Toshkent-Changvon (Janubiy Koreya): Sermaxsul xamkorlik yo‘lida

23.01.2016, 07:03 Без рубрики 328

slide1

 

2015 yil 7-8 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning CHangvon shaxrida CHangvon Milliy  universiteti bazasida nano biomateriallar va analitik kimyoda ilg‘or texnologiyalarga bag‘ishlangan Simpozium bo‘lib o‘tdi, unda Toshkent farmatsevtika instituti rektori, professor A. N. YUnusxodjaev ma’ruza bilan ishtirok etdi.

CHangvon Milliy universiteti biokimyo, farmatsevtikada dori vositalari sifatida ishlatiladigan nano biomateriallar soxasida ilmiy izlanishlar olib boriladigan etakchi universitetlardan hisoblanadi.

 Professor  A.N. YUnusxodjaev tashrifi natijasida CHangvon Milliy universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida Memorandum imzolandi. Memorandumda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, farmatsevtika fani dolzarb yo‘nalishlarida, jumladan onkologik kasalliklarni aniqlash va davolashda qo‘llaniladigan targent nanopreparatlarni  yaratish ustida xamkorlikda izlanishlar olib borish, talabalar bilimini baxolash va tashxislash, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlari, etakchi professorlarni ma’ruza o‘qish va tajriba almashishlari soxasida xamkorlik qilish nazarda tutilgan.