Tafakkur sinovlari ko‘rik-tanlovining institut bosqichi

18.03.2016, 09:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 289

 

“O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2016-yil 14-mart kuni soat 15-00 da institut faollar zalida talabalar o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda Xakamlar hay’ati tomonidan talabalarning har bir shartlar bo‘yicha chiqishlari baholandi. Tanlovda “Yosh kuch” va “Ishonch” jamoasi o‘zaro bellashdilar. Tanlov 4 bosqichda o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda jamoaning har bir shart bo‘yicha chiqishlari 10 ballik tizimda baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagicha baholandi va Hakamlar hay’ati tomonidan hududiy bosqichda ishtirok etuvchi jamoa e’lon qilindi.

       “Yosh kuch” jamoasi  – 88 ball

      “Ishonch”      jamoasi  – 85 ball

Institut bosqichida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovi g‘olibi “Yosh kuch” jamoasi deb topildi va hududiy bosqichda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

2016_37   2016_38

2016_39   2016_40