Toshkent davlat stomatologiya institutida hamkorlikdagi seminari

23.01.2020, 17:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 484

2020-yil 22- yanvar kuni Toshkent stomatologiya institutida “UzTesping” loyihasi asosida hamkorlikda ma’muriyatning kichik zalida seminar bo’lib o’tdi. Loyiha koordinatori va Angliyadagi Warwick Universiteti doktori Kamila Tangirova ingliz tili o’qituvchilari bilan veb-seminar o’tkazish orqali o’zining tadqiqot ishlari haqida gapirib berdi. Shuningdek O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori A.T. Irisqulov so’zga chiqib, darsliklar yaratishda nimalarga e’tibor berish kerakligini ta’kidladi. Toshkent farmatsevtika instituti katta o’qituvchisi, ilmiy tadqiqotshisi  X. Maqsudova o’zining ilmiy mavzusi bilan simenarda ishtirok etdi.

Veb-seminarda Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi o’qituvchilari ham qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Tillar kafedrasi