Talabalar turar joyida yashovchi qizlar bilan o‘tkazilgan ma’naviy tadbir.

06.04.2018, 18:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 237

Yurtimizga kirib kelgan bahor o‘zi bilan birga tabiat go‘zalligini ham olib keldi. Uning kelishi bilan atrof yasharib, daraxtlar gullab, tabiat o‘z chiroyini ocha boshlaydi. Shu bilan birga bahor faslida qizlar xam atrofga “chiroy ochishni”  xush ko‘radilar. Ammo chiroyli kiyinish va ochiq kiyinish tushunchalari har doim ham mos kelavermaydi. Ularni bir-biridan ahloqiy me’yorlar ajratib turadi. Bularni yoshlarga, ayniqsa qizlarga tushuntirish, bu borada targ‘ibot ishlarini olib borish, yoshlarni ommaviy madaniyat ta’sirlaridan himoya qilish ta’lim muassasasining  asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Shu munosabat bilan 5.04.2018-yil sanasida Toshknt farmatsevtika institutining talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan ma’naviy –targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi  Saodat Yuldasheva, tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Umida Yunusova, farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti Inoyat Iminova, istitut psixologi Sayyora Azlarova hamda talabalar turar joyi mutasaddisi Baxrom Abduraxmonovlar ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: talabalar turar joyida yashovchi qizlarga kiyinish va muomala  madaniyati, ahloqiy qadriyatlar hamda shaxsiy va umumiy gigiyena haqidagi bilimlarini kengaytirish. Shu bilan birga, yig‘ilgan qizlarga hozirgi vaqtda davlatimiz, xususan, Prezidentimiz alohida e’tibor qaratayotgan diniy qadriyatlarimizda ko‘zda tutilgan odob-ahloq me’yorlari va qizlarning kiiyinish odobi xaqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

“Zamonaviy” va “ochiq” kiyinish tushunchalari dagi o‘xshashlik va ularning farqi, haddan tashqari ochiq kiyinish qizlarning psixologik va fiziologik salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, jamiyatga va milliy genofondimiz kelajagiga bu kabi ahamiyatsiz tuyulgan salbiy odatlar qanday katta ziyon etkazishi mumkinligi haqida atroflicha ma’lumot berildi.