Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasida  institut rektori I.I.Alimdjanovning “Toshkent farmatsevtika institutining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan jadal rivojlanish rejalari”  ma’ruzasi muhokamasi.

30.03.2018, 16:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 356

2018-yilning 28-mart kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishida “Toshkent farmatsevtika institutining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan jadal rivojlanish rejalari” mavzudagi ma’ruza bilan chiqish qildi. Ma’ruzada institut ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari kadrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, moddiy texnik bazani rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ham tanqidiy ham konseptual fikrlar bayon etildi. 2018-yilning 29-mart kuni Tillar kafedrasida ma’ruza muxokama qilindi va undagi ta’lim sifatini rivojlantirish, dars jarayoni, mustaqil ta’limni tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-salohiyatini oshirishga qaratilgan fikrlar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi. Kafedra qarorida ma’ruzadan kelib chiqib kafedraning 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Tillar kafedrasi mudiri     S.M.To‘ychiyeva