TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMI

Yuldashev Zokirjon Abidovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktori, professor

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni (13:00-15:00)

Tel.:

(0 371) 256-04-10

Veb-sayt:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim tizimida yuqori sifatga erishish maqsadida 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 515-sonli qarori qabul qilindi va Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalarida 2017 yilning dekabr oyida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari o‘z faoliyatini boshladi.

2017 yil 15 dekabrda Toshkent farmatsevtika instituti tarkibida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tavsiyasiga binoan farm.f.d., professor YUldashev Zakirdjan Abidovich mazkur bo‘limning boshlig‘i etib tayinlandi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qarori 14-bandiga muvofiq farm.f.d., dotsent Suyunov Nizom Davurovich va farm.f.n., dotsent Jalilov Fazliddin Sodiqovich bo‘limning bosh mutaxassislari etib tayinlandi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2017 yil 30 dekabrdagi 50-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risida»ga namunaviy Nizom, tegishli tartibda tasdiqlangan ish rejasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 941-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi» asosida olib boradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari institut talabalarining egallagan bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir qilgan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni institut rektori va Davlat inspeksiyasiga taqdim etishdan iborat. Shuningdek, institutdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorlash, ta’lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

Xudoyqulova Dilafruz Kabildjanovna

Ilmiy darajasi va unvoni: katta o`qituvchi

Lavozimi: TSNQB bosh mutaxassisi

Qabul vaqti: har kuni (13:00-15:00)

Tel.: (0 371) 256-04-10

E-pochta: hudoyqulova-1982@mail.ru

Xudoyqulova Dilafruz Kabildjanovna 1982-yil Toshkent shahrida  tug‘ilgan, millati o‘zbek. U 2002-yilda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti “Ingliz filologiyasi” fakul`tetini tugallab, 2004-2006 yillarda mazkur ta’lim muassasasining Lingivistika mutaxassisligi bo`yicha magistraturada tahsil olib imtiyozli tarzda tamomladi.

D.K.Xudoyqulova 2003-yildan  Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida o`z faoliyatini boshlagan. 2010-2012 yillar davomida Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan muovini,  2013-2016 bo‘lgan muddatda Tillar kafedrasi mudiri v/b, 2017-2018 yillarda institut “Sanoat farmatsiya fakulteti katta murabbiysi ” lavozimida faoliyatini olib bordi.

2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamg‘armasining sovrindori bo‘lib, mazkur yilda Angliyada o‘z malakasini oshirdi. U o‘z faoliyati davomida bir qator ilmiy, o‘quv adabiyotlar muallifi sifatida samarali mehnat qildi. Jumladan, 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 dan ortiq tezis, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy majmualar hamda 1 ta o‘quv adabiyotlar muallifidir. ilmiy – pedagogik staji – 15 yil.

Zokirova Nodira Tursunovna

Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi

Lavozimi: TSNQB bosh mutaxassisi

Qabul vaqti: Har kuni (13:00-15:00)

Tel.: (0 371) 256-04-10

E-pochta: nodira71@mail.ru

1994-yilda Toshkent davlat Universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti) kimyo fakultetini tugatgan va kimyogar o`qituvchisi degan mutaxassislikka ega bo‘lgan. U o`z faoliyatini Toshkent Davlat Universitetida boshlagan; 1997 yilda kimyo fakulteti fizik va kolloid kimyo kafedrasida,  laborant, katta laborant, muxandis va 1-toifali muxandislik lavozimlarida ishlagan. 2009-yildan Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida assistent, 2014-yildan hozirgi vaqtgacha katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Zokirova N.T. 2007-yilda «Natriykarboksiymetilsellyuloza va azot tutgan birikmalar asosida kompozitsiyalarni ishlab chiqish, ularning termodinamik tadqiqoti va qo‘llanilishi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Katta o‘qituvchi Zokirova N.T. 4 ta o`quv uslubiy qo`llanmalar, shuningdek, 12 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Uning ilmiy maqolalari nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda va respublika miqyosidagi nashrlarda chop etilgan. U Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti kengashi kotibi, kasaba uyushma qo‘mitasi a’zosi va shu kafedraning kotibasi lavozimlarida ishlaydi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi nizomi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi ish rejasi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xarakat dasturi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limiga Murojat

14.09.2018, 15:01   1303