«Talaba-qizlarni sharm-u hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyati»

02.05.2015, 11:01 Institut yangiliklari 304

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy  muhofaza masalalari majmuasi majlisining 2015-yil 11-fevraldagi 15-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi”ning II “Yoshlarni sog‘lom e’tiqod, vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash” yo‘nalishining 12-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Oliy ta’lim muassasalarida qizlarni sharm-u hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, muomala, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan “madaniyat”larning qizlar orasida tarqalishiga qarshi samarali targ‘ibot chora-tadbirlari” Dasturida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 14-martdagi 87-02-570-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda 2015-yil 24-aprel kuni soat 15-00da faollar zalida “Talaba-qizlarni sharm-u hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyati”, “Milliy libos o‘zbek ayolining ziynati” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri va  institut Xotin-qizlar qo‘mitasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, tillar kafedrasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,  shoira Sharifa Salimova, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Yayraxonim Abdullayeva, O‘zbekison xalq artisti To‘tixonim Yusupova, O‘zbekison xalq artisti Mahfuza Bobotillayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosiyat Xusanova, institut rahbar xodimlari, talaba-qizlar ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 200 nafarni tashkil etdi.