Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Ashurova Nigora Xayitovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni (8:30-16:00)

Tel.:

Veb-sayt:

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Hozirgi vaqtda inson ongi, tafakkuri, ma’naviyatini egallash uchun intilayotgan  buzg‘unchi  kuchlar  tarqatayotgan  g‘oya va mafkuralarga qarshi  faqat ma’naviy-mafkuraviy yo‘l bilan kurash olib borish talab etiladi.  Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida qo‘lga kiritgan yutuq va natijalarimizni, mamlakatimizning salohiyati va qudrati, uning xalqaro maydonda nufuzi tobora yuksalib borayotgani, tub islohotlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng qatlamlarga yanada chuqurroq ochib berish va xalqaro jamoatchilikka yetkazishda ma’naviyat targ‘ibotchilarining roli katta.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 qarori e’lon qilinib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish,  sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirishga asos bo‘la oldi. Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari mazkur qaror asosida o‘z faoliyatida samaradorlikka erishish uchun intilmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida o‘z ishlarini rejalashtiradi va chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent farmasevtika institutida 1996 yil dekabr oyida  “Ma’naviyat va ma’rifat”  jamoatchilik markazi tashkil etilgan.  Professor I.K.Azizov institutning ma’naviyat va ma’rifat ishlari  bo‘yicha birinchi prorektor etib tayinlandi. Shundan so‘ng mazkur vazifada dotsent  O‘.A.Ahmedov (1997-1999 yillar), professor X.M.Komilov (1999 yil) faoliyat ko‘rsatdilar. Shu davr mobaynida institut professor-o‘qituvchilari talabalar o‘rtasida bir qator ibratli ishlarni amalga oshirdilar.

1999 yilning 29 dekabridan 2009 yilga qadar institutda ma’rifat – ma’naviyat ishlari bo‘yicha 1-prorektor lavozimida dotsent N.K.Olimov faoliyat ko‘rsatdi. 2009-2010 yillar davomida bu vazifani sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani dotsent A.A.Nurmuxamedov, 2010-2014 yillar davomida dotsent  K.A.Cho‘lponov bajardi. 2014 yil may oyidan hozirgi kunga qadar  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimini O.I.Xudoyberdiev bajarib kelmoqda.

Institutda ma’naviyat markazi faoliyat yuritib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot tadbirlari, turli badiiy kechalar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelmoqda. Hozirgi kunda mazkur bo‘limda N.X.Ashurova–bo‘lim boshlig‘i, F.Z.Mannopova, A.U.Abduraimovalar – uslubchi, N.L.Usmonova–matbuot kotibi, S.Azlarova – psixolog, N.Yusupova–tarbiyachi-pedagog va M.N.Qosimova– kotiba lavozimlarida faoliyat yuritmokda. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida institut “Murabbiylar” kengashi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. “Murabbiylar” kengashi raisi ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.S.Salimsakova, sanoat farmatsiyasi fakulteti murabbiylar kengashiga katta o‘qituvchi S.Sharipova, farmatsiya fakulteti kengashiga katta o‘qituvchi T.Mirraximovalar boshchilik qilmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tarkibida institut  muzeyi faoliyat ko‘rsatadi. Muzeyga 2006 yildan Sh.Burnaev rahbarlik  qilib kelmoqda. 2017 yil sentabr oyidan institutda psixolog lavozimi joriy etilib, uni S.Azlarova bajarib kelmoqda.

Ma’naviy – ma’rifiy ishlar  Respublikamiz  Prezidentining Qarori va farmoyishlari  hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlarini  hayotga tadbiq etib borish bilan tashkil etiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda hamkor tashkilotlardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi va boshqa tashkilotlar.

Yoshlarni mustaqil fikrlovchi, dunyoqarashi teran bo‘lishi, ular ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi BT va Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Murabbiylar” kengashi bilan muntazam ravishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’naviy ma’rifiy ishlar tasdiqlangan rejalar asosida tashkil etiladi, ularda belgilangan vazifalar va yo‘nalishlardan kelib chiqib, yosh avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, talabalarning kasb mahorati hamda ma’naviy o‘sishini moddiy va axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Institutning ma’naviy-ma’rifiy  ish rejasiga binoan yoshlarning o‘zligini anglashi borasida ham qator tadbirlar jumladan: “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai”, “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik”, “Milliy an’analarimizni o‘rganamiz”, “Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish – ulug‘ qadriyat”, “Oila – muqaddas maskan” kabi mavzularda ham tadbirlar o‘tkazilmoqda. Keyingi yillarda talabalarda diniy ekstremizm va terrorizmning xavfi haqida, unga qarshi kurashi choralari xususida ham keng qamrovli ishlar bajarilmoqda.

“Diniy ektremizm, terrorizm va uning oqibatlari”  mavzulari turkumiga kiruvchi plakatlar, uslubiy qo‘llanmalar, videoroliklar va videotasmalar bilan yetarli miqdorda ta’minlanayotganligi shu borada amalga  oshirilayotgan keng qamrovli ishlardan bir ko‘rinishdir.

Institutda Toshkent Islom Universiteti, O‘zbekiston  Musulmonlari diniy  idorasi va  Toshkent shahrida joylashgan diniy tashkilotlar bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tajribali mutaxassislari har oyda bir marotaba tashrif buyurib, talabalarga islom dini ezgulik, tinchlik, birodarlik, mehr-muruvvat va xayru saxovat dini ekanligi, unda  qon to‘kish,  odamlar o‘rtasida nifoq  va ziddiyat solish, buzg‘unchilik amallari bilan shug‘ullanishning keskin qoralanganligini Qur’oni Karim oyatlari va hadislar misolida tushuntirib bermoqdalar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev faoliyati davomida institut va talabalar turar joyidagi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalarini va “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi xonalarini qayta ta’mirlanib, zamonaviy texnika vositalari bilan  jihozlanishida jonbozlik ko‘rsatdi.Institut hududida  zamonaviy “Sport maydoni”ning tashkil etildi.  Talabalar o‘rtasida sport musobaqalarining o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratib, sport zallariga zamonaviy  sport anjomlari olib kelindi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev tashabbusi bilan institut hududi va talabalar turar joyida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, zamonaviy landshaft dizayni asosida igna bargli, manzarali daraxtlar va gullar bilan bezatildi, hududda va binoda tozalikka qat’iy rioya etilishiga erishildi. Institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijasida professor-o‘qituvchilar, talabalarning huquqiy, siyosiy, ekologik madaniyatlari oshishiga erishilmoqda. Institutda bo‘lim va “Murabbiylar” kengashi tomonidan har oyda “Ma’naviyat kuni”lari tadbirlari tashkil etiladi.Talabalar murabbiylari boshchiligida shahrimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy maskanlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan maskanlariga, muzeylarga tashrif uyushtiradilar.

13.10.2018, 09:10   1674