Talabalar uchun ijtimoiy psixologik treninglar.

24.02.2018, 16:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1050

2018-yil 22-fevral kuni farmatsiya fakulteti 1-kurs 2-guruh talabalari bilan institut psixologi S.Azlarova psixologik trening o‘tkazdi. Ma’lumki,  birinchi sessiya bu  1-bosqich talabalarini nafaqat bilim va qobiliyat jihatidan, balki, jamoa, gurux a’zosi sifatida insoniy jixatdan xam sinaydigan jiddiy sinov hisoblanadi. Bunday sinovda talabar o‘rtasida nizo va kelishmovchiliklar yuzaga kelishi tabiiy. Shu bois institut psixologi tomonidan talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va jamoa hissini shakllantirishga va ularning kelgusi ta’lim jarayonlarida zarur bo‘lgan motivatsiyani oshirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening o‘tkazildi. Trening davomida talabalarning shaxsiy sifatlari diagnostika qilinib, ular  o‘zlarining ayrim shaxs xususiyatlari va qobiliyatlari haqida qo‘shimcha psixologik ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, treningda nizoli vaziyatlarni konstruktiv yechim bilan hal qilishda zarur bo‘ladigan malaka va bilimlar berildi.