“Ta’lim muassasalalarida “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining olib borilish holati”

02.04.2017, 11:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 687

     

2017 yil 29 mart kuni institut miqyosida “MA’NAVIYAT KUNI” tadbiri tashkil etildi. tadbir institut “Murabbiylar” kengashi, fakultetlar hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. tadbir maxsus ishlab chiqilgan reja  asosida olib borildi (27.03.2017 yilda institut rektori tomonidan imzolangan). Akademik guruhlarda murabbiylar boshchiligida 100 dan ortiq davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, uchrashuvlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari tashkil etildi. o‘tkazilgan tadbirlarda quyidagi mavzular keng yoritib berildi: “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!”, “Kitobxonlik madaniyatini oshirish – bugungi kunning dolzarb masalasi”, “Navro‘z – yangilanish, yasharish bayrami”, “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish choralari”, “Milliy qadriyatlarimizga, an’analarimizga sodiq vorislarmiz”, “Yoshlar qadriyatlar va yoshlarimizning ma’naviy qiyofasi”, “O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoir “Abdulla Oripov ijodida Vatan madhi” va “Mirzo Ulug‘bek  ilmiy merosining dolzarb ahamiyati”. 

     

Har bir akademik guruhlarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan so‘ng talabalar murabbiylar boshchiligida shahrimiz miqyosida davom etayotgan Navro‘z sayllariga, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshoatlarga, Ko‘kaldosh madrasasiga, Toshkent fotosuratlar uyi, “Kitoblar dunyosi”ga tashriflari uyushtirildi. Tadbirga jami 1875 nafar talabalar va 165 nafar professor-o‘qituvchilar, rahbar xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. Mazkur tadbirlar o‘quv mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda amalga oshirildi. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda ularning talab va takliflari asosida amalga oshirildi. Barcha olib borilgan amaliy ishlar murabbiylar tomonidan rasmiylashtirildi va institut “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjaeva tomonidan umumlashtirildi.

     

 

Ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi xodimi N.X.Ashurova