“Talabalar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni shakllantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

17.06.2017, 11:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 58

     

2017 yil 16 iyun kuni soat 11-00 da faollar zalida professor-o‘qituvchilar va  sanoat farmatsiyasi fakulteti 3 kurs talabalar o‘rtasida “Talabalar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni shakllantirishning dolzarb masalalari”, “Jinoyat uchun jazo muqarrar” va “Harakatlar strategiyasining ustivor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda rahbar xodimlar, fakultet dekanlari, murabbiylar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir jarayonida “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi raisi M.Y.Saidovalar tomonidan talabalar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlari, bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omillar hamda odam savdosi, giyohvandlikning oldini olish choralari xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent shahridagi P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji o‘quvchilari ishtirokida ro‘y bergan holat xususida talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda jami 250 nafar talablalarning ishtiroki ta’minlandi.