Tillar kafedrasida o‘quv jarayoni.

09.03.2018, 14:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 522

Institutimizning tillar kafedrasida talabalarning bilim olishlari, chet tillarini oqitishning innovatsion texnologiyalari va kafedra faoliyati bilan tanishtiramiz. Tillar kafedrasida 21 nafar professor-oqituvchilar shundan 1 nafar fan  nomzodi, dotsent,  9 nafar  katta  oqituvchi, 11 nafar oqituvchi-assistent shulardan 4 nafari IELTS  sertifikatiga ega. Kafedra oqituvchilari tomonidan bakalavriat bosqichi talabalariga ingliz tili, rus va ozbek tili, lotin tili va farmatsevtik terminologiya fanlaridan, magistratura bosqichi talabalariga esa Nutq madaniyati fanidan ta’lim berib kelmoqda. Kafedrada 3 ta lingofon xonasi mavjud. Barcha fanlardan oquv-uslubiy majmualar tayyorlangan. Talabalarning  davomati  va  ozlashtirish  korsatkichlarini oshirish maqsadida tizimli ishlar yolga qoyilmoqda. Kafedrada darslar har kuni kafedra mudiri tashrifi bilan boshlanadi. Tillar kafedrasining Ozbekiston Jahon tillari unversiteti, Ozbekiston Milliy Unversiteti va Nizomiy nomidagi Pedagogika unversiteti bilan imzolangan innovatsion shartnoma asosida mutaxassisligi ingliz tilida oqitilayotgan guruhlar uchun innovatsion integral dars otish yolga qoyilgan. Ingliz tili va rus tili fanlaridan Respublika fan olimpiadasiga eng iqtidorli talabalar saralanmoqda. Ma’lumot uchun bugun tillar kafedrasida fan olimpiadasining birinchi bosqichi otkaziladi.