Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilarning qishki ta’til (2018 yil 1-3 yanvar) davrini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot.

03.01.2018, 17:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 151

O‘zbekiston  Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 30-dekabrdagi 87-02-3798-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilarning qishki ta’til (2018-yil 1-2 yanvar) davrini mazmunli tashkil etish maqsadida 4 nafar professor-o‘qituvchilar o‘z oila a’zolari bilan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Mazkur sayohatga institut Farmatsevtik ishini tashkil qilish kafedrasi dotsent f.f.d. Suyunov Nizom Davurovich, Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti Ernazarov Obid, Farmatsiya fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Jalilov O‘tkir Mamarasulovich, Anorganik, analitik fizik va kolloid kimyo kafedrasi assistenti Xamdamov O‘ktam Ismatullaevichlar  (o‘z oila a’zolari bilan)  jalb etildi. Sayohat davomida Samarqand davlat tibbiyot instituti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Xalimov Sulaymon G‘ulomovich hamrohlik qilib, Samarqand shahrida joylashgan “Registon” maydoniga, “Go‘li Amir”, “Shohizinda”, Imom al Buxoriy majmuasi va boshqa bir qator ziyoratgohlarga tashrif uyushtirildi (fotolavhalar ilova qilinadi).

Shuningdek, mazkur sayohatdan olgan taassurotlar haqida Samarqand viloyatining “Diyor” mahalliy telekanaliga institut Farmatsevtik ishini tashkil qilish kafedrasi dotsent f.f.d. Suyunov Nizom Davurovich va Farmatsiya fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Jalilov O‘tkir Mamarasulovichlar intervyu berishdi. Berilgan intervyu 2017-yil 2-yanvar kuni Samarqand viloyati “Diyor” mahalliy telekanalining infarmatsion dasturining kechki sonida efirga uzatildi.

Sayohatga jalb etilgan institut professor-o‘qituvchilari OO‘MTV hamda institut rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini izhor qilishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor                                   O.I.Xudoyberdiyev

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 dekabrdagi 87-02-3798-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilarning qishki ta’til (2018 yil 1-2 yanvar) davrini mazmunli tashkil etish maqsadida 4 nafar professor-o‘qituvchilar o‘z oila a’zolari bilan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

Mazkur sayohatdan lavhalar.

    

    

    

Mazkur sayohatdan olgan taassurotlar haqida Samarqand viloyatining “Diyor” mahalliy telekanaliga institut Farmatsevtik ishini tashkil qilish kafedrasi dotsent f.f.d. Suyunov Nizom Davurovich va Farmatsiya fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Jalilov O‘tkir Mamarasulovichlar intervyu berishdi.