«Toshkent farmatsevtika institutida buyuk shoir va mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Boburlarning tavallud kunlari keng nishonlanmoqda»

16.02.2015, 09:28 Institut yangiliklari 392

2015-yil 12-fevral  kuni soat 15-00 da institut faollar zalida Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligini keng nishonlash maqsadida “Adabiyotga oshno ko‘ngillar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirni  institut rektori, professor Yunusxo‘jayev Ahmadxo‘ja Nig‘monovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda “Naqshbandiya” jurnalining bosh muharriri, Toshkent viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sultonmurod Olim “Badiiy adabiyotda so‘z mahorati” (Navoiy va Muhammad Bobur ijodi misolida) mavzuida ma’ruza qildi.

Shuningdek tadbir ishtirokchisi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod “Adabiyotga oshno ko‘ngillar” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir so‘ngida “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohiblari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalari Farxod va Shirin o‘z qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar. Tadbirni farmatsiya fakulteti 4 kurs talabasi Sodiqov Shavkat  olib borib, A.Navoiy va Muhammad Boburga bag‘ishlangan  o‘zining ijodiy she’rlaridan namunalar o‘qidi hamda farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 1 kurs talabasi Turayeva Sadoqat A.Navoiy g‘azallaridan namunalar aytdi. 

Sundan so‘ng, institut ma’naviyat va ma’rifat markazida olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Institut ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta ta’mirlandi va zamonaviy jihozlar, adabiyotlar bilan boyitildi.