Tibbiy madaniyat asoslari va reproduktiv salomatlik mavzusida tadbir o‘tkazildi

21.05.2016, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 512

 

2016-yil 19 -may soat  15-00da institut Ma’anviyat va ma’rifat markazida  “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, “Tibbiy madaniyat asoslari va reproduktiv salomatlik” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy  tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi bilan hamkorlikda tashil etildi. Tadbirda mazkur institut endokrinologi Rasulova Taxmina Abdualiyevna  “Reproduktiv salomatlik va uning huquqiy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda hamshira Qodirova Gulnoza Qodirovna ishtirok etdi. Talabalarni reproduktiv salomatlik, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, uni nafaqat jismoniy, ma’naviy hamda ijtimoiy ahamiyati haqida mulohazalar yuritildi. Tadbirda farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetlari 1-kurs talabalari ishtirok etdi. Tadbir ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Ibn Sino salomatlik maskani” bilan hamkorlikda tashkil etilib, 6 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

2016-313     2016-314

2016-315     2016-316