Talabalar ilmiy jamiyati

 
Azizov Shavkatjon Ismatjon o'g'li
Ilmiy darjasi va unvoni:
Lavozimi:
Talabalar ilmiy jamiyati raisi
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba 11:30-16:30
Telefon:
(0595) 196-50-40
E-mail:
Shavkat9191@gmail.com
Web-site:

1943 yil Toshkent farmatsevtika instituti qoshida talabalar ilmiy jamiyati tashkil etilgan.Toshkent farmatsevtika institutida  talabalar ilmiy jamiyati anjumanini o‘tkazish har yili an’anaga aylangan. Ma’ruzalar tezis tartibida chop etiladi. Anjuman keng doirada, ya’ni 7 ta maxsus ajratilgan bo‘limlarda:

  1. Dori turlari texnologiyasi va farmatsevtika ishini tashkil qilish;
  2. Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
  3. Sanoat farmatsiyasi;
  4. Kimyo fanlari;
  5. Tibbiy –biologiya fanlar;
  6. O‘zbek va chet tillari;
  7. Ijtimoiy fanlar bo‘limlarida yuqori saviyada o‘tkaziladi.

Har bir yosh izlanuchi, iqtidorli talaba ushbu anjumandagi izlanishlari innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarga qaratilgan bo‘lib, amaliyot uchun o‘z echimini topadi degan umiddamiz.

Barcha bo‘limlarda talabalar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda noan’anaviy tarzda, yosh ishtirokchilarning faolligi bilan ko‘zga tashlanadi.

Anjumanda talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlar, loyihalar ko‘pchiligi keyinchalik amaliyotga tatbiq etilib, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirishga zamin hozirlaydi.

Tadbir so‘ngida g‘olib bo‘lgan iqtidorli talabalar institut rektori tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

«Keksalarni e’zozlash yili» ga bagishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 72-ilmiy anjumani dasturi.

«Keksalarni e’zozlash yili» ga ba-ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 72-ilmiy anjumani materiallari.

 

«Sog’lom ona va bola yili»  ga bag’ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 73-ilmiy anjumani materiallari.

1-qism

2-qism

 

«Sog’lom ona va bola yili»  ga bag’ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 73-ilmiy anjumani dasturi.