«Tarixsiz kelajak bo‘lmaydi»

13.05.2015, 12:00 Institut yangiliklari 410

Institut talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida akademik guruhlarida mutasaddi murabbiylar boshchiligida “Qatog‘on qurbonlari xotirasi”, Mustaqillik maydoni va “O‘zbekiston tarixi” muzeylariga tashrif uyushtirildi. Jami ishtirokchilar soni 300 nafardan ortiqni tashkil qildi. Sayohat jarayonida murabbiylar o‘z guruhlarida 9 – may “Xotira va Qadrlash kuni” bayramiga bag‘ishlab, “Ajdodlarimiz jasoratini davom ettiramiz”, “Tarixsiz kelajak bo‘lmaydi”, “Vatan ardog‘idagi insonlar”, “Inson qadri buyuk – xotira muqaddas”, “Ajdodlar merosini o‘rganishda yoshlar faolligi” mavzularida  targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida ajdodlar merosini o‘rganish, vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, tinchlik va osoyishtalikning qadriga etish singari mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida talabalar ham faol ishtirok etdi.