Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi

Yuldashev Zokirjon Abidovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktori, professor

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i, kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Har kuni (13:00-15:00)

Tel.:

(0 371) 256-14-89

Veb-sayt:

Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi 2012 yil 20 avgustda Toksikologik kimyo hamda Organik va biologik kimyo kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra mudiri vazifasini vaqtinchalik bajarish farm.f.d., dotsent M.I.Alixo‘jaeva zimmasiga yuklandi. 2013 yil 12 noyabrdagi institut Ilmiy kengashida o‘tkazilgan tanlovda farmatsevtika fanlari doktori, professor Zokirjon Abidovich Yuldashev kafedra mudiri lavozimiga saylandi.

Har ikki kafedra o‘zining katta tarixiga ega.

Toksikologik kimyo kafedrasi 1940 yilda “Sud kimyosi” nomi bilan tashkil etilgan va unga farmatsiya magistri V.I.Sheblikin rahbarlik qilgan. 1951 yilda Sud kimyosi kafedrasiga “Farmatsiya ishlarini boshqaruv va tibbiyot tovarshunosligi” kursi qo‘shiladi. 1956 yilda “Farmatsiya ishlarini boshqaruv va tibbiyot tovarshunosligi” kursi alohida kafedra sifatida ajralib chiqqanligi munosabati bilan Sud kimyo kafedrasi Biologik kimyo kafedrasiga kurs sifatida biriktiriladi va unga X.R.Raxmatov rahbarlik qiladi. 1963 yilda boshlab bu kurs nomi Toksikologik kimyo kursiga o‘zgartirildi va unga farm.f.n, dotsent L.T.Ikromov rahbarlik qila boshlaydi. 1966 yilda kursda sud kimyogarlarini tayyorlash ishlari tashkil etildi va shu munosabat bilan Toksikologik kimyo kursi alohida kafedra sifatida tashkil etildi va kafedrani boshqarish L.T.Ikromovga topshirildi.

Professor Latif To‘laganovich Ikromov Toksikologik kimyo kafedrasini 1995 yilgacha boshqarib keldi.

  2016_136            2016-169            EPSON DSC picture

X.R.Raxmatov (1956-1963)       L.T.Ikromov (1963-1995)          X.S.Zaynutdinov(1995-1998)

 

1995 yildan boshlab kafedrani professor L.T.Ikromovning shogirdi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Xikmatilla Sunnatovich Zaynutdinov boshqara boshladi.

1998 yilda professor X.S.Zaynutdinovni Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi mudirligiga tayinlanganligi munosabati bilan kafedra mudiri vazifasini bajarish farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Akrom Yusupovich Toshpo‘latov zimmasiga yuklandi.

2000 yildan boshlab kafedrani farmatsevtika fanlari nomzodi Zokirjon Abidovich Yuldashev boshqara boshladi.

2001 yil iyun oyida Z.A.Yuldashev Farmatsiya fakulteti dekani lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan kafedra mudiri vazifasini bajarish farmatsevtika fanlari doktori, professor Mansur Azizovich Tojiev zimmasiga yuklatildi. Professor M.A.Tojiev 2012 yil avgust oyiga qadar kafedrani boshqarib keldi.

Kafedra tashkil etilgan vaqtdan boshlab shu davrgacha 4 nafar xodim (X.S.Zaynutdinov, M.A.Tojiev, Z.A.YUldashev, M.I.Alixo‘jaeva) doktorlik va 25 nafar xodim (X.R.Raxmatov, L.T.Ikromov, O.A.Alimxonov, A.YU.Toshpo‘latov, T.Mirxaitov, T.To‘xtaboev, M.A.Tojiev, A.Q.Saidvaliev, M.K.Muslimov, Z.I.Asatov, M.SHaxitov, X.S.Zaynutdinov, Z.Q.Sodiqov, A.SHukurbekova, M.I.Alixo‘jaeva, Z.A.YUldashev, M.U.Abdullaeva, X.Q.Olimov, X.N.Bekchonov, D.A.Zulfiqorieva, N.N.Najimitdinova, M.M.Ibragimova, F.S.Jalilov, N.SH.Xalilova, Z.O‘.Usmonalieva) nomzodlik dissertatsiyalarini muvafaqiyatli himoya qildilar.

Kafedra turli yillarda quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishgan: X.R.Raxmatov, L.T.Ikromov, O.A.Alimxonov, A.YU.Toshpo‘latov, T.Mirxaitov, T.To‘xtaboev, M.A.Tojiev, A.Q.Saidvaliev, M.K.Muslimov, Z.I.Asatov, X.S.Zaynutdinov, Z.Q.Sodiqov, M.U.Musaeva, I.I.Safrigina, T.N.Adaeva, S.G.Galimjonova, S.YU.Guseinova, K.J.Nishonova, M.I.Alixo‘jaeva, Z.A.YUldashev, M.U.Abdullaeva, T.X.Islomov, X.Q.Olimov, X.N.Bekchonov, D.A.Zulfiqorieva, N.N.Najimitdinova, M.M.Ibragimova, F.S.Jalilov, Z.O‘.Usmonalieva, N.Usmonova, SH.J.YUlchieva, G.Zokirova, N.X.Qosimjonova, M.Majidova, N.Majidova va b.

Organik kimyo kafedrasi 1939 yilda kimyo fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Z.M.Manulkin rahbarligida tashkil topgan. 1942 yilda organik kimyo kafedrasi biologik kimyo kafedrasi bilan birlashtirildi. Kafedra mudiri lavozimini prof. D.A.Tsuverkalov bajarib kelgan. 1944 yilda kafedra yana organik kimyo va biologik kimyo kafedralariga ajratiladi. 1949 yilda yana organik va biologik kimyo kafedralari birlashtiriladi. Bu davrda kafedrani prof. D.N.Saxibov boshqardi. 1956 yildan boshlab kafedra yana ikki kafedraga Organik kimyo va Biologik kimyo kafedrasiga ajratildi. Organik kimyo kafedrasi mudiri etib prof. Z.M.Manulkin tayinlanadi. Prof. Z.M.Manulkin kafedrani 1969 yilgacha boshqarib keldi.

1969 yilda kafedra mudiri lavozimiga dots. Karim Sodiqovich Tillaev tayinlanadi. Dotsent K.S.Tillaev 1984 yilga qadar kafedrani boshqarib keldi.

1985 yildan boshlab kafedrani kimyo fanlari doktori, prof. S.T.Akromov boshqardi. Professor S.T.Akramov kafedrani 1993 yilga qadar boshqarib keldi.

1993 – 1995 yillarda kafedra mudiri lavozimida dotsent E.A.Alimov va dotsent Z.Osmanovlar faoliyat ko‘rsatishgan.

1995 yilda kafedra mudiri lavozimiga kimyo fanlari doktori, professor A.Karimov tayinlanadi. Professor A.Karimov 2005 yilga qadar kafedrani boshqarib keldi. 2005 yilda organik va biologik kimyo kafedralari birlashtirilib Organik va biologik kimyo kafedrasi tashkil qilindi va unga rahbar etib kimyo fanlari doktori professor A.Karimov tayinlandi.

Professor A.Karimov bu lavozimda 2012 yilga ishlab keldi.

 2016_138        2016_139        2016_140

 K.S.Tillaev (1969-1984)       S.T.Akramov (1985-1993)          A.Karimov (1995-2012)

 

Bu davrda kafedrada professorlar Z.M.Manulkin, S.T.Akramov, A.Karimov, dotsentlar K.S.Tillaev, A.N.Tatarenko, I.M.Primuxamedov, O.Sultonqulov, Z.Osmanov, E.A.Alimov, o‘qituvchilar A.SH.SHukurov, N.Palyans, L.N.Snegur, E.P.Eganov, R.A.Zaidova, SH.Isamuxamedova, N.CHinibekova, M.Safaev va boshqalar faoliyat olib bordilar.

Biologik kimyo kafedrasi 1940 yilda tashkil qilingan va uning mudiri etib akademik YO.X.To‘raqulov tayinlanadi. 1942 yilda YO.X.To‘raqulov armiyaga chaqirilishi munosabati bilan organik kimyo va biologik kimyo kafedralari birlashtirilib unga mudir etib professor D.A.Tsuverkalov tayinlandi. 1944 yilda kafedra ikki Organik kimyo va biologik kimyo kafedralariga ajratiladi va biologik kimyo kafedrasi mudiri etib D.N.Saxibov tayinlanadi. 1949 yilda biologik kimyo va organik kimyo kafedralari birlashtiriladi va D.N.Saxibov rahbarlik qiladi. 1953-1956 yillarda kafedrani dotsent I.M.Mavlonov boshqaradi.

1956 yilda kafedra negizida ikkita kafedra Biologik kimyo va organik kimyo kafedralari tashkil qilinadi. Biologik kimyo kafedrasi mudiri etib professor K.G.Ioffe tayinlanadi. Professor K.G.Ioffe 1971 yilgacha kafedrani boshqarib kelgan. 1971 yildan boshlab kafedrani dotsent G.YA.Lamm boshqaradi. Dotsent G.YA.Lamm biologik kimyo kafedrasida 1992 yilgacha mudirlik qilgan.

2016_141

Professor O.O.Obidov (2002-2004)

1992 yili biologik kimyo kafedrasi mudiri etib, akademik YO.X.To‘raqulov shogirdi, tibbiyot fanlari doktori, professor O.O.Obidov tayinlanadi. Professor O.O.Obidov 2004 yilgacha kafedrani boshqarib keldi.

2005 yilda organik va biologik kimyo kafedralari birlashtirilib Organik va biologik kimyo kafedrasi tashkil qilindi va unga rahbar etib kimyo fanlari doktori, professor A.Karimov tayinlandi. Biologik kimyo kafedrasida turli yillarda yuksak salohiyatli va iqtidorli xodimlar mehnat qilishgan. Jumladan, D.N.Soxibov, K.G. Ioffe, F.X.Solomaxina, L.A.Xabibullaeva, N.I.Sinyashin, I.A.Asatov, G.YA.Lamm, M.A.Xoshimova, O.O.Obidov, E.F.Doncheva, G.YU.Malikova, A.Maqsudova, A.Jo‘raeva va boshqalar.

So‘nggi vaqtlarda kafedraning yosh xodimlari tomonidan professor O.O.Obidov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyalari (N.Sapunova, G.YU.Malikova, M.Sanalova, A.Jo‘raeva) muvafaqqiyatli himoya qilindi.

 

Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasida bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishlari talabalari tahsil oladilar:

5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil)

5510500 – Farmatsiya (Klinik Farmatsiya)

5111000 – Kasb ta’limi (5510500 – Farmatsevtika ishi)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (Dori vositalari)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (Kosmetsevtika)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (Farmatsevtik biotexnologiya)

5320500 – Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya).

 

Tokikologik, organik va biologik kimyo kafedrasida qo‘yidagi fanlar o‘qitiladi:

  • Sud toksikologiyasi,
  • Organik kimyo,
  • Biologik kimyo,
  • Farmakologik biokimyo,
  • Narkotik moddalar tahlili.

2012 yil avgust oyidan boshlab Toksikologik kimyo hamda Organik va biologik kimyo kafedralari birlashtirilib “Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi tashkil qilindi.

 

Toksikologik, organik va biologik  kimyo kafedrasi bo‘yicha 2015-2016 o‘quv yilida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati:

F.I.SH. Lavozimi, ilmiy darajasi
1 Yuldashev Zakirjon Abidovich Kaf/ mudiri, prof, farm.f.d., 1.0 st
2 Alixodjaeva Madina Ilyasovna  Farm.f.d., dots, 1,0 st
3 Karimov Aminjon Karimovich Prof,  K.f.d.,  1,0 st
4 Osmanov Ziyavuddin Nizomiddinovich Dots,  K.f.n.,  1,0 st
5 Najimitdinova Nargiza Nigmatdjanovna Dots,   Farm.f.n.  1,0 st
6 Malikova Gulchexra YUldashevna Dots, B.f.n.,  1,0 st
7 Maqsudova Alloma Nizomovna Dots, B.f.n., 1,0 st
8 Usmonalieva Zumrad Uktamovna Dots, farm.f.n.   1,0 st
9 Zulfiqorieva Dilnoza Alisherovna K/ o‘qit, farm.f.n.  1,0 st
10 Tulyashova Muborak K.f.n.,assis. 1,0 st
11 CHinibekova Nazira Kalmaxanovna K/ o‘qit. 1,0 st
12 Isamuxamedova SHoira Zaynuddinovna K/ o‘qit  (0,75 st.)
13 Jo‘raeva Aziza Abdinazarovna Dots, b.f.n., 1,0 st
14 Kucharova Inobat SHarofovna K/ o‘qit, b.f.n., (0,5 st.)
15 Umarova Gulnoza Kudratillaevna Assis. 0,75 st
O‘rindoshlar
1 Ergasheva Mukarram Djurabaevna b.f.d.  prof  (0,25 st),
2 Primuxamedova Xilola Ass. 0,25 st
3 Ibragimova Mareta Ass. 0,25 st

 

32  33

 

Kafedra xodimlari L.T.Ikromov, M.A.Tojiev, T.Mirxaitov va Z.A.YUldashevlar tomonidan Sud kimyo darsligi 2010 yilda Toksikologik kimyo nomi bilan qayta nashr etildi. Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iste’dod jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan e’lon qilingan “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi – 2011” respublika tanlovida ishtirok etib faxrli ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlarining ko‘lami keng bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan turli kimyoviy guruhlarga mansub pestitsidlar hamda dori vositalarini kimyo-toksikologik tahlil nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan.

So‘ngi yillarda kafedra xodimlaridan M.A.Tojiev, Z.A.YUldashev, M.I.Alixo‘jaeva, F.S.Jalilov, N.N.Najimitdinova va D.A.Zulfiqorieva Sud toksikologlarining xalqaro assotsiatsiyasining a’zosi bo‘ldilar va o‘z ilmiy ish natijalari bilan assotsiatsiya konferensiyalarida ishtirok etib kelmoqdalar. 1995 yildan boshlab professor A.Karimov rahbarligida ikkinchi yo‘nalish tabiiy va biofaol polimerlarning bilan dori preparatlarini biriktirish natijasida yangi fiziologik faol moddalar olish boshlab yuborildi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida U.N.Musaev, A.Karimov, N.Irgasheva, S.Xamidov, A.Azimov, R.Tillaev muallifligida “Nekotorie aspekti sinteza polimerov meditsinskogo naznacheniya” mavzusidagi ilmiy monografiya chop etildi.

Kafedra tashkil qilingan vaqtdan shu davrgacha ko‘plab xodimlar doktorlik (M.Manulkin, E.A.Alimov) va nomzodlik dissertatsiyalarini (F.YUsupov, K.S.Tillaev, E.A.Puchinyan, E.F.Rubinchik, T.L.Tursunbaev, S.A.Sorokina, A.SH.SHukurov) muvafaqiyatli himoya qilganlar. Kafedra professor A.Karimov rahbarligida besh nafar xodim (G.SH.YUsupova, S.Kilichev, Fan Min Tan, X.Mirzaxidov, E.V.Pereverzeva) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishgan.

Kafedra xodimlari tomonidan olib borilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot faoliyat natijasida 360 dan ziyod ilmiy maqola, 52 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda ko‘plab o‘quv uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.

 

Chop etilgan maqolalar soni va ro’yhati.

 

05.05.2016, 16:23   740