Sumalak sayli

26.03.2016, 17:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 330

Toshkent farmatsevtika instituti hududida 2016 yil 25 mart kuni “Sumalak sayli” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalar tomonidan har bir viloyatning o‘ziga xos milliy taomlaridan iborat bayram dasturxoni tashkil etildi. Talabalar o‘zlarining viloyatlari, tarixiy joylari va o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari, qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodini aks ettiruvchi kichik ko‘rgazmalar tashkil etib, bukletlar tayyorladilar. Suhbat jarayonida talabalar o‘rtasida “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!”, “Milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni yosh avlod vakillariga etkazish”, “Milliy o‘yinlarimiz tarixi” kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil etildi va bayram dasturxoni tashkil etilib, osh tarqatildi. 2016 yil 26 mart kuni ertalab tayyorlangan sumalak barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tarqatildi.

2016_103      2016_104

2016_105      2016_106