“Tabiatning zirovor ne’matlari”

10.03.2018, 18:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 298

     

Ma’lumki, tabiat in’om etgan jamiki  ne’matlar aziz va qadrlidir. Tabiat yaratgan barcha go‘zallik oldida inson lol qoladi. Bu ne’matlarni qadrlash, e’zozlash, borini asrash insonga bog‘liqligini juda yaxshi anglaymiz. O‘zbekiston hududida barcha dorivor o‘simliklar inson salomatligini tiklash yo‘lida xizmat qiladi. Bu kabi dorivor o‘simliklar biz yashayotgan hududda juda ko‘p sonni tashkil etishi ayni haqiqat.

Toshkent farmatsevtika institutida dorivor o‘simliklarni chuqur o‘rganish, ularning dorivor xususiyatlarni aniqlash borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib boriladi. shuningdek, institut farmakognoziya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mazkur masalalarda talabalarga ta’lim berib kelinadi. Hamda aholi turmush tarzini yaxshilash, shuningdek, aholi tibbiy madaniyatini yaxshilash borasida institut professor-o‘qituvchilar tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu kabi targ‘ibot ishlari nafaqat mahallalarda, ta’lim muassasalalarda balki OAVlarida ham keng joriy etilgan. Jumladan, joriy yilning fevral oyi davomida farmagognoziya kafedrasi dotsenti Xodjaeva Muattar Asadullaevna ishtirokida O‘zbekiston teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston” kanalining “Oydin hayot” teleko‘rsatuvida “Shifobaxsh zirovarlar” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi. Olib borilgan suhbat jarayonida institut dotsenti, M.A.Xodjayeva, zira, murch, dolchin, zarcho‘va, qalampir, zanjabil va boshqa bir qator zirovor giyohlarning inson salomatligiga ta’sirlari xususida qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tdi. Olib borilgan suhbat  2018-yil 13 – va 22-fevral kunlari   O‘zbekiston teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston” kanalining “Oydin hayot” teleko‘rsatuvida efirga uzatildi.