Talabalarda ijobiy ustanovkalarni shakllantirishga qaratilgan psixologik trening.

03.12.2017, 18:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 958

2017-yil 2-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida tahsil oluvchi talabalar turar joyidagi talabalar ishtirokida “muvafaqiyat yo‘li” nomli psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Treningni institut psixologi S.Azlarova olib bordi. Unda talabalar turar joyi mutasaddisi B. Abduraxmonov xamda, talabalar turar joyida yashovchi institut talabalar ishtirok etdilar.

Treningda insonning muvaffaqiyatga yetishish yo‘li emas balki, muvaffaqiyat va omadni o‘zimizga chorlash yo‘llari haqida gapirildi. Bunda asosiy axamiyatga ega bo‘lgan shaxs xususiyatlari haqida videorolik va videoslaydlar yordamida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarni komillikka va samarali faoliyatga undaydigan shaxs sifatlarini shakllantirishdir.