“Sumalak sayli”

12.04.2018, 10:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 436

Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yosh bo‘lgan tadbir “Sumalak sayli”. Sumalak navro‘zning shoh taomi hisoblanib, xushxo‘r va tansiq taomdir.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra sumalakning tarixi 3000 yildan oshiq bo‘lib, bahor paytida, Navro‘zning boshlanishida tayyorlanib kelinadi. Amir Temur davriga oid tarixiy, adabiy manbalarda ham sumalak sayli bilan bog‘liq an’analar navro‘z bayramining tarkibiy qismlaridan biri sifatida kelishi urg‘ulangan.

Bunday sayllar qir-adirlarda, bog‘larda, shaharlarning katta maydonlarida, mahalla, guzarlarda o‘tkazilib, bir haftadan bir oygacha davom etadi. Odamlar sumalakni tatib ko‘rish arafasida, bahorga yetganiga shukr qilib, yilning yaxshi, xayrli, barakali kelishini tilab duolar qilishadi. Sumalak sayli, turli tomosho bazmlar, kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketgan.

Sumalak sayli O‘zbekistonning turli hududlarida turlich o‘tkaziladi. Misol uchun respublikamizning janubiy hudularida sumalak sayli qadimda tog‘-yonbag‘rida, keng dashtliklarda o‘tkazilgan bo‘lsa, katta shaharlarda ular odamlar yig‘ilib, to‘planadigan katta maydonlarda o‘tkaziladi. Sumalak sayli bahonasida sayilgohlarda oshxona, choyxona, nonvoyxonalar qurilgan. Shu bilan birga

Ko‘pkari-uloq, kurash musobaqalari uyushtiriladi, baxshilar terma, doston kuylagan, tuya, qo‘chqor, xo‘roz urishtirish, dorbozlik tomoshalari namoyish etiladi.

Har bir marosimda bo‘lgani kabi Navro‘zning ham o‘ziga xos, shahona taomi hisoblangan sumalak ana shunday marosim taomi hisoblanadi. Sumalak pishirishning o‘zi qat’iy an’alar asosida ma’lum tartib qoidalarga amal qilingan holda bajariladi. Sumalak muqaddas taom sifatida qadrlanadi.

Sumalak saylini yanada ko‘tarinki ruxda tashkil etish maqsadida kuy va qo‘shiqlar ijro etiladi.

Qo‘shiq davomida sumalak pishirish jarayoniva undagi ko‘tarinki kayfiyat tarannum etiladi. Odatlarimizga ko‘ra har bir kishi yaxshi niyat bilan sumalak pishayotgan doshqozonni kovlaydi. Sumalak bilan bir qatorda Navro‘z kunlarida halim, navro‘z go‘ja kabi tanisq taomlar ham pishiriladi.

Asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli kabi milliy qadriyat va an’analarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularda tabiatdagi o‘zgarishlar o‘zining badiiy ifodasini topganligini ko‘ramiz.

Shunday “Sumalak sayli” Toshkent farmatsevtika institutida xam oltinchi aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Bu saylda institut rektori: I.I.Alimdjanov, barcha prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabar ishtirok etdi.

Sayl diltortar kuy qo‘shiqlarga ulandi. Dasturxonlar bezatildi. O‘zbek xalqining milliy taomidan biri bo‘lmish osh sayl qatnashchilariga tarqatildi.

Yettinchi aprel kuni toshqozon atrofida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar duolar qilib sumalakni ochishdi va sumalak barchaga tarqatildi.