Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasida rus tili fanidan respublika 1-bosqich Olimpiadasining o‘tkazilganligi haqida ma’lumot.

12.03.2018, 15:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 496

2018-yilning 9-mart kuni Tillar kafedrasi rus tili fanidan respublika fan Olimpiadasining 1-bosqichiga start berdi. Olimpiada rus tiliga iqtidori yuqori bo‘lgan talabalarni o‘ziga jalb etdi. 14 nafar talaba fan Olimpiadasida ishtirok etish hoxishini bildirdi. Shulardan 10 nafar iqtidorli talabalar a’zolar tomonidan taklif etildilar. Olimpiadaning birinchi kunida ishtirokchilar 3ta shart bo‘yicha bellashishdi.

1-shart. Tasviriy san’at asarini (Opisanie kartini) yozma tasvirlab berish.

2-shart. Test.

3-shart. Monolog

Yakuniy natijalar  10-mart kuni e’lon qilindi.

Toshkent farmatsevtika institutida  rus tili fanidan respublika 1-bosqich Olimpiadasi natijalari:

  1. Saidov S.- 92 ball
  2. Mengliyeva SH.- 87 ball
  3. Bazarov B.- 86 ball
  4. Sharipova R.- 86 ball
  5. Temirov J.- 80 ball
  6. Nazarova F.- 75 ball
  7. Adxamova M.- 74 ball
  8. Xaytboyeva Z.- 49 ball
  9. Alimuxamedova S.- 46 ball
  10. Gulyamova D.- 43 ball

Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-kurs 6/2 guruh talabasi S.S.Saidovni rus tili fanidan respublika 1-bosqich Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgani va keyingi bosqichga yo‘llanma olgani bilan tabriklaydi.