Toksikologik kimyo kafedrasi

Usmanaliyeva Zumrad Uktamovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Har kuni (14:00-16:00)

Tel.:

(0 371) 256-14-89

Veb-sayt:

Kafedra tarixi

Toksikologik kimyo kafedrasi Toshkent farmatsevtika institutining asosiy mutaxassislik kafedralaridan biri bo‘lib, u 1940-yilda «Sud kimyosi» nomi bilan kurs sifatida tashkil etilgan. «Sud kimyosi» kursining nomi 1963-yilda «Toksikologik kimyo» nomiga o‘zgartirildi va kursni boshqarish farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Latif Tulyaganovich Ikromovga topshirildi. 1966-yilda «Sud  kimyosi» kursi kafedraga aylantirildi.

Kafedra tashkil qilingan kundan boshlab unga turli yillarda quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilishgan.

Toksikologik kimyo kafedrasi 1940-yilda “Sud kimyosi” nomi bilan tashkil etilgandan so‘ng unga farmatsiya magistri V.I.Sheblikin rahbarlik qilgan. 1951-yilda Sud kimyosi kafedrasiga “Farmatsiya ishlarini boshqaruv va tibbiyot tovarshunosligi” kursi qo‘shiladi. 1956-yilda “Farmatsiya ishlarini boshqaruv va tibbiyot tovarshunosligi” kursi alohida kafedra sifatida ajralib chiqqanligi munosabati bilan Sud kimyo kafedrasi Biologik kimyo kafedrasiga kurs sifatida biriktiriladi va unga X.R.Raxmatov rahbarlik qiladi.

Farmatsevtika fanlari nomzodi, professor L.T.Ikromov qariyib 35 yil kafedraga rahbarlik qildi. Bu davrda professor L.T.Ikromov rahbarligida 15 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktori tayyorlandi. Professor L.T.Ikromov Sud kimyosi (toksikologik kimyo) fanidan yozgan darslik ikki qayta, praktikum esa uch qayta nashr etildi.  Professor L.T.Ikromov tashabbusi bilan 1966 – 1992 yillarda sud – kimyogarlarining malaka oshirirish kurslari tashkil qilindi va Mustaqil Hamdo‘stlik davlatlarining 120 shaharidan 561 nafar mutaxassislar malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.

1995-yildan 1998-yilgacha kafedraga professor L.T.Ikromovning shogirdi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Xikmatulla Sunnatovich Zaynutdinov rahbarlik qilgan. Bu davrda professor X.S.Zaynutdinov rahbarligida bitta nomzodlik dissertatsiya himoya qilindi, kafedrada yangi fanlar: “Dori vositalarini sifatini fizik-kimyoviy usullarda nazorat qilish” va “Farmatsiyada fizika va elektronikaning roli” o‘qitish tashkil qilindi.
1998-2000 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Akrom Yusupovich Toshpulatov faoliyat olib bordi. Bu davrda dotsent A.Yu.Toshpo‘latov tomonidan butunlay yangi tashkil etilgan ikkita “Dori vositalarini sifatini fizik-kimyoviy usullarda nazorat qilish” va “ Farmatsiyada fizika va elektronikaning roli” fanlaridan o‘zbek va rus tillarida ma’ruza matnlari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi.

2000-2001 yillarda kafedrani farmatsevtika fanlari nomzodi Zokirjon Abidovich Yuldashev boshqardi.

2001-yil iyun oyida Z.A.Yuldashevni Farmatsiya fakulteti dekani lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan toksikologik kimyo kafedrasi mudiri etib farmatsevtika fanlari doktori, professor Mansurjon Azizovich Tojiyev tayinlandi. Professor M.A.Tojiyev 2012-yilga qadar kafedrani boshqardi. Bu davrda professor M.A.Tojiyev rahbarligida 4 nafar xodim nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar, Toksikologik kimyo fanidan darslik  qayta, ushbu fandan praktikum esa ikki qayta nashr etildi.

2012-yil 28-avgustda Toksikologik kimyo kafedrasiga Organik va biologik kimyo kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Toksikologik, organik va bioligik kimyo nomi bilan nomlandi. Kafedra mudiri vazifasini bajarish farmatsevtika fanlari doktori Madina Ilyasovna Alixo‘jayeva zimmasiga vaqtincha yuklatildi.

2013-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Ilmiy kengash yig‘ilishida farmatsevtika fanlari doktori, professor Zokirjon Abidovich Yuldashev kafedra mudirligiga besh yil muddatga saylandi.

2018-yil yanvardan vaqtincha, sentyabrdan esa rasman kafedra mudiri vazifasini bajarish farmatsevtika fanlari nomzodi Zumrad Uktamovna Usmanaliyeva zimmasiga yuklatildi.

Kafedrada turli yillarda quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishgan: X.R.Raxmatov, L.T.Ikromov, O.A.Alimxonov, A.Yu.Toshpo‘latov, T.Mirxaitov, T.To‘xtaboyev, M.A.Tojiyev, A.Q.Saidvaliyev, M.K.Muslimov, Z.I.Asatov, X.S.Zaynutdinov, Z.Q.Sodiqov, M.U.Musayeva, I.I.Safrigina, T.N.Adayeva, S.G.Galimjonova, S.YU.Guseinova, K.J.Nishonova, M.I.Alixo‘jayeva, M.U.Abdullayeva, T.X.Islomov, X.Q.Olimov, X.N.Bekchonov, N.N.Najimitdinova, M.M.Ibragimova, A.D.Tashpulatova,  N.Usmonova, N.X.Qosimjonova, A.A.Sultonova, M.Nurmatova va b.

Mudir haqida ma’lumot va erishgan yutuqlari

Usmanaliyeva Zumrad Uktamovna – 1970-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1993-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini tugatgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “provizor”. 1996-yildan boshlab Toshkent farmatsevtika instituti biologik kimyo kafedrasida laboratoriya mudiri vazifasida, keyinchalik toksikologik kimyo kafedrasida laboratoriya mudiri, assistent, dotsent v.b. va dotsent lavozimlarida ishlab kelgan. Z.U.Usmanaliyevaning asosiy ilmiy yo‘nalish sohasi insonlarni ijtimoiy himoyalash, zaharlanish holatlarini oldini olishdan iborat. U 2012-yilda “Derozal pestitsidini kimyo toksikologik  tadqiqotlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va OAK qarori bilan farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.2015-yilda OAK qarori bilan dotsent ilmiy unvonini olgan.Uning hammuallifligida 65 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 1 ta informatsion xat, 16 ta o‘quv–uslubiy qo‘llanma, 12 ta ilmiy maqola, 35 dan ortiq mar’ruza materiali va tezislar. Z.U.Usmanaliyevaning ilmiy izlanishlari natijalari O‘zbekiston, Qozog‘iston va chet davlat Argentina, Australiya, Ukraina ilmiy jurnallarida chop etilgan va amaliy anjumanlarda e’lon qilingan. U muntazam ravishda institutda o‘tkazib kelinayotgan “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” ilmiy-amaliy anjumanlarida ilmiy ishlarining natijalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan faol ishtirok etib, bir qancha sertifikatlar bilan taqdirlangan. Z.U.Usmanaliyeva kafedra va institut miqyosida attestatsiya jarayonlarida ham ishtirok etib, toksikologik kimyo fani bo‘yicha iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga, shuningdek, bitiruv malakaviy ishlariga bir necha o‘quv yillaridan beri rahbarlik qilib kelmoqda. «Mahalliy  xom ashyolardan yallig`lanishga, allergiyaga, diabetga qarshi va regenerativ  xususiyatga ega applikatsion fitodermatologik dori turlari texnologiyasini ishlab chiqish va farmakologiyasini  o`rganish» nomli ilmiy grant loyihasida ishtirok etgan. Xozirda “Gijjaga qarshi dori vositalarining kimyo toksikologik  tadqiqotlari” mavzusida  ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2011-yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT) assotsiatsiyasining a’zosi. 2014-yildan Farmatsiya soha uslubiy kengash kotibasi. Ilmiy – pedagogik staji – 17 yil.

1993-1996 yy. – 16-shaxar dorixonasi provizor texnologi
1996-2001 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti Biologik kimyo kafedrasi laboratoriya mudiri
2001-2002 yy. – Toksikologik kimyo kafedrasi laboratoriya mudiri
2002-2013 yy. – Toksikologik kimyo kafedrasi assistenti
2013-2014 yy. – Toksikologik,organik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti v.b.
2014-2018 yy. – Toksikologik,organik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti
2018 y – h.v – Toksikologik,organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri v.v.b

Kafedra shu vaqtga qadar erishgan yutuqlari

Toksikologik kimyo bo‘limi Kafedra tashkil topgan yillardan shu davrgacha 26 nafar xodim nomzodlik va 5 nafar xodim doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Toksikologik kimyo kafedrasi ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash borasida institutda etakchi o‘rinda turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertizasi uchun malakali kimyogarlarni etkazib berishda kafedra xodimlarining o‘rni beqiyos.

Kafedrada 1966 – 1992 yillarda Mustaqil Hamdo‘stlik davlatlarining 120 shaharidan 561 nafar sud – kimyogarlari malaka oshirganlar.

2001-yildan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 06-3/283 sonli buyrug‘iga asosan, respublika miqyosida sud kimyogarlarning malaka oshirish kursi tashkil qilindi va shu davr ichida 66 nafar sud kimyogarlari ixtisoslik kursida o‘z malakalarini oshirdilar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan talabalar zarur darslik va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlangan. 2007-yilda professorlar L.T.Ikromov, M.A.Tojiyev va X.S.Zaynutdinov tomonidan «Toksikologik kimyodan praktikum» va 2010-yilda professorlar L.T.Ikromov va M.A.Tojiyev, dotsentlar T.Mirxaitov va Z.A.Yuldashevlar muallifligida «Toksikologik kimyo» darsligi qayta ishlab chiqildi va chop etildi.

Kafedra xodimlari tomonidan sud kimyogarlari uchun uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib chop etilgan bo‘lib, ular barcha sud kimyo laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilib kelinmoqda. Mazkur uslubiy qo‘llanmalarda fozalon, ftalofos, sayfos, karbofos, oktametil, bazudin, butilkaptaks, danitol, atsetozolamid, furosemid, gipotiazid, etakrin kislotasi, sumi-alfa, karate, sipermetrin, manilin, geksamedin, fenozepam, derozal, amiodaron, paroksetin, sertralin, karbamazepin, spayslar va boshqa moddalarning tahlil usullari batafsil yoritilgan.

1984-1992 yillarda kafedra fosfororganik birikmalarini sud – kimyo tahlili bo‘yicha olib borgan tadqiqot natijalari O‘zbekiston xalq xo‘jaligi yutuqlar ko‘rgazmasiga yuborildi va unda Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Hozirgi vaqtda kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar soni 1000 dan oshib ketdi. Kafedrada olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari dissertatsiya sifatida rasmiylashtirildi va turli yillarda himoya qilindi: O.A.Alimxanov – 1968-yil, A.Yu.Tashpulatov – 1971-yil, T.Mirxaitov – 1973-yil, T.To‘xtaboyev – 1977-yil, M.A.Tojiyev – 1978-yil, A.Q.Saidvaliyev – 1979-yil, M.K.Muslimov – 1982-yil, Z.I.Asatov – 1984-yil, M.S.Shaxitov – 1987-yil, X.S.Zaynutdinov – 1988-yil, Z.Q.Sodiqov – 1990-yil, A.Shukurbekova – 1990-yil, M.I.Alixodjayeva – 1992-yil, Z.A.Yuldashev – 1993-yil, M.U.Abdullayeva – 1997-yil, X.Q.Olimov – 2002-yil, X.N.Bekchanov va D.A.Shodmonova – 2006-yil, F.S.Jalilov va N.N.Najimitdinova – 2008-yil, M.M.Ibragimova – 2009-yil, N.SH.Xalilova – 2011-yil, Z.U.Usmanaliyeva – 2012-yil. Kafedra xodimlaridan M.A.Tojiyev va X.S.Zaynutdinov 1992-yilda, Z.A.Yuldashev 2007-yilda, M.I.Alixodjayeva 2009-yilda va M.M.Ibragimova 2016-yilda doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 27-fevraldagi 71-son buyrug‘i asosida o‘tkazilgan tanlovda sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha institut miqyosida “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida 1-o‘rinni, respublika miqyosida ham faxrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2016-yil O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan  tashkillashtirilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qo‘shma qarori asosida o‘tkazilgan “Eng faol yosh shifokor” ko‘rik tanlovi tarmoq respublika bosqichining “Sog‘liqni saqlash sohasida yosh kimyogar olim” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritib, diplom bilan taqdirlandi.

Toksikologik kimyo kafedrasi Rossiya sud-tibbiyot ilmiy tekshiruv instituti, 1-Moskva davlat tibbiyot universiteti, Lvov tibbiyot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomili Respublika sud ekspertiza markazi bilan aloqalar o‘rnatgan. Shuningdek, kafedra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertiza Bosh byurosi, viloyat, shahar sud-tibbiyot ekspertizalari byurolarining sud-kimyo laboratoriyalari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelmoqdalar.

Jalilov F.S. 2016-yilda INL loyihasi bo‘yicha «Favqulodda vaziyatlardagi tergov va ekspertlik harakatlari (kimyoviy xalokatlarda, terroristik aktlarda, tabiiy ofatlarda va boshqalar)» O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriligi sud-tibbiy ekspertiza Bosh byurosi xodimlari bilan Amerika qo‘shma shtatalarining O‘zbekistondagi elchixonasi homiyligida tashkil qilingan o‘quv-amaliy seminari ishtirok etib, Respublikamizning 5 ta viloyatida(Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy va Qoraqalpog‘iston res.) IIV, Adliya vazirligi va advokatura xodimlari uchun ma’ruzalar o‘qidi.

Kafedra xodimlari ilmiy tadqiqot ishlarining yo‘nalishi xalq xo‘jaligida qo‘llaniladigan fosfororganik va sun’iy piretroid guruhiga oid pestitsidlar, kuchli ta’sir etuvchi dori moddalarini turli biologik ob’ektlar tarkibidan ajratib olish, sifat va miqdorini aniqlash usul hamda uslublarini ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirishga qaratilgan. Olib borilgan izlanishlar natijalari muntazam ravishda ilmiy jurnallarda, xalqaro konferensiya, sipozium, kongress materiallarida chop etib kelinmoqda.

Kafedra xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini Sud-tibbiy ekspertizasi xizmati tomonidan tashkil qilingan qator seminar va anjumanlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Masalan, 1986-yilda Urgench shahrida, 1996-yilda Samarqand shahrida hamda 2005-yilda Buxoro shahrida, 2009-yilda Samarqand shahrida, 2010-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda faol ishtirok etganlar.

Kafedra xodimlaridan professorlar L.T.Ikramov, M.A.Tojiyev, Z.A.Yuldashev, dotsentlardan M.I.Alixodjayeva, Z.O‘.Usmanaliyeva, F.S.Jalilov, D.A.Zulfiqoriyeva, G.Raximova va boshqalar Sud toksikologlarining Xalqaro assotsiatsiyasining a’zoligiga qabul qilinganlar.

Kafedra xodimlari o‘z ilmiy natijalari bilan Sud toksikologlarining Xalqaro assotsiatsiyasining har yili o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, 2010-yil Germaniyaning Bonn shahrida, 2012-yil YAponiyaning Xamamatsu shahrida,  2013-yil Ispaniyaning Madera shahrida, 2014-yil Argentinaning Buenos Ayres shahrida, 2015-yil Italiyaning Florensiya shahrida,

     

2016-yil Avstraliyaning Brisban shahrida, 2017-yil AQSH Florida shtati Boka-Raton shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyalarida o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini Sud-tibbiy ekspertizasi xizmati 2015-yil Toshkent shahrida Sud toksikologlarining Xalqaro assotsiatsiyasining O‘rta Osiyo bo‘yicha 1-mintaqaviy kanferensiyasini tashkil qildilar. Konfernsiya ishida 15 ziyod davlatlardan 50 yaqin mutaxassislar ishtirok etdilar. Kafedraning barcha xodimlari konferensiya ishida o‘z ilmiy ish natijalari bilan qatnashdilar. Bundan tashqari kafedra xodimlari respublikada tashkil qilingan ko‘plab konferensiya, simpozium va kongresslarda ishtirok etib kelishmoqda.

Jalilov Fazliddin Sodiqovich 2015-yil mart oyidan boshlab Xalqro dori vositalarining terapevtik monitoringi va klinik toksikologlar assotsiatsiyasi Markaziy Osiyodagi ilk a’zosi va mintaqa bo‘yicha raisi hisoblanadi, Shuningdek tashkilotga Zulfikarieva D., va Raximova G a’zosi hisoblanadi. F.S. Jalilov 2017-yilda Ushbu tashkilotning tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, xalqaro grantini qo‘lga kritib, 24-28 sentyar kunlari Yaponiyaning Kioto shahrida bo‘lib o‘tgan 15-xalqaro kongresida ishtirok etib qaytdi.

     

Jalilov Fazliddin Sodiqovich 2016-yildan Xalqaro muxandislar assotsiatsiyasining a’zosi.

Toksikologik kimyo kafedrasida faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar institut jamoat ishlarida ham faol qatnashganlar. Professor L.T.Ikromov kafedra mudiri lavozimini bajarish bilan birga dekan, prorektor va institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. Kafedra dotsenti O.A.Alimxonov fakultet dekani muovini, A.Yu.Toshpo‘latov institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, M.A.Tojiyev talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, X.S.Zaynutdinov institut partiya tashkiloti raisi, fakultet dekani, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Z.A.Yuldashev fakultet dekani va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, F.S.Jalilov fakultet dekani muovini va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxssisi lavozimlarida faoliyat olib borishgan va borishmoqda.

Kafedrada elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish va ularni «ZiyoNET» jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga hamda Axborot resurslar markazidagi elektron kutubxonaga joylashtirishda hamda kafedraning axborot-kommunikatsion o‘quv tarmog‘i orqali guruhlarga namoyish etishda faol ishtirok etib kelmoqda. F.S.Jalilov “ZiyoNet” axborot ta’lim tarmog‘ida  www.astokschem.zn.uz va www.tokschem.zn.uz saytini yaratib, saytda kimyo-toksikologik, sud kimyosi, biofarmatsevtik tadqiqotlar, dori preparatlar monitoringiga tegishli va hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, giyohvandlik, kashandalik va alkogaliz qarshi kurash haqida turli qiziqarli ma’lumotlar va yangiliklarni va ilmiy izlanishlar natijalarini yoritib kelmoqda.

Bo‘lim professor-o‘qituvchilar raxbarligida bir qancha talabalar turli tanlovlarda ishtirok etib faxrli urinlarni egallab kelishmoqda, Jumladan bevosita F.S. Jalilovning rahbarligida 20 ga yaqin talaba turli tanlovlarda, loyihalarda, olimpiadalarda ishtirok etib, sovrindor bo‘lishdi.

Undan tashqari oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun kafedrada yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish bo‘yicha institut qoshidagi Akademik litsey, kasb-xunar kollejlar bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasidagi xamkorlik ishlari rejalashtirilgan, ushbu rejaga asosan ishlar olib borilmoqda. 2015-yilda Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi Akademik litsey o‘qituvchilari bilan birgalikda litsey o‘quvchilariga mo‘ljallangan «Laboratorniy praktikum po organicheskoy ximii» o‘quv qo‘llanma tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tomonidan chop etish uchun guvohnoma olindi.

Kafedra jamoasi haqida batafsil ma’lumot

Bugungi kunda toksikologik kimyo kafedrasi 18 ta  professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faoliyat olib borishmoqda.

t/r Professor-o‘qituvchilarning FISH Tug‘ilgan  yili Lavozimi Tugatgan OTMiing nomi Ilmiy darajasi Ilmiy unvoni Qaysi-yildan kafedrada ishlaydi Qaysi fanlardan dars beradi
Toksikologik kimyo bo‘limi
1 Usmonaliyeva Zumrad O‘ktamovna 1970 Kafedra mudiri v.v.b. dotsent Toshfarmi Farm.f.n dots 1996 Toksikologik kimyo, Narkotik moddalar tahlili
2 Yuldashev Zokirjon Abidovich 1965 Professor Toshfarmi Farm.f.d Prof 2000 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili
3 Umarova Gulnoza Kudratillayevna 1985 Assistent Toshfarmi 2013 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili
4 Zulfiqoriyeva Dilnoza Alisherovna 1979 dotsent Toshfarmi Farm.f.n dots 2001 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili
5 Abdullayeva Munira Ubaydullayevna 1953 Kata o`qituvchi Toshfarmi Farm.f.n 2017 Toksikologik kimyo, Giyohvand moddalar tahlili
6 Abdullabekova Nargiza Abduvahidovna 1987 Assistent Toshfarmi 2015 Toksikologik kimyo, Giyohvand  moddalar tahlili
7 Ismatullayeva Yulduz Athamovna 1993 Kafedra assistenti Toshfarmi 2018 Toksikologik kimyo, Giyohvand  moddalar tahlili
8 Kamolova Sarvinoz Gofur qizi,Kafedra assistenti 1992 Kafedra assistenti Toshfarmi 2018 Toksikologik kimyo, Giyohvand  moddalar tahlili

TOKSIKOLOGIK KIMYO BO‘LIMI

 

  Yuldashev Zokirjon Abidovich

Kafedra professori,  farmatsevtika fanlari doktori

Tel.: (0 371) 256-04-10

Tug’ilgan yili: 1965-yil

E-pochta: yuldashev.z@pharmi.uz

Millati o‘zbek. 1989-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini bitirgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “provizor”. Uning hammuallifligida 150 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 1 ta darslik,  6 ta uslubiy tavsiyanomalar, 15 ta o‘quv–uslubiy qo‘llanma, 60 ta ilmiy maqola, 70 dan ortiq mar’ruza materiali va tezis. 2 ta fan nomzodiga ilmiy rahbar.  2010-yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT),   Ilmiy – pedagogik staji – 28 yil.
Zulfikariyeva Dilnoza Alisherovna

Kafedra dotsenti,  farmatsevtika fanlari nomzodi

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1979-yil

E-pochta: zulfikaruyeva1979@mail.ru

Millati o‘zbek. 2001-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini bitirgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “farmatsevt”. Uning hammuallifligida 51 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 4 ta uslubiy tavsiyanomalar, 8 ta o‘quv –uslubiy qo‘llanma, 16 ta ilmiy maqola, 23 dan ortiq mar’ruza materiali va tezis. 2009-yildan Xalqaro sud toksikologlar (TIAFT),  2018-yildan Xalqro dori vositalarining terapevtik monitoringi va klinik toksikologlar assotsiatsiyalarning a’zosi. Ilmiy – pedagogik staji – 17 yil.
Abdullaeva Munira Ubaydullaevna

Kafedra assistenti, farmatsevtika fanlari nomzodi

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1985-yil 

E-pochta: abdulmun@gmail.ru

Millati o‘zbek. 1975 yil Toshkent Farmatsevtika institute  aspiranturani tamomlagan. Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “provizor”. Uning hammuallifligida 71 ta ish e’lon qilingan, shulardan 16 ta uslubiy tavsiyanoma va qo‘llanmalar, 41 ta ilmiy maqola, 15 dan ortiq ma’ruza materiali va tezis.  Ilmiy – pedagogik staji – 11 yil.
Kamolova Sarvinoz Gofur qizi

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1992-yil

E-pochta: sarvinoz9224 @mail.uz

Millati o‘zbek. 2018-yilda Toshkent Farmatsevtika institut magistratura bosqichini tamomlagan.

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmatsevtik  kimyo va farmakognoziya”.Uning hammuallifligida 3 ta ish e’lon qilingan, shulardan1ta ilmiy maqola, 2 ta tezislar shulardan 1 tasi xalqaro miqyosda chop etilgan.

Ilmiy-pedagogik staji 2018-yildan

Ismatullayeva Yulduz Athamovna

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1993-yil

E-pochta: yulduz.ismatullayeva@gmail.com

Millati o‘zbek. 2018-yilda Toshkent Farmatsevtika institut magistratura bosqichini tamomlagan.

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmatsevtik  kimyo va farmakognoziya”.

Uning hammuallifligida 3 ta ish e’lon qilingan, shulardan 2ta  ilmiy maqola, 1 ta tezislar. Ilmiy-pedagogik staji 2018-yildan

Primuxamedova Xilola Inoevna 

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 25614-89

Tug’ilgan yili:1973-yil

E-pochta:

Millati o‘zbek. 1995 yil Toshkent Farmatsevtika institut  tamomlagan . Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “provizor”.

Uning hammuallifligida 4 ta ish e’lon qilingan, shulardan 1 tasi ilmiy maqola,1ta

ilmiy maqola, 3 ta tezislar. Ilmiy-pedagogik staji – 7 yil.

Xusanov Alisher Shapoxatovich

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 25614-89

Tug’ilgan yili:1970-yil

E-pochta:

Millati o‘zbek. 1998 yil Toshkent Farmatsevtika institut  tamomlagan

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – Farmatsevtika ishi

O‘z.Res. SSV STE Bosh byurosi  Sud -kimyo bulimii mudiri lavozimida ishlaydi

Abdullabekova Nargiza Abduvahidovna

Kafedra assistenti

Tel.:(0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1987-yil

E-pochta: 

Millati o‘zbek. 2012-yil Toshkent Farmatsevtika institut magistratura bosqichini tamomlagan.

Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmatsevtik  kimyo va farmakognoziya”.

Uning hammuallifligida 4 ta ish e’lon qilingan, shulardan 1 tasi xalqaro ilmiy maqola,1ta

ilmiy maqola, 1 ta tezislar. Ilmiy-pedagogik staji – 2 yil.

Umarova Gulnoza Qudratillayevna Kafedra assistenti Tel.:(0 371) 256-14-89 Tug’ilgan yili: 1985-yil E-pochta: gulnoza.umarova.2013@mail.ru
Millati o‘zbek. 2009-yilda Toshkent farmatsevtika  instituti magistratura bosqichini tamomlagan. Diplom bo’yicha mutaxassisligi – “Farmasevtik kimyo va farmakognoziya”. Uning hammuallifligida 35 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 20 ta ilmiy maqola, 15 ta tezis. Ilmiy – pedagogik staji – 4 yil.
Yulchieva Shoxida Djurayevna Laboratoriya muddiri Tel.: (0 371) 256-14-89 Tug’ilgan yili: 1953-yil E-pochta:
Millati o’zbek. 1975-yilda Toshkent farmatsevtika  institutini bitirgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi – “provizor”. Ish staji – 43 yil.
Majidova Ма’suda Nazirdjonovna Laborant Tel.: (0 371) 256-14-89 Tug’ilgan yili: 1962-yil E-pochta:
Millati o’zbek. 1986-yilda Toshkent Davlat pedagogika texnikumini bitirgan. Ish staji – 40 yil.
Rixsiboev Abduvaxob Raximjon o‘g‘li

Laborant

Tel.: (0 371) 256-14-89

Tug’ilgan yili: 1998-yil

E-pochta:

Millati o’zbek. 2017-yil Toshkent shahar Olmazor tibbiyot kollejini bitirgan. Ish staji – 1 yil.
Jamoliddinova Jamola Jamoliddinovna

Laborant

Tel: 963 67 57

Tugilgan yili:1999-yil

E pochta:

Millati o’zbek 2018 yil  Toshkent shahar 1 Respublika tibbiyot kollejini bitirgan

Kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy faoliyat haqida ma’lumot.

(ma’ruzalar ro‘yhati)

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi: 5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya) 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil) 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi) 5111000 – Kasb ta’limi (5510500-Farmatsevtika ishi) 5510600 – Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari) 5510600 – Sanoat farmatsiyasi (farmatsevtik biotexnologiya) 5510600 – Sanoat farmatsiyasi (kosmetsevtika) 5320500 – Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  1. Toksikologik kimyo
  2. Giyohvand moddalar tahlili
  3. Xayot faoliyati havfsizligi fani

VAZIFALAR

  1. Toksikologik kimyo fanini o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari  talabalarda  inson o’z hayotida turli xil surunkali va o’tkir zaharlanishga uchrashi, ko’plab zaharli moddalarga duch kelishi, ayrim hollarda ular organizmni zaharlanishiga sababchi bo’lishi mumkinligini, og’ir patologik o’zgarishlar hamda zaharlanish hollarini aniqlash, zaharlanishni  oldini olish  choralarini o’rgatish.
  2. Shuningdek, toksikologik kimyo fani biologik ashyodagi zaharli moddalar va ularning metobolitlarini ajratib olish. ularning chinligini, miqdorini aniqlash usullarini yaratish, toksikologik kimyo ekspertizasini olib borish, mos bilim, ko’nikma va malakani shaklantirishdan hamda o’rgatishdan iborat.
  3. “Giyohvand moddalar tahlili” fanni o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari  talabalarda  inson o’z hayotida turli xil surunkali va o’tkir zaharlanishga uchrashi, ko’plab zaharli moddalarga duch kelishi, ayrim hollarda ular organizmni zaharlanishiga sababchi bo’lishi mumkinligini, og’ir patologik o’zgarishlar hamda zaharlanish hollarini aniqlash, zaharlanishni  oldini olish  choralarini o’rgatish.
  4. Shuningdek “Giyohvand moddalar tahlili” fani biologik ob`ektdagi narkotik va psixotrop moddalar hamda ularning metabolitlarini ajratib olish, ularning chinligini, miqdorini aniqlash usullarini yaratish, narkotik moddalar tahlili ekspertizasini olib borish, mos bilim, ko’nikma va malakani shaklantirishdan hamda o’rgatishdan iborat.

Toksikologik kimyo fanidan 4 kurs farmatsiya, kasbiy ta’lim va

klinik farmatsiya yo‘nalishlari talabalari uchun ma’ruza mashg‘ulotlari

 kalendar rejasi. 2018-2019 o‘quv yili. 7-8 semestr

   Ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari Dars soatlari hajmi
1 Toksikologik kimyo fanining asosiy bo‘limlari va fan o‘rganadigan umumiy masalalar, uning  farmatsiya fanlari bilan bog‘liqligi. Toksikologik kimyo tahlilida o‘qitiladigan usullar. Ob’ektlar. 2
2 Uchuvchi zaharlarni suv bug‘i yordamida biologik ob’ektdan ajratib olishning nazariy asoslari. Zaharlarni suv bug‘i yordamida haydab ajratib olish.  Sianid kislotasi. 2
3 Biologik ob’ektdan suv bug‘i yordamida ajratib olinadigan zaharli moddalarni tahlil usullari. Formaldegid, sirka kislotasi, aseton. 2
4 Biologik ob’ektdan suv bug‘i yordamida ajratib olinadigan zaharli moddalarni tahlil usullari. Fenol, krezollar. Anilin, nitrobenzol, toluol. 2
5 Alkilgalogenidlar (xloroform, xloralgidrat, to‘rtxlorli uglerod    dixloretan). Toksikologik ahamiyati va tahlil usullari. 2
6 Metil, etil, amil spirtlari va etilenglikol, ularning toksikologik ahamiyati. Kimyoviy  tahlil usullari. Spirtlarni gaz  suyuqlik xromatografik usulda sifat va miqdoriy tahlili. 2
7 Biologik ob’ektni mineralizatsiyalab ajratib olinadigan zaharli moddalar guruhi. Metall kationlarini organizmdagi faoliyati,  ob’ektni mineralizatsiyalash usullari, mineralizatni denitratsiyalash usullari. 2
8 Mineralizatni kasrli usulda aniqlashda xalaqit beruvchi ionlarni niqoblash. Bariy, qo‘rg‘oshin  saqlovchi zaharli birikmalar (tetraetilqo‘rg‘oshin), ularni toksikologik ahamiyati, sifat va miqdoriy tahlil usullari. Metallarni aniqlashni fizik-kimyoviy usullari. 2
9 Kumush, mis, marganets, xrom elementlarini saqlovchi zaharli birikmalar, ularni toksikologik ahamiyati, sifat va miqdoriy tahlil usullari. 2
10 Talliy, rux, surma va kadmiy elementlarini saqlovchi birikmalar, ularni toksikologik ahamiyati.  Mineralizatdan talliy, rux va surmani tahlil usullari. 2
11 Mishyak elementini saqlovchi birikmalar, ularni toksikologik ahamiyati.Mineralizatdan mishyakni tahlil usullari. Simob va uning birikmalarini toksikologik ahamiyati. Ob’ektni destruksiyalash, destruktatdan simob saqlovchi birikmalarni aniqlash. Gronazan. 2
12 Sud biokimyosi va unda qo`llaniladigan tahlil usullari 2
13 Sud kimyosi ekspertizasi, byurosi, xodimlar. Sud kimyogarlari, ularning vazifalari, etika va deantologiyasi. Kimyo toksikologik ekspertizasi.    Sud kimyosi tekshiruv akti. Sud kimyo amaliyotida qo‘llaniladigan reaktivlar va ularga qo‘yiladigan talablar. 2
14 Ekstraksiya  usullari. Ajralmalarni yot moddalardan tozalash usullariZaharli moddalarni ob’ektdan ajratib olishda ta’sir qiluvchi omillar. pH-muhiti,  elektrolitlar, organik erituvchilar, ekstraksiya soni, qayta ekstraksiyalash. 2
8 semestr
1 Zaharli moddalarni biologik ob’ektdan qutbli erituvchilar yordamida ajratib olish usullari. Fenatsetin va salitsil kislotasi, atsetilsalitsil kislotasi. Toksikologik ahamiyati va tahlil usullari. 2
2 Pirazol hosilalari: fenazon (antipirin), propifenazon (amidopirin), metamizol natriy  (analgin), fenilbutazon (butadion). Toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. 2
3 Alkaloidlar haqida ma’lumotlar. Alkaloidlarni umumiy cho`ktiruvchi va rang hosil qiluvchi reaktivlar. Indol alkaloidlari: Strixnin, brutsin, rezerpin. 2
4 Ksantin hosilasini saqlovchi alkaloidlar.  Kofein, teobramin, teofillin, ularning toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. Kofein toksikomaniyasi. 2
5 Piridin, piperidin alkalodlari, ularni toksikologik ahamiyati, tahlil usullari.  Nikotin, tamaki chekish toksikomaniyasi, anabazin, paxikarpin, arekolin, koniin. 2
6 Atropin, giossiamin, skopolamin, хinin, papaverin alkaloidlari. Toksikologik ahamiyati va tahlil usullari. 2
7 Novokain, dikain, lidokain, dimedrol. Ularning toksikologik ahamiyati, ob’ektlardan ajratib olish va tahlil usullari. FEK usulida tahlil qilish. 2
8 Sud toksikologiyasida antidepressant dori vositalari. TDSIS tahlil usuli. 2
9 Metan va is gazi bilan zaharlanish. Karboksigemoglobinni qondan kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda tahlil qilish.                                        2
10 Alohida usulda ajratib tahlil qilinadigan moddalar.
11 Dializ usulida ajratib olinadigan zaharli moddalar. Mineral kislotalar, ishqorlar va tuzlar.
12 Qishloq xo‘jalik ximikatlari. Fosofrorganik va xlororganik karbamin kislota  hosilalari. Ularni ob’ektlardan ajratib olish va tahlil usullari 2
13 Sintetik  piretroidlar hosilalari. Ularni ob’ektlardan ajratib olish va tahlil usullari. 2
14 Detoksikasiya usullari va antidotlar. 2
Jami 56

Toksikologik kimyo fanidan 4 kurs farmatsiya, kasbiy ta’lim va klinik farmatsiya yo‘nalishlari talabalari uchun laboratoriya mashg‘ulotlari kalendar rejasi. 

2017-2018 o‘quv yili. 7-8 semestr

Laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari Dars soatlari hajmi
 7 semestr
1 Toksikologik kimyo faniga kirish. Ob`ektlar va laboratoriya jihozlari. Ularga qo`yiladigan talablar. 4
2 Ashyoviy dalillar haqida tushuncha. Ashyoviy dalillarni dastlabki tekshirish: pH-muhiti, rang, hidi va ob’ektni ayrim moddalar uchun dastlabki tekshirish (kislotalar, ishqorlar, nitrit va nitratlar, tsianidlar, oq mishyak). 4
3 Ob’ektdan zaharli moddalarni suv bug‘i yordamida haydab ajratib olish. Birinchi distillyatni tsianid kislotasi uchun tekshirish. 4
4 Distillyatdagi uchuvchi moddalardan formaldegid, atseton, sirka kislotasi va fenolni tahlil qilish. 4
5 Ikkinchi distillyatni  xloroform, xloralgidrat, to‘rtxlorli uglerodlar uchun tekshirish va ularni bir-biridan farqlash 4
6 Distillyatdan metil, etil, amil spirtlarini kimyoviy usullarda tahlil  qilish. 4
7 Gaz suyuqlik xromatograflarining  ishlash tartiblari bilan tanishish. Spirtlarni sifat va miqdorini qon va peshobdan GSX usulida aniqlash. 4
8 Ob’ektni sulfat va nitrat kislotalari ishtirokida ho‘l mineralizatsiyalash. Mineralizatni denitratsiyalash va tahlilga  tayyorlash. 4
9 Mineralizatdan cho‘kmani ajratib olish so‘ng bariy va qo‘rg‘oshin kationlarini aniqlash.
10 Mineralizatdan marganets,  xrom, mis va kumush kationlarini aniqlash. 4
11

Mineralizatdan rux, surma, talliy  va kadmiy kationlarini aniqlash. Noma`lum ob`yektni aniqlash.

4
12 Mineralizatdan   mishyak kationini aniqlash.  Jigar va buyrakni destruksiyalash. Destruktatdan simobni sifat va miqdorini aniqlash. 4
13 Sud biokimyosi ob`yektlarini tahlil qilish 4
14

Sud kimyosi ekspertizasi. Sud kimyogarlari, ularning vazifalari, etika va deontologiyasi. Ekspertiza dalolatnomasini yozish va himoyalash.

4
 8 semestr
1 Zaharli moddalarni biologik ob’ektdan qutbli erituvchilar yordamida ajratib olish. Nordonlashtirilgan suv usuli yordamida ajratish usuli. 4
2 Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi. Ekstraktdan fenatsetin, salitsil kislotasi, atsetil salitsil kislotasini aniqlash.
3 Ajralma va suyuq ashyolardan    fenazon (antipirin) propifenazon (amidopirin), metamizol natriy  (analgin), fenilbutazon (butadion) moddalarini YuQX usulida aniqlash. 4
4 Alkaloidlar tahlilida qo`llaniladigan reaktivlarni tayyorlash. Ajralma va suyuq ashyolardan indol alkaloidlari strixnin, brutsin,  rezerpinni aniqlash. 4
5 Ajralma va suyuq ashyolardan purin (kofein, teobramin, teofellin) alkaloidlarini  aniqlash. Kofein toksikomaniyasi. 4
6 Ajralma va suyuq ashyodan nikotin, anabazin va paxikarpin alkaloidlarini aniqlash. Tamaki chekish toksikomaniyasi. 4
7 Ajralma va suyuq ashyolardan atropin, skopolamin,  xinin   va papaverin alkaloidlarini aniqlash. Grl xromatografiyasini qo`llash. 4
8 Ajralma va suyuq ashyolardan novokain, dikain,  dimedrol, lidokain  moddalarini aniqlash. FEK usulida tahlil qilish.
9 Sud toksikologiyasida antidepressant dori vositalari.Ularni TDSIS usulida tahlil qilish. 4
10 Metan va is gazi bilan zaharlanish. Karboksigemoglobinni qondan kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda tahlil qilish. 4
11 Alohida usulda ajratib tahlil qilinadigan moddalar. Noma`lum ob`yektni aniqlash. 4
12 Qishloq xo‘jalik pestitsidlari, fosfororganik, xlororganik zaharli ximikatlar.  Xlorofos, karbofos, geksaxloran moddalarini  ajratib olish va aniqlash. Amalda vaziyatli masalani echish. 4
13

Qishloq xo‘jalik pestitsidlari, fosfororganik, xlororganik zaharli ximikatlar.  Xlorofos, karbofos, geksaxloran moddalarini  ajratib olish va aniqlash.

4
14 Sintetik  piretroidlar hosilalari. Sipermetrin, Danitol, Detsis. Ularni ob’ektlardan ajratib olish va tahlil usullari. Ekspertiza dalolatnomasini yozish va himoyalash. 4
Jami 112

22.10.2018 yilda Toksikologik  kimyo kafedrasi dotsenti   Z.O‘.Usmanalieva kasb ta’limi 4 kurs 5-oqim talabalariga toksikologik    kimyo fanidan Alkilgalogenidlar (xloroform, xloralgidrat, to‘rtxlorli uglerod, dixloretan). Toksikologik    ahamiyati va tahlil usullari mavzusida “Ochik muammoli ma’ruza”sini o‘kidilar

Ma’ruza o‘z vaqtida boshlanib, vaqtida yakunlandi. YAngi mavzu boshlashdan avval o‘qituvchi o‘tgan mavzuni eslab olish maqsadida tezkor so‘rov savollari yordamida takrorlab oldi. So‘ngra yangi mavzu nomi namoyish etildi. Mavzuning rejasi bilan talabalar tanishtirildi, tarqatma materiallar tarqatildi. Talabalarning dastlabki bilimini tekshirish uchun “B.B.B” grafik organayzeri tarqatildi va natijalar asosida mavzu yoritildi. Mavzuni yoritishda o‘qituvchi axborot texnologiyadan to‘liq foydalandi.

Mavzu reja asosida, o‘quv va ishchi dasturlarga muvofiq ravishda olib borildi. Darsni tahlil qilish davomida namoyon etilgan asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilarga to‘xtaldi:

  • mutaxassislik bilimi;
  • zamonaviy pedagogik texnologiya;
  • zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash (prezentatsiya, multimedia)

Ma’ruzachi Z.O‘.Usmanalieva auditoriyadagi talabalarni darsga to‘liq jalb qila oldi.

Berilgan ma’lumotlar yangi va internet ma’lumotlari bilan boyitilgan holda olib borildi. Ma’ruza davomida talabalarning bilimlari aqliy hujum savollari va test savollari bilan tekshirib borildi. Tayyorlangan ko‘rgazmali materiallar mavzuga mos holda qiziqarli namoyish etildi. Ma’ruza so‘nggida “B.B.B” grafik organayzeri bo‘yicha “Bilib oldim” jadvali talabalar tomonidan to‘ldirildi. Umuman ma’ruza talab darajasida olib borildi.

     

01,03,2019 da Xalkaro hamkorlik  shartnomasining ijrosi yuzasidan Toshkent farmatsevtika institutida Sankt-Peterburg Davlat kimyo- farmatsevtika Universitetining Toksikologik kimyo kafedrasi f. f. ,dots. Elena Nikolaevna Stepanova tomonidan “Pestitsidlar” mavzusida onlayn tizimda ma’ruza o‘tkazildi. Onlayn ma’ruzada Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi 4kurs talabalari , Toksikologik kimyo kafedrasi va Dori vositalar standartlashtirish va sifat menejementi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida batafsil ma’lumot.

Toksikologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlarining 2016 yilga rejalashtirilgan  ilmiy izlanishlarini institut Ilmiy kengashida tasdiqlangan rejalar asosida amalga oshirdilar. Kafedra professor-o‘qituvchilarining asosiy ilmiy izlanishlar mavzusi: toksikologik kimyo bo‘limida “Ba’zi dori vositalarini va qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladigan ayrim pestitsidlarni kimyo-toksikologik nuqtai-nazaridan o‘rganish”,. Shu bilan bir qatorda ba’zi dori vositalarini qalbakilashtirish yoki noto‘g‘ri hamda nojo‘ya qo‘llash natijasida har xil zaharlanish holatlari sodir bo‘lishi kuzatilmoqda. Ana shularni inobatga olib hamda Respublika sud-tibbiyot ekspertizasining tavsiyasiga asoslanib, kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy izlanishlarida toksikologik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim dori vositalari hamda benzimidazol guruhi pestitsidlarga mansub moddalarni turli ashyoviy dalillardan ajratib olish, tahlilini olib borishda zamonaviy usullardan foydalanish, mavjud usullarni takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borishni rejaga kiritganlar.

– Kafedrada 10 ta professor-o‘qituvchilardan 1 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent va 6 ta assistentni  tashkil etadi.

– Kafedra dotsenti Zulfiqorieva D.A. 2017 yildan 03.01.2017dan – 31.12.2017 gacha ADSS15.28.3 – “Mahalliy xom ashyolardan yallig‘lanishga, allergiyaga, diabetga qarshi regenerativ xususiyatga ega applikatsion fitodermatologik dori turlari texnologiyasini ishlab chiqarish va farmakologiyasini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy grantda kichik ilmiy xodim sifatida qatnashdi. Ish reja asosida bajarildi.

––– Professor Yuldashev Z.A. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar Agentligi tomonidan e’lon qilingan “Innovatsion ilmiy-texnikaviy loyixalar” tanlovida “Maxalliy o‘simlik xom ashyolari asosida shamollashga, tumovga va grippga qarshi dori vositasini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi innovatsion loyiha № 54. 30.09.2017 yil BV-ITA6-2018-84 bilan ishtirok etdi. Loyiha 2018-2019 yillarda amalga oshiriladi.

– Professorlar Yuldashev Z.A., Karimov A va dotsent v.b. Tulyasheva M.A.lar ishtirokida O‘zR FA ning akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Organik sintez bo‘limi, Farmakologiya va toksikologiya bo‘limlari bilan ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy va kadrlar tayyorlash sohasidagi xamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida ishlar (02.01.2018 yildan 31.12.2020 yilgacha) amalga oshirilmoqda.

– Professor Yuldashev Z.A. ishtirokida Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi Sud-tibbiy ekspertizasi o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy va kadrlar tayyorlash sohasidagi xamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida ishlar (02.02.2017 yildan 31.12.2021 yilgacha) amalga oshirilmoqda.

– Kafedra qoshida 20.10.2017 yilda innovatsion guruh tashkil etilgan, ushbu guruh “Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining kimyo-toksikologik izlanishlari” mavzusida ish olib bormoqda. Guruh a’zolari: Yuldashev Z.A., Jalilov F.S, Usmonaliyeva Z.U, Olimov X.Q, Zulfiqoriyeva D.A, Zokirova G.

– Ilmiy tadqiqot ishlari mavzularini OAK dan ro‘yxatdan o‘tganligi.

  • Dotsent Zulfiqoriyeva D.A.ning “Yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari” nomli dissertatsiya mavzusi00.02 – farm.kimyo va farmakognoziya yo‘nalishi bo‘yicha 31.01.2017da ro‘yxatga olingan.
  • Kafedra assistenti Umarova G.Q.ning “O‘zbekistonda o‘sadigan sebarga turlarining farmakognostik tavsifi” nomli dissertatsiya mavzusi00.02 – farm.kimyo va farmakognoziya yo‘nalishi bo‘yicha V2017.1.PhD/Far9 raqami bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ro‘yxatga olingan.

2017 yilda 43 ta ilmiy ish chop etilgan. Ulardan: xorijda 4 ta maqola va 5 ta tezis, xamda mahalliy jurnallarda 5 ta maqola va 29 ta tezislardir.

2018-2019 yilda chop etilgan ishlar soni-13 ta, jumladan

Maqolalar – 4 ta

Tezislar – 9 ta

Chop etilgan ilmiy maqolalar soni va ro‘yxati

Kafedrada olib borilayotgan ma’naviy – ma’rifiy ishlar haqida

batafsil ma’lumot.

Shiddat bilan o’zgarib borayotgan, turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi davrda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olishlari hamda barkamol bo’lib ulg’ayishlariga e’tibor qaratish har bir millat uchun ustuvor vazifalardan biriga aylandi.  Shu boisdan talaba-yoshlarining turli ma’naviy taxdidlar to’g’risidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitish, inson salomatligini bunday holatlardan muhofaza qilish, yoshlar qalbi va ongida turli g’oyaviy-informatsion tahdidlarga nisbatan ma’naviy immunitetni kuchliroq shakllantirish, mustaqil fikrlovchi shaxs-mutaxassisni tarbiyalab yetishtirish, axolining ogohligi, xushyorligini oshirish, sog’lom turmush tarzini yuzaga keltirish maqsadida kafedrada reja asosida quyidagi ishlar qilindi:

2018-yil sentyabr 

Institut ma’naviy-ma’rifiy bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan 2018-2019 o’quv yiliga mo’ljallangan va tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida “Toksikologik kimyo” kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi

“Toksikologik kimyo” kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha mas’ul Ismatullayeva Yu. tayinlandi.

2018 yil 5-sentyabr kuni kafedra professor-o’qituvchilar guruhlarda “Mustaqillik darslar”ni o’tkazdilar. Ushbu darslarning birinchi juvtligida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlangan suhbatlar o’tkazildi. Undan tashqari O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yogonasan jonajon O’zbekistonim” degan ezgu g’oyadan kelib chiqib, o’tgan 27 yil davomida mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida va O’zbekiston harbiy qudratini mustahkamlashda erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotlar berildi.  Barcha kafedra murabbiylari akademik guruh talabalariga “Ustoz-murabbiy” nizomi bilan tanishtirib, “Ustoz-murabbiy” tizimi mohiyati, maqsadi va vazifalari bo’yicha suhbatlarni o’tkazdilar.

   Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalari”, “Talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati” bo’yicha talabalar o’rtasida keng tushuntirish ishlari olib borildi.

 TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI TOKSIKOLOGIK KIMYO KAFEDRASI PROFESSOR- O‘QITUVChILARI  TOMONIDAN TALABALAR TURAR JOYIDA AMALGA OShIRILGAN   MA’NAVIY-MA’RIFIY   IShLARNING   2018-2019   O‘QUV   YILI  SENTYABR OYI  UCHUN  BAJARILGAN  ISHLARI

Toksikologik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari 2018-2019 yil o‘quv yili sentyabr oyida TTJda kafedraga biriktirilgan 17-25 xonalarda yashovchi talabalar bilan birma-bir tanishishdi. Talabalarga TTJ dagidagi mavjud shart-sharoitlar tushuntirilib, tozalikka rioya qilish, xonalarni toza ozoda saqlash, xonalarni o‘z vaqtida tozalash, umumiy gigienik qoidalari tushuntirildi. Yashash sharoitlari, intizomlari va tartibga rioya etishlari  yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

     

Talabalarning aksariyati 1 kurs sanoat farmatsiyasi yunalishidagi o‘g‘il bolalar ekanligi aniqlandi.Kafedradagi murabbiylar TTJda istiqomat qiluvchi talabalar bilan alohida suhbat olib borishdi. So‘ngra talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, talabalarning o‘zaro munosabatlari, talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari, professor-o‘qituvchi va talabalar odob-axloqqa  zid holatlar xaqida hamda tibbiy deontologiya bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya yo‘nalishi 1 kurs 104 a-b  gurux ta’labalari gurux murabbiyi Toksikologik kimyo kafedrasi assistenti Yu.A.Ismatullaeva bilan birgalikda Toshkent shahridagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura muzeyining Shahrisabzlik kulol, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Rustam Muzaffarovning “Shahrisabzlik kulolchiligi:an’ana va innovatsiya” nomli ko‘rgazmasiga tashrif bo‘yurdilar. 1 kurs 104 a-b gurux ta’labalarida “Shahrisabzlik kulolchiligi:an’ana va innovatsiya” nomli ko‘rgazmasi yaxshi ta’surot qoldirdi.

     

Ijara va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan ishlash bo’yicha talabalarning ro’yxati va yashash manzillari shakllantirildi va ular bilan ishlash bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Birinchi kurs talabalarini institutdagi mavjud shart-sharoitga ko‘niktirish, adaptatsiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida o‘qituvchi Ismatullaeva Yu.A “Birinchi kurs maktabi” bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida 2018 yil sentabr oyi boshidaFarmatsiya fakulteti 1 kurs 104 A,B guruh talabalarni institut tizimi bilan tanishtirdi xamda ularni A.Navoiy kutubxonasiga a’zo bo‘lishlariga ko‘maklashdi.

Birinchi kurs talabalarini institutdagi mavjud shart-sharoitga ko‘niktirish, adaptatsiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida o‘qituvchi Kamolova S.G‘ “Tinchlik eng aziz nemat” nomli tadbir  bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida 2018 yil sentabr oyi oxiridaFarmatsiya fakulteti 1 kurs 103 A,B guruh talabalarni institut tizimi bilan tanishtirdi xamda ularni Mustaqillik barpo etilgan inshoatlardan biri bo‘lgan Mustaqillik maydoni,Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

     

Barcha guruh talabalariga “Ustoz-murabbiy” nizomi bilan tanishtirib, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshoatlar to‘g‘risida ularning turizm  yo‘nalishi bo‘yicha axamiyati xaqida suxbatlarni o‘tkazdilar. Kafedra murabbiylari tomonidan 2018-2019 o‘quv yili 1 yarimligi uchun murabbiylik va axborot soatlarini o‘tkazish jadvali ishlab chiqildi va Farmatsiya fakulteti dekani  tomonidan tasdiqlandi, darslarda talabalarga oid axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar berib borildi hamda yurtimizda olib borilayotgan islohotlardagi muvaffaqiyatlar va dunyo yangiliklari haqida tezkor ma’lumotlar yetkazildi.

Toksikologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari 27.09.2018 kuni  sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida  Toshkent farmatsevtika institutida o‘tkazilgan  REKTOR KUBOGI sport musobaqalarida ishtirok etishdi. Fakultetlararo o‘tkazilgan musobaqada qo‘l to‘pi, tennis raketkasi va to‘pi ishtirokida, arqonda sakrash va arqon tortish bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.

     

Toksikologik  kimyo kafedrasida 2018 yil OKTYABR oyida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy  ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot

Joriy yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar  va texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash yili” deb elon qilinishi iqtisodiyotni takomillashtirdi. O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalarini talaba-yoshlar o‘rtasida “Murabbiyli soat”i va TIJda  targ‘ib qilish ishlari olib borildi. O‘zbekiston Respublikasida  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish borasida “Talaba qanday axloqqa ega bo‘lishi kerak”, “Talabaning kiyinish madaniyati” kabi mavzularda talabalar o‘rtasida  davra suhbatlari o‘tkazildi. 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab “Ustozlarni qadrlaymiz” mavzusida bayram tadbirini o‘tkazildi. Ustoz-murabbiylar bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “Ustozlarni qadrlaymiz” mavzusida bayram tadbirida suxbat talabalar turar joyida  olib borildi. 2018 yil16 oktyabr  kuni kafedra o‘qituvchilari institut “Talabalar turar joyi”da kafedraga biriktirilgan 50-58 xonalarga tashrif buyurdilar. Tashrifda xonalarning sanitariya holati tekshirib, ma’naviyat xonasida talabalar bilan “Oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari”, “Sanitariya-gigienaning inson hayotida tutgan o‘rni” kabi mavzularida suhbat o‘tkazildi.  Talabalar turar joyida yashovchi talabalar faol ishtirokini ta’mindandi va talabalar turar joyida “Obodonlik ostonadan boshlanadi” mavzusida: ”Eng tartibli va ozoda xona”  tanlovi o‘tkazilishi elon qilindi. Tanlov kriteriylari ishlab chiqilmoqda.Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblarni munosib taqdirlash rejalashtirilmoqda.

      

G.Q.Umarova tomonidan farmatsiya fakulteti, kasbiy ta’lim yo‘nalishi 401-A, B guruh talabalariga-huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, odob-ahloq qoidalariga rioya etish, so‘zlashish madaniyatiga rioya etish va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, ustozlar hurmatini o‘z joyiga qo‘yish, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun, jinoyat uchun jazo muqarrarligi (210-211 moddalar), institut ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun talabalar safidan chetlatish haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Birinchi kurs talabalarini institutdagi mavjud shart-sharoitga ko‘niktirish, adaptatsiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida o‘qituvchi Ismatullaeva YU.A tomonidan farmatsiya fakulteti 104-A, B guruh talabalariga-huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, odob-ahloq qoidalariga rioya etish,salomlashish odobi, so‘zlashish madaniyatiga rioya etish va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, ustozlar hurmatini o‘z joyiga qo‘yish, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun, jinoyat uchun jazo muqarrarligi (210-211 moddalar), institut ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun talabalar safidan chetlatish haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.

     

Toksikologik  kimyo kafedrasida 2018 yil

OKTYABR oyida Talabalar turar joyida“Kafedra kun”i tashkil etilgani xaqida va olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy  ishlar to‘g‘risidagi  ma’lumot

Joriy yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar  va texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash yili” deb elon qilinishi iqtisodiyotni takomillashtirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28-iyuldagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi  PQ-3160-sonli qarori va 2018 yil 5-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3775-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash xamda institut talabalari odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ular o‘rtasida o‘zaro xurmat munosabatlarini  yanada shakllantirish, muomala, kiyinish madaniyatlarini oshirishda kafedra professor-o‘qituvchilarning ish samaradorligini oshirish maqsadida talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot –tashviqot tadbirlarida ular qalbida vatanparvarlik ,insonparvarlik va mexnatsevarlik kabi tuyg‘ularni shakllantirishga xamda ularda axloqiy sifatlarni tarbiyalashga aloxida e’tibor qaratilmoqda. SHu maqsadda Toksikologik kimyo kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida “Kafedra kun”i tashkil etildi. 13-oktyabr kuni kafedra  o‘qituvchilari institut “Talabalar turar joyi”da kafedraga biriktirilgan 50-58 xonalarga tashrif buyurdilar. Tashrifda xonalarning sanitariya holati tekshirib, ma’naviyat xonasida talabalar bilan “Oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari”, “Sanitariya-gigienaning inson hayotida tutgan o‘rni” kabi mavzularida suhbat o‘tkazildi. Suhbatda talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, talabalarning o‘zaro munosabatlari, talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari, professor-o‘qituvchi va talabalar odob-axloqqa man etiladigan holatlar xaqida hamda tibbiy deontologiya bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Kafedra kunida “Farzandning ota-ona oldidagi burchi va vazifalari”, “Keksalarni e’zozlash xalqimizga xos fazilat” kabi mavzularda ma’ruza va suxbat o‘tkazildi.

     

Biriktirilgan xonalardagi talabalar bilan kafedra o‘qituvchilari “Farzandlar tarbiyasi” xaqidagi mavzuda  qizg‘in suxbat o‘tkazildi. Talabalar xam erkin fikr bildarishdi va ularning  fikrlari va takliflari inobatga olindi.Mavzuni talabalarga ass. Ismatullaeva YU.A tushuntirib o‘tdilar .Jamiyatda oilaning o‘rni, oilada farzand tarbiyasining ahamiyati katta. Insonning hayoti turli bosqichlardan o‘tadi. Bular orasida eng ahamiyatlisi yoshlik bosqichidir. Bu davr o‘ta nozik davr bo‘lib, insonning quvvatga to‘layotgan, hayotning turli so‘qmoqlaridan o‘tib borayotgan davr hamdir. Mana shu davrda unga oilada juda katta e’tibor ko‘rsatish, ota-ona, ustozlar, ta’lim muassasalarining hayot chorrahalarida o‘zining munosib o‘rnini bilib olishi, ma’naviy komil bo‘lib etishishi, atrofdagi insonlarga munosabatini belgilab olishida ko‘makchi bo‘lishlari lozim. Zero, kelajakda odob-axloq, ilm-ma’rifat, halollik, rostgo‘ylik kabi fazilatlarning egasi bo‘lish mana shu kichik jamiyat bo‘lgan – oila va bilim dargohlaridan boshlanadi.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida, “Ommaviy madaniyat” deyilayotgan mashhurlik yoshlar orasiga singib ketgan bo‘lsa-da, uning tarbiyaga zid ekanligi, salbiy ta’sirlari endilikda bahs qilina boshladi. G‘arb madaniyatdan o‘rnak olib, kiyinish, muomala, yurish-turish, salomlashish kabi holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Natijada, asta-sekinlik bilan axloq-odobning salbiy tomonga o‘zgarishi, ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan qadriyatlar, urf-odatlar unut bo‘libbormoqda.
Farzand tarbiyasidagi ta’sirning yana bir sababchisi – internet, uyali telefon va ulardagi turli ijtimoiy tarmolardan noo‘rin foydalanish bo‘lib kelmoqda. Bu vositalardan unumli foydalanib, ulkan yutuqlarga erishish bilan birga noto‘g‘ri foydalanib, ma’naviy va moddiy tomondan zarar keltirib chiqarayotganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Bugungi kunda internet tarmog‘ida berilib borayotgan turli axborot oqimidagi to‘g‘ri ma’lumotlar bilan noto‘g‘risini ajrata olish, to‘g‘ri va maqsadli foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun farzandlarni internet saytlarga kirishida axborotdan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish madaniyatini yuksaltirish zarur.

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI TOKSIKOLOGIK KIMYO KAFEDRASI PROFESSOR- O‘QITUVCHILARI  TOMONIDAN AMALGA 2018-2019 O‘QUV YILI NOYABR OYI UCHUN BAJARILGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28-iyuldagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi  PQ-3160-sonli qarori va 2018 yil 5-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3775-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 12 noyabr kuni Toksikologik kimyo kafedra o‘qituvchilari  dots.Usmanalieva Z.O‘,  assistentlar Abdullabekova N.A va Kamolova S.G‘ Farmatsiya fakulteti 4-kurs 406 A,V guruxda  qizlarning sharm-hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini, muomala madaniyati, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan madaniyatlarning qizlar orasida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida  suhbat o‘tkazildi. Suhbatda bugungi kunda “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirayotgani, ko‘p ming yillik milliy qadriyatlarimizga putur etkazayotgani aytildi va qizlarga o‘zbekona sharm-hayo, ibo, iffat qizlarga xos fazilat ekanligi, chetdan kirib kelayotgan “kiyinish va so‘zlashish” madaniyatlariga qizlarning o‘z munosabati bo‘lishi kerakligi, ulardan o‘zimizga xos bo‘lgan taraflarinigina olishimiz mumkinligi ta’kidlandi. Suhbatda 15 nafar talabalar qatnashdi.

     

Institut talabalari o‘rtasida yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, erkin fikrlaydigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega avlodni tarbiyalashga ahamiyat berish va past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash maqsadida internet tarmog‘ida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bunda kafera o‘kituvchilari 2018 yil 24 noyabr kuni Farmatsiya fakulteti 2-kurs 205 A,V guruxlarda  global axborot kurashi davrida turli siyosiy kuchlarning axborot-g‘oyaviy hurujlaridan himoyalanish, yoshlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlash, yosh avlod vakillarining qiziqishi va manfaatlarini inobatga olgan holda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda  ishtrok etish kerakligi, talabalarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda ma’naviy tahdidlarga qarshi chiqishlarni tashkil etildi. Institut talabalari o‘rtasida yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni oshirishga hamda past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash,  internet tarmog‘ida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish kerakligi xaqida aytib o‘tildi va tushuntirish ishlari olib borildi.

2018 yil 8 noyabr  kuni kafedra o‘qituvchilari institut “Talabalar turar joyi”da kafedraga biriktirilgan 50-58 xonalarga tashrif buyurdilar. Tashrifda xonalarning sanitariya holati tekshirib, ma’naviyat xonasida talabalar bilan “Oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari”, “Sanitariya-gigienaning inson hayotida tutgan o‘rni” kabi mavzularida suhbat o‘tkazildi.  Talabalar turar joyida yashovchi talabalar faol ishtirokini ta’minlandi va talabalar turar joyida  ”Eng tartibli va ozoda xona”  tanlovi o‘tkazilishi elon qilingan edi, shu maqsadda biriktirilgan 50-58 xonalarning kriteriylar bo‘yicha tekshirildi. Keyingi oyda g‘olib xonani aniqlash ko‘zda tutilmoqda.  Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblarni munosib taqdirlash rejalashtirilmoqda.

     

2018 yil 14 noyabr  kuni kafedra o‘qituvchilari institut “Talabalar turar joyi”da kafedraga biriktirilgan 50-58 xonalarga tashrif buyurdilar. Tashrifda xonalarning sanitariya holati tekshirildi, ma’naviyat xonasida talabalar bilan Giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari kabi mavzularida suhbat o‘tkazildi.  Suxbatda giyohvandlik va alkogolizm shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni buzishga olib kelishi, buni bugungi hayotimizda ham tez-tez uchratib turishimiz, giyohvandlik kishilar qavmu qarindoshidan, gulday farzandlaridan, umr yo‘ldoshidan ajralib qolayotgani, ulardan aksar hollarda mayib-majruh farzandlar tug‘ilayotgani hayotda uchrab turgani haqida,  jamiyatga etkazadigan zararlari esa behad ko‘pligi, giyohvand kimsa avvalo o‘ziga, so‘ng oilasi, kasbi yoki o‘qishiga nisbatan qiziqish , ahamiyat va parvo hislari qolmasligi, ayniqsa, ishlab chiqarishda taraqqiyotning asosiy kuchi bo‘lmish yoshlarning giyohvandlikning birinchi navbatdagi qurboni bo‘lishi juda ham ayanchli xolat ekanligi xaqida aytib o‘tildi.  Talabalar turar joyida  ”Eng tartibli va ozoda xona”  tanlovi o‘tkazilishi elon qilingan edi, shu maqsadda biriktirilgan 50-58 xonalarning kriteriylar bo‘yicha tekshirildi.

2018 yil 22 noyabr  kuni kafedra o‘qituvchilari institut “Talabalar turar joyi”da kafedraga biriktirilgan 50-58 xonalarga tashrif buyurdilar. Tashrifda xonalarning sanitariya holati tekshirildi, ma’naviyat xonasida talabalar “Oilaviy tadbirkorlik, unga yaratib berilayotgan imkoniyatlar”,”YOshlar tadbirkorligi davlat muhofazasida” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suxbatda:“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyat bo‘lib, o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.  YUridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir.YUridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oilaviy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari nimadan iboratligi, oilaviy korxonada ham xodimlar ijtimoiy muhofaza qilinadimi yoki qilinmaydimi, oilaviy korxona faoliyatida ham tekshirishlar o‘tkaziladimi yoki o‘tkazilmaydimi shular xaqida suxbat o‘tkazildi. Talabalar xam erkin fikr bildarishdi va ularning  fikrlari va takliflari inobatga olindi.  Talabalar turar joyida yashovchi talabalar faol ishtirokini ta’minlandi va talabalar turar joyida  ”Eng tartibli va ozoda xona”  tanlovi o‘tkazilishi elon qilingan edi, shu maqsadda biriktirilgan 50-58 xonalarning kriteriylar bo‘yicha tekshirildi. . Keyingi oyda g‘olib xonani aniqlash ko‘zda tutilmoqda.  Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblarni munosib taqdirlash rejalashtirilmoqda.

Toksikologik kimyo kafedrasining 2018-2019 o‘quv yili Mart oyida  “Talabalar turar joyida” o‘tkazilgan “Kafedra kuni”

HISOBOTI

“Kafedra kuni” yakunlarida 2019 yil 14 mart kuni soat 1400da institut katta faollar zalida toksikologik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan institut professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Biz giyoxvandlikka qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va davra suxbati o‘tkazildi.

     

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi laboratoriya mudiri Primuxamedova X.I taklif qilindi. Tadbir Toshkent Farmatsevtika instituti O‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektori  YUldashev Z.A  va Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri Usmanalieva Z.O‘ tomonidan ochildi.

     

Taklif qilingan mexmonlar birin-ketin so‘zga chiqib, xozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. Asr vabosi deb baholanayotgan “oq ajal” qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘layotgani, giyohvand moddalarni iste’mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar dunyoga kelayotgani haqida o‘ylasak, yanada sergak tortamiz. Og‘uning quliga aylanib qolayotgan zamondoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish barchamiz uchun foydalidir. SHunday ekan, oilalarimiz tinchligi, farzandlarimiz kelajagiga rahna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashishimiz shart. Ayni kunlarda asr vabosiga aylangan giyohvandlikka qarshi kurashish jamiyatimizning har bir fuqarosi oldida turgan muhim va dolzarb vazifadir. Giyohvandlik vositalarining katta miqdorda etishtirilayotgani va sayyoramiz bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgani kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir millatni tashvishga solishi shubhasiz.Og‘uning quliga aylanganlarni davolashdan ko‘ra, giyohvandlikka chalinishning oldini olgan ming marta afzal. Demak, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilish barchamizning insoniy burchimiz ekanligi xaqida aytib o‘tdilar.

So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi laboratoriya mudiri Primuxamedova X.I so‘zga chiqib:

     

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilgani xaqida,Vazirlar Mahkamasining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida» 2015 yil 12 noyabrdagi 330-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 11-son, 100-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgani xaqida aytib o‘tdilar.So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi xududiga giyoxvandlik,psixotrop moddalar va prikursorlarni olib kirish,olib chiqish  hamda ularni tranzit aylanmasi ustidan nazoratni tartibga solish to‘g‘risida”gi 2015 yil 18 noyabrdagi 330-sonli Qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2018 yil 29 oktabrdagi VM Qarori bilan tanishtirdi. Talabalardan o‘quv jarayoni va darsdan bo‘sh vaqtlarida Qarorda ko‘rsatilgan yoshlar hayotiga tahdid soluvchi moddalar haqida o‘rtoqlari va qarindoshlari o‘rtasida to‘g‘ri fikr shakllantirishga hamda huquqbuzarliklari yo‘l qo‘ymaslikka,jinoiy ishlardan yiroqda bo‘lish,norasmiy ravishda ishlamaslik to‘g‘risida,qarorda keltirilgan ilovalar va 4 ta ro‘yxat tarkibi birma-bir o‘qib eshittirildi. Talabalar ro‘yxatga kiritilgan moddalar xaqida o‘zlari qiziqgan savollarni berishda va kerakli javoblarni olishdi.

Tadbir so‘ngida talabalarga va ishtrokchilarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni iste’molining oqibatlari xaqida videorolik namoish etildi.

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI TOKSIKOLOGIK KIMYO KAFEDRASI PROFESSOR- O‘QITUVCHILARI  TOMONIDAN TALABALAR TURAR JOYIDA AMALGA OSHIRILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY  ISHLARNING

2018-2019 O‘QUV YILI MART OYI UCHUN BAJARILGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28-iyuldagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi  PQ-3160-sonli qarori va 2018 yil 5-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3775-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 7 mart  kuni kafedra o‘qituvchilari institut “Talabalar turar joyi”da kafedraga biriktirilgan 50-58 xonalarga tashrif buyurdilar. Tashrifda xonalarning sanitariya holati tekshirib,bo‘lib o‘tadigan bayram va tadbirlar xaqida ma’lumotlar berildi , ma’naviyat xonasida talabalar bilan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab “Aziz va muqaddassan ayol”  mavzusida suhbat o‘tkazildi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar faol ishtirokini ta’minlandi.Talabalarga onalarimiz, opa-singillarimizni,  kursdosh qizlarni asrab avaylab ularga chuqur extirom ko‘rsatilishi kerakligi xaqida aytib o‘tildi.

     

2019 yil 18 mart kuni “21-mart – Navro‘z bayrami” munsobati bilan madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi unga talabalar turar joyida yashovchi talabalar faol ishtiroki ta’minlandi.

AKT vositalari haqida qisqacha ma’lumot.

Kafedrada o’quv jarayoni uchun qullayliklar mavjud bo’lib, har bir fan uchun alohida o’quv uslubiy majmua mavjud bo’lib, ushbu majmualardan kafedra professor–o’qituvchilari dars jarayonlarida mukammal foydalanib kelishmoqda. O’quv jarayonida talabalarga tushunarli bo’lishi uchun amaliyotda ko’proq materiallar, Hamda kafedra bilan hamkorlikda bo’lga Sud-tibbiy ekspertiza Bosh byurosi laboratoriyasidan foydalaniladi. Shu bilan birga o’quv jarayonini ma’ruza vaqtida fanlarga oid prizentasiya hamda tarqatma materillaridan foydalaniladi

     

               KAFEDRANING XO‘JALIK SHARTNOMALARI HAQIDA MA’LUMOT.

                   Toksikologik kimyo kafedrasida olib borilayotgan xo‘jalik shartnomasi

Buyurtmachi tashkilot nomi Ishlab chiqarish yoki hizmat ko’rsatish yo’nalishi (maxsulot nomi, ixtisoslashuvi va x.k.) Muammoning echimidan kutilayotgan natija Innovatsion guruh Ilmiy rahbari Bajarish muddati
1. “GOLD RAY PHARMACEUTICALS” MCHJ Mahalliylashtirilgan Valgus Pro oyoq biriktirgichlarini dermoto-toksiklik xususiyatlarini o‘rganish        Ishlab chiqilgan innovatsion  mahsulot   mahhaliylashtirish dasturi orqali valyutani tejash, hamda  yassioyoqlik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga arzon, zarasiz biriktirgichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Ilmiy ish natijasida ilmiy maqola tayyorlash va patent olish F.S. Jalilov 2018-2019 y

Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi 2012-yil 20-avgustda Toksikologik kimyo hamda Organik va biologik kimyo kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra mudiri vazifasini vaqtinchalik bajarish farm.f.d., dotsent M.I.Alixo‘jayeva zimmasiga yuklandi. 2013-yil 12-noyabrdagi institut Ilmiy kengashida o‘tkazilgan tanlovda farmatsevtika fanlari doktori, professor Zokirjon Abidovich Yuldashev kafedra mudiri lavozimiga saylandi. 2018-yil yanvar oyidan kafedra mudiri vazifasini vaqtinchalik bajarish farm.f.d., dotsent Z.U.Usmanaliyeva zimmasiga yuklandi.

Har ikki kafedra o‘zining katta tarixiga ega. Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi institutning Toksikologik kimyo, Organik kimyo va Biologik kimyo kafedralari negizida tashkil etilgan.

Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi 2012-yil 20-avgustda Toksikologik kimyo hamda Organik va biologik kimyo kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra mudiri vazifasini vaqtinchalik bajarish farm.f.d., dotsent M.I.Alixo‘jayeva zimmasiga yuklandi. 2013-yil 12-noyabrdagi institut Ilmiy kengashida o‘tkazilgan tanlovda farmatsevtika fanlari doktori, professor Zokirjon Abidovich Yuldashev kafedra mudiri lavozimiga saylandi. 2018-yil yanvar oyidan kafedra mudiri vazifasini vaqtinchalik bajarish farm.f.d., dotsent Z.U.Usmanaliyeva zimmasiga yuklandi.

Har ikki kafedra o‘zining katta tarixiga ega. Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi institutning Toksikologik kimyo, Organik kimyo va Biologik kimyo kafedralari negizida tashkil etilgan.

Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi 2012-yil 20-avgustda Toksikologik kimyo hamda Organik va biologik kimyo kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra mudiri vazifasini vaqtinchalik bajarish farm.f.d., dotsent M.I.Alixo‘jayeva zimmasiga yuklandi. 2013-yil 12-noyabrdagi institut Ilmiy kengashida o‘tkazilgan tanlovda farmatsevtika fanlari doktori, professor Zokirjon Abidovich Yuldashev kafedra mudiri lavozimiga saylandi. 2018-yil yanvar oyidan kafedra mudiri vazifasini vaqtinchalik bajarish farm.f.d., dotsent Z.U.Usmanaliyeva zimmasiga yuklandi.

 

17.04.2019, 10:33   4298