Talabalar o‘rtasida turli yod g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni  yuksaltirish maqsadida “Odam savdosi – hudud, chegara,  millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

03.05.2017, 12:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 175

    

Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ular orasida ayniqsa, odam savdosidek og‘ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko‘rinishga ega ekanligini alohida ta’kidlash lozim.

Odam savdosiga qarshi kurashish, bunday jinoyat qurbonlarini ijtimoiy himoyalash tadbirlari kompleks xarakterga ega ekanligi inobatga olinib, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi tuzildi va hozirgi kunda komissiya tomonidan odam savdosi holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bir qator tashkiliy va profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

2017 yil 2 may kuni soat: 11-00 da institut faollar zalida talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni  yuksaltirish maqsadida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzucida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi va Mirobod tumani IIB bilan hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi N.R.Rahmonov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori O.Z.Muhammadjonov, Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi inspektori, mayor S.B.Zayniddinov, Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi inspektori, katta leytenant R.R.Isamuddinov, Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi Militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori, katta leytenant A.J.Rejamatov va institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

Tadbir ishtirokchilari mazkur muammoga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini qayd etib, bu borada o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar. Shuningdek, odam savdosining oldini olish borasida mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari xususida atroflicha ma’lumot berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir davomida “Odam savdosi” va “Jinoyat uchun jazo muqarrar ” nomli videofilm namoyish etildi. tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

   

Toshkent farmatsevtika instituti

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

Ashurova Nigora Xayitovna