Ta’limning texnik vositalari bo’limi

Karimov Islomjon Po’latjon o’g’li

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo’lim boshlig’i

Qabul vaqti:

Dushanba-Shanba (09:00-17:00)

Tel.:

+998712526760

Veb-sayt:

O’qitishning texnik vositalari bo’limi respublikamizdagi ko’plab oliy o’quv yurtlarida bo’lgani singari 2018-2019 o’quv yilidan boshlab qaytadan tashkil etilgan. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida darslarni zamonaviy va talab darajasida tashkil etish zamon talabi xisoblanadi. Shuning uchun institut rahbariyati tomonidan ma’ruza va amaliyot mashg’ulotlarida foydlanish uchun axborot-telekommunikatsiya vositalari jumladan: videoproektor, monitor kabi qurilmalar dars jarayonlariga keng joriy etilgan. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bilan videokonferensiyalar o’tkazib borishning texnik ta’minoti bo’lim xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

2018-yil sentyabr oyidan boshlab O’qitishning texnik vositalari bo’limini I.Karimov boshqarib kelmoqda.

O’qitishning texnik vositalari bo’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Institutda multimedia vositalari jumladan: video proektor, monitor audio mikrofon, video va foto apparatlarga paydo bo’layotgan taxdidlar to’g’risida o’z vaqtida institut rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, ularni muhofaza qilish bo’yicha konsultatsiya xizmatlari ko’rsatish;
  • Institutda mavjud multimedia vositalaridan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish, multimedia vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Bo’lim texnik operatorlari ishini nazorat qilish;
  • Institutda mavjud bo’lgan multimedia vositalari zahirasini zamonaviylari hisobiga oshirish va mavjudlarini takomillashtirib borish;
  • Multimedia vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yo’qotishlardan himoyalash, ruxsat etilgan foydalanuvchilar uchun multimedia vositalari foydalanish imtiyozini berish;

Multimedia vositalari bilan ishlagan foydalanuvchilarni bo’lim jurnalida ro’yxatdan o’tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to’g’riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash.

06.10.2018, 16:32   72