“Til–millat ko‘zgusi”

19.10.2016, 16:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 399

 

Toshkent farmatsevtika institutida  2016 yil 17 oktyabr 15-00 da “Til – millat ko‘zgusi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Mamlakatimizda 17 oktyabr “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun tarixiy sana sifatida keng bayram qilinsa, 17 fevral  YUNESKO tashkiloti bosh konferensiyasining 30 sessiyasida xalqaro ona tili kuni sifatida nishonlanishi e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb belgilanishi ham bejiz emas. Tilimizni rivojlantirish, uning qamrovini kengaytirish, kelajak avlodga sof va yanada boy holda etkazish davr taqozosidir. Bunday xayrli ishga hissa qo‘shish o‘zbek tilida so‘zlashuvchi har bir insonning vatanparvarlik burchidir.

IMG_9137     IMG_9160

Tadbirda “Antik dunyo” xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Jumaniyozov, taniqli shoir va jurnalist Muxammad Ismoillar ishtirok etdi. Tadbirda 1 kurs talabalari o‘zlarining badiiy chiqishlari, mumtoz qo‘shiq ijrochilari o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.Tadbirda institut o‘qituvchilari va 200 nafar talabalari ishtirok etdilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

IMG_9167     IMG_9206