Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litseyda “Maxsus kurs”

30.03.2018, 16:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 491

 2018-yil 29-mart kuni Tillar kafedrasi o‘qituvchisi S.A.Shukurdjanova “Ishoqxon To‘ra Ibratning hayoti va ijodi” akademik litsey va kasb-xunar kollejilari uchun maxsus kurs doirasida  3-kurs o‘quvchilari uchun “Ochiq dars” o‘tdi. Unda o‘quvchilar Ishoqxon To‘ra Ibratning hayoti va ijodi haqida ma’lumot oldilar. Darsda akademik litseyning  Til va adabiyot kafedrasi mudiri M.T.Sabirdjonova, Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychiyeva va katta o‘qituvchi M.Osmonovalar ishtirok etishdi. Dars o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.