Talabalar turar joylari

Toshkent farmatsevtika instituti talabalar turar joyi jami 300 nafar talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 1-qavatda joylashgan pasport stoli hamda moddiy ta’minot bo‘limlari TTJdan chiqib ketganligi tufayli 3 ta xona ta’mirlanib talabalarga berildi. Hozirgi kunda talabalar turar joyida 308 ta talaba ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan 187 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lib, 121 nafarini qizlar tashkil qiladi. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirishda institut kasaba uyushma qo’mitasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YIH BT faol ishtirok etadi. Joylashgan talabalardan 1-kursda tahsil oluvchilar 74 ta, 2-kursda 104 ta,  3-kursda 71 ta, 4-kursda 41 ta, 5-kursda 11 ta va  3 ta magistr hamda 4 ta qayta tayyorlov kursi talabalari tashkil qiladi.

Toshkent farmatsevtika instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning

kurs va fakultet bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida 

MA’LUMOT

ttj_

Talabalar turar joyida viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talaba-yoshlar yashashlari va dam  olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Institut rektori, professor Yunusxo‘jayev Axmadxo‘ja Nigmanovich rahbarligida va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovichning sa’y-harakatlari tufayli qisqa vaqt ichida juda katta ta’mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, 2015-2016 o‘quv yiliga tayyorgarlik  ko‘rish  maqsadida yozgi ta’til paytida talabalar turar joyida quyidagi ta’mirlash ishlari olib borildi:

  • talabalar turar joyi oldidagi devorlar qayta  ta’mirlanib bo‘yaldi;
  • talabalar  turar joyi devori pastki qismi bo‘yaldi;
  • qavatlarda joylashgan hojatxonalar to‘liq qaytadan ta’mirlandi va akfa eshiklari o‘rnatildi;
  • 1-2-3-4-qavatlardagi xonalar va yo‘laklarning  yoritgich lampalari zamonaviy lampalarga almashtirildi va olingan eski yoritgichlar o‘rni ta’mirlandi;
  • 1-2-3-4-qavatlardagi fayelar, qavatlarga chiqish zinalari hamda yo‘laklar poli to‘liq bo‘yaldi;
  • 2-qavatda joylashgan o‘g‘il bolalar kir quritish  xonasi,  3- va 4-qavatlarda joylashgan qiz bolalar kir quritish  xonalari to‘liq ta’mirlanib,  poliga linolium yotqizildi. Ayrim joylarida singan kafellar o‘rni yangi kafellar bilan almashtirildi.
  • oshxonalari hamda yo’laklarining plintuslari to‘liq bo‘yaldi.

        Talabalar turar joyidagi xonalar muntazam ravishda tuman sanitariya  markazi mutaxassislari tomonidan dizenfeksiya qilinadi.

2016-160   2016-159

TALABALAR TURAR JOYIDA OLIB BORILAYOTGAN  MA’NAVIY – MA’RIFIY TADBIRLAR.

Ma’lumotni ko’rish uchun 1-2 qismni to’liq ko’chirib oling.!

  1. qism.
  2. qism.

 

26.04.2016, 12:36 793