Talabalarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashning psixologik jihatlari.

11.10.2017, 10:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 206

     

2017-yil 10-oktyabr kuni soat 15-00 da faollar zalida professor-o‘qituvchilar va  farmatsiya fakulteti 2-kurs talabalar o‘rtasida  “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish choralari”, “Talabalarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashning psixologik jihatlari” mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut  farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, institut psixologi S.Azlarovalar mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Unda quydagi jihatlarga ahamiyat berildi. Huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali usullardan biri ularga turtki bo‘luvchi psixologik omillarni bartaraf etishdir. Deviantlik yoki huquqbuzarlikning asosiy psixologik sabablaridan biri  — voyaga etmaganlarning tarbiyasidagi nuqsonlar va ularga ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchilar tomonidan etarli e’tibor qaratilmasligi xisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, tarbiya inson xulq-atvoriga uning ijtimoiy statusi (tabaqalanish), moddiy-iqtisodiy ahvoli va irsiy moyillikdan ko‘ra ikki barobar ko‘proq ta’sir etar ekan.Talabalar va professor-o‘qituvchilarning  etuk shaxs sifatidagi shaxsiy o‘rnaklari jamiyatda deviant hulq-atvor ko‘rinishlarining ommalashuvini to‘xtatishda asosiy omil bo‘lishi mumkin. Institutda o‘tkazilayotgan tadbirlardan kutilgan asosiy maqsad ham  shu.

Tadbir davomida Respublika Prezidentining BMT sammitidagi ma’ruzasi videoroligi namoyish etildi.Tadbirda 230 nafar talabalr va 15 nafar o‘qituvchilar ishtirok etishdi.