Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatiga biriktirilgan Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xonadonlariga tashrif uyushtirildi.

11.05.2017, 10:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 552

Mustaqillik yillarida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xonadonlariga 2017 yil 6 may kuni institut rektori professor X.K.Djalilov boshchiligida tashrif uyushtirildi. Tashrif quyidagi ro‘yxatda yashovchi harbiy xizmatchilar xonadonlariga, xonadon egalari bilan kelishgan holda amalga oshirildi.

    

 Institut rahbariyatiga biriktirilgan Mudofaa vazirligi tizimida xizmat

burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar

ro‘yxati

Harbiy unvoni, F.I.SH. Harbiy xizmatchilarning yaqin qarindoshlarining yashash manzillari va oila a’zolari to‘g‘risida ma’lumot Tashrif uchun biriktirilgan OTM
1 Kichik serjant Xodjanov Boris Isangalievich Toshkent viloyati, Chirchiq shahari, Shalandin ko‘chasi, 21 –uy, 31-xonadon.

Rafiqasi: Xodjanova Oksana.

O‘g‘illari: Temur, Salavat

 

ToshFarMI
2 Kapitan Ibragimov Farhod Asrorovich Toshkent shahar, CHilonzor tumani, H.Qodiriy 5-katta ko‘chasi, 14-uy.

Turmush o‘rtog‘i: Ibragimova Nigora.

Qizi:SHirin. O‘g‘li: SHerzod

 

ToshFarMI

    

Suhbat jarayonida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar kichik serjant Xodjanov Boris Isangalievich va  kapitan Ibragimov Farhod Asrorovichlarning olib borgan fidokorona mehnatlari yodga olindi. Mazkur harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan yaqindan suhbat olib borildi va ular olib borayotgan amaliy ishlar bilan o‘rtoqlashildi. Xonadon egalariga institut rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbirlarga institut rahbariyati jumladan, rektor prof. X.K.Djalilov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan muovini Z.U.Mamtqulov va “Kamolot” YOIH BT etakchilari, iqtidorli talabalar jalb etildi. Shuningdek, “O‘zbekiston” telekanalining “Vatanparvar” ko‘rsatuvi ijodkorlari ishtirok etib, mazkur suhbatlar yozib olindi. Yozib olingan materiallar mazkur kanal orqali efirga uzatilishi belgilab olindi.