O’quv-uslubiy bo’lim

Abzalova Nodira Akmalevna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni

Tel.:

(0 371) 256-38-47

Veb-sayt:

O‘quv bo‘limi

O‘quv bo‘limi o‘z faoliyatini Institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom va ish rejasiga muvofiq olib bormoqda.

Respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi ta’lim tizimini, jumladan o‘quv bo‘limi vazifalarini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Bugungi kunda o‘quv bo‘limiga o‘quv jarayonini tashkil qilish bilan birgalikda uning uslubiy ta’minoti, yo‘nalish va mutaxassisliklarni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, fanlarning darsliklar bilan ta’minotining nazorati, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish nazorati kabi vazifalar ham yuklatilgan.

Institut tashkil topgandan buyon o‘quv bo‘limiga, quyidagi yuqori malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilib kelganlar:

  1. Stepanenko Mariya Yakovlevna (1971—1974), FITЈ kafedrasi katta o’qituvchisi.
  2. Melkumova Zinaida Vladimirovna (1974—1979), TDTT kafedrasi dotsenti.
  3. Yevdokimov Pavel Konstantinovich (1979—1982), TDTT kafedrasi dotsenti.
  4. Xonxujayev Olim Xamidovich (1982—1989), FITЈkafedrasi dotsenti.
  5. Urmonova Flyura Faridovna (1989—1992), Farmakognoziya kafedrasi professori.
  6. Xalimov Abduraxim Xalimovich (1992—1994), DTT kafedrasi dotsenti.
  7. MuborakovaFeruza (1994—1995)
  8. Xalimov Abduraxim Xalimovich (1995—1997) DTT kafedrasi dotsenti.
  9. JumashovaTuxtaUrinovna (1997—1999)
  10. Umarova Shaxnoz Ziyatovna (1999-2018)

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli hamda “Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda mavjud barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari, o‘quv rejalari o‘quv bo‘limi boshchiligida qayta ko‘rib chiqildi va xorijiy tajribalar asosida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘quv bo‘limi tomonidan o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida qator nizom va yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan. Farmatsevt kadrlar malakasini oshirish to‘g‘risidagi Nizom, kurs ishini bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma, namunaviy va ishchi dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha yo‘riqnoma, Toshkent farmatsevtika instituti talabalari bilimini baholash reyting tizimi bo‘yicha Nizom va boshqalar shular jumlasidandir.

Shuningdek, o‘quv bo‘limi tomonidan farmasevt kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ya’ni farmatsevt kadrlarga bo‘lgan bugungi talabni shakllantirish va tartibga solish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevt kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini ta’minlash” jarayonini joriy etish tartibi ishlab chiqildi va O‘zRSSVning 2011-yil 168-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

O‘quv bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish ishlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 242-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, institut professor-o‘qituvchilari tasdiqlangan rejaga muvofiq muntazam ravishda har 3 yilda belgilangan tartibda malakalarini oshirmoqdalar. Institut professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish Bosh ilmiy metodik markazga qarashli mintaqaviy markazlarda, hamda xorijiy OTMlari, jumladan, Germaniyaning OTTO Fan Gerike universitetida, Buyuk Britaniya, Malayziya, Koreya, Ukraina Milliy farmatsevtika universitetida, V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasida, Sankt-Peterburg Kimyo-farmasevtika va akademiyasida boshqa ta’lim mutaxassisliklari malaka oshirib qaytdilar.

Bundan tashqari, mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirish kurslarini farmatsiya sohasi rivojlangan davlatlarning yetuk olimlarni jalb etgan holda tashkil etish, institutda an’anaga aylanib qolgan. Jumladan, oxirgi 3 yilda “Dori vositalarini ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishning nazariy asoslari”, “Ulgurji savdo tizimini GPP asosida tashkil etish”, “Chakana savdo tizimini boshqarish (merchandayzing) va dori vositalar sifatini GDP talablari asosida taminlash” kabi mavzularda Ukrainaning milliy farmasevtika universiteti va I.M.Sechenev nomli 1-Moskva tibbiyot akademiyasi olimlari ishtirokida tashkil etilgan kurslarda institutimizning 60 ortiq professor-o‘qituvchilar qatnashib, halqaro sertifikatlar bilan taqdirlanganlar.

     

Lutpiddinova Gulbaxor Xabibiddinovna

Lavozimi: Inspektor

Tug’ilgan yili: 21.04.1974-yil

Tel: (871) 256-38-47

E-mail: lutpiddinova-gul@mail.ru

 

Djalilova Gulnoza Sunnatullayevna

Lavozimi:Uslubchi

Tug’ilgan yili: 20.05.1979-yil

Tel:(871) 256-38-47

E-mail: delrus_tashkent@mail.ru

 

Tadjibayeva Feruza Mamajonovna

Lavozimi:Inspektor

Tug’ilgan yili: 29.05.1983-yil

Tel: (871) 256-38-47

E-mail:

 

 Saidova Mehribonu Fahriddin qizi

Lavozimi: Dispetcher

Tug’ilgan yili: 30.11.1997-yil

Tel: (871) 256-38-47

E-mail: smehribon@gmail.ru

O’quv-uslubiy bo’lim ISH REJASI

20.12.2018, 11:39   2543