“Talabalar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda ta’lim muassasalarining o‘rni”.

11.02.2017, 11:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 556

Mamlakatimizda yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning bu boradagi bilimini boyitish va rag‘batlantirish maqsadida ko‘rik-tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy kechalar o‘tkazilmoqda, xususan,  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini keng va atroflicha o‘rganish, ularning asarlarida ulug‘langan g‘oyalar mazmunini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongiga etkazish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi o‘tkazilmoqda. Institutda buyuk bobokalonlarimiz ijodiy merosiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, ma’naviyat soatlari, ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. “Buyuk ajdodlarni yod etib…” mavzusida adabiyot, she’riyat bayramlari, mushoiralar o‘tkazilmoqda. Yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat va adabiyot fidoiylari ishtirokidagi ushbu tadbirlarda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ijodiy merosining ahamiyati keng tushuntirilmoqda.

Oylik doirasida Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan institutda kitob ko‘rgazmalari tashkil qilinib, taniqli yozuvchilar, yosh ijodkorlar va talaba-yoshlar ishtirokda  adabiy-badiy kechalar o‘tkazildi.

IMG_6432     IMG_6439

Shuningdek, navqiron avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida talabalar o‘rtasida “Kitob – ilm ziyosi” shiori ostida “Talabalar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda ta’lim muassasalarining o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir institut axborot-resur markazida 2017 yil 10 fevral kuni soat: 14-00 da o‘tkazildi. Tadbir jarayonida institut axborot-resurs markazi rahbari F.N.Xolmurodova, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, Tillar kafedrasi o‘zbek tili o‘qituvchisi N.X.Ashurova hamda bir guruh iqtidorli talabalar mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

Tadbir Toshkent farmatsevtika instituti Axborot-resurs markazi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Tillar kafedrasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda 50 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.   Mazkur ma’rifiy tadbirlar yosh avlod bilimini boyitish, tafakkurini charxlash, ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga, kitobga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

IMG_6465     IMG_6436

 

Toshkent farmatsevtika instituti

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

 Ashurova Nigora Xayitovna