgatish, badiiy kitobga bo‘lgan muhabbatni oshirishga qaratilgandir.

2017-yil  19-oktyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti faollar zalida “Eng faol kitobxon guruh” ko‘rik- tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rik-tanlovda institutning ikki fakulteti Farmatsiya fakultetidan “Iftihor” guruhi va Sanoat farmatsiyasi fakultetidan “O‘zbekiston yoshlari” guruhlari bellashdi. Ko‘rik tanlov uchta shartdan iborat bo‘ldi.

“Eng faol kitobxon guruh” tanlovi shartlari va ularni baholash

1-shart. Fakultetim- faxrim. 8-12 minut- 10 ball

Shartda talabalar o‘zi o‘qiyotgan fakultet, uning tarixi, yo‘nalishlari, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilari haqida badiiy chiqish orqali ma’lumot beradilar. Chiqishda har bir ishtirokchi nutqining ravonligi, faxr tuyg‘usining ifodalanganligi, tashqi ko‘rinishi, AKTdan foydalanganligi, prezentatsiyaning mavjudligiga alohida e’tibor qaratiladi.

2-shart. Men sevgan asar va uning muallifi haqida. 10-15 minut- 10 ball.

Shartda asar muallifi haqida bibliografik ma’lumot, asarning yaratilishi tarixi, asarning syujeti va yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini ochib berilishiga e’tibor qaratildi. Chiqishda AKTdan foydalanish, prezentatsiyaning mavjudligi shart.

3-shart. Asardan parcha yoki iqtiboz. 10-15 minut. 10 ball

Parchaning to‘g‘ri tanlanganligi, talabalarning aktyorlik mahorati, parchaning yoshlar psixologiyasiga ta’siri, kostyumlar e’tiborga olindi.

Tanlov shartlari bo‘yicha qo‘yilgan ballar jyuri a’zolari tomonidan qo‘yildi:

Shartlar “O‘zbekiston yoshlari” guruhi “Iftixor” guruhi
1-shart 38 ball 36 ball
2-shart 39,5 ball 35,5 ball
3-shart 39 ball 40 ball
Umumiy ballar 116,5 ball 111,5 ball

Umumiy ballar bo‘yicha Sanoat farmatsiyasi “O‘zbekiston yoshlari” guruhi 116,5 ball to‘plab g‘olib deb topildi va respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.