Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ismailov Kamoliddin Qurultoyevich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kasaba uyushmasi raisi, kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba-Shanba (8:00-17:00)

Tel.:

(0 371) 256-06-54

Veb-sayt:

Hozirgi vaqtda Ijtimoiy fanlar kafedrasida 17 nafar professor-o‘qituvchilar sermahsul va shijoat bilan faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Jumladan, 2 nafar professor, 1 nafar dotsent, 10 nafar katta o‘qituvchilar va 4 nafar o‘qituvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati quydagilardan iborat: 2 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi. Kafedra professor-o‘qituvchilari yangicha yondashuvlar asosida ta’lim-tarbiya olib bormoqdalar. Kafedra a’zolari tomonidan 1 ta monografiya, 2 ta elektron o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiqo`quv-uslubiy qo‘llanmalar chop ettirilgan.

Hozirgi kunda kafedrada bakalavriat va magistratura talabalariga quyidagi fanlar o`qitilmoqda: Milliyg‘oya, O‘zbekiston tarixi, Iqtisod nazariyasi, Soliq va soliqqa tortish, Ishlab chiqarish menejmenti, Pedagogika va  psixologiya, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Sotsiologiya, Pedagogik mahorat va Yangi pedagogik texnologiya kabi fanlar. Ijtimoiy fanlar kafedrasi institutning barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol qatnashmoqdalar. Kafedra o`qituvchilari talabalarga uztozlik qilib o`z guruhlarida ma`naviy-ma`rifiy ishlar olib boradilar. Masalan, institut professor – o`qituvchilariga iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ma`ruzalar o`qiydilar, talabalar uchun turli ma`rifiy tadbirlar o`tkazadilar. Kafedra a`zolari Sirga`li tumanidagi 33- Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan doimo habar olib bayramlarda sovg`alar bilan ularni o`ksik ko`ngillarini hushnud etadilar. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini-o‘ziboshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 175-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 22 iyundagi 870-sonli farmoyishi hamda institut rektorining 2012 yil27 iyundagi 214-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan “Oila – mahalla – ta’lim”  hamkorlik Jamoat Kengashi a’zosi sifatida Mirobod tumanining mahallalarida qator ma’naviy – ma’rifiy ishlar olib borlmoqdalar.

Kafedra xodimlari yagona ilmiy yo`nalish, ya`ni «O`zbekiston mustaqilligining iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy ma`rifiy taraqqiyotning dolzarb muammolari» mavzusida ilmiy izlanishlarni olib bordilar. Kafedra a`zolari har yili 100ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etadilar.

Kafedrao`quv, ilmiy, ma`naviy sohalarda ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida O`zbekiston Milliy universitetining Tarix fakulteti, fakultetlararo «O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi bilan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat islom universitetining «Dinshunoslik “YUNESKO” kafedrasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yganlar.

Ma’lumki, Toshkent farmatsevtika instituti Markaziy Osiyoda yagonadir. Institut rasman 1937 yil 16 iyulda Sog‘liqni saqlash xalq komissarining  155-son buyrug‘i bilan tashkil topgan. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak Turkistonda Sho‘rolar davrigacha dorixona qoloq va asosan xususiy mulkdorlar qo‘lida edi,ularning aksariyati dorishunoslik  ilmiga ega bo‘lmaganlar, ya’ni farmatsevt bo‘lmagan. Shuning uchun dorixonalarga sog‘liqni saqlash muassasasi sifatida emas, balki tijorat muassasasi sifatida qaralgan. Usha davrda O‘zbekistonda 46 ta dorixona bo‘lgan,shulardan 29 tasi shaharlarda edi. Qishloq aholisi asosan dori-darmon xizmatidan chetda qolishgan.

Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent Tibbiyot institutining qoshida tashkil topgan. Dastlab institutda 10 ta mustaqil kafedralar faoliyat ko‘rsatgan, shulardan bittasi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi edi(1938y).Ijtimoiy fanlar kafedrasi avval marksizm-leninizm kafedrasi deb yuritilgan. Keyingi bir necha yil davomida kafedra turlicha nomlanib, uning tarkibidan boshqa kafedralar ajralib chiqdi. Kafedraga uzoq yillar davomida quyidagi mudirlar rahbarlik qilishgan, jumladan ,V.Ya.Yakovlev (1938-1939), V.S.Tishenko (1939-1940), I.Is’hakov (1940-1942), M.I.Peskova (1942-1952). Marya Ivanovna Peskova kafedrani  o‘n yil davomida boshqargan va ushbu yillar davomida kafedra a’zolari tomonidan bir necha nomzodlik dissertatsiyalar himoya qilingan. Ulardan,M.I.Peskova – falsafa fanlari nomzodi, A.K.Qodirov, ye.I.Sergeevlar tarix fanlari nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. 1953-1959 yillarda kafedra mudiri bo‘lib dotsent K.P.Grinko, 1959–1970 yillarda esa dotsent M.A.Abdullaev, 1970-1981 yillarda M.K.Qodirovlar ishlaganlar. 1981-1982 o‘quv yilida institutning  “Marksizm – leninizm asoslari” kafedrasi koshida ikki mustaqil kafedra, ya’ni falsafa  fanlari nomzodi, dotsent U.Sh.Shokirov boshchiligidagi “Falsafa va ilmiy kommunizm” va tarix fanlari nomzodi, dotsent X.D.Davidov rahbarligidagi “KPSS tarixi va siyosiy iqtisod” kafedralari tashkil topadi. 1981–1992 yillar mobaynida “Falsafa va ilmiy kommunizm” kafedrasida quyidagi dotsentlar A.Yunusxo‘jaev, L.Belova, K.O.Ofarinov, M.I.Shoinskaya, S.O.Otamurodovlar faoliyat ko‘rsatadilar. Ko‘p o‘tmay kafedraga Leningrad va Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetini bitirgan yosh mutaxassislar ishga qabul qilinadi. Keyinchalik ulardan O.V.Orlova va M.A.Abdurashidovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Olga Valentinovna Orlova (Mayorova) xozirgi vaqtgacha kafedrada samarali faoliyat yuritmoqda.1982 -1992 yillarda “Tarix va siyosiy iqtisod” kafedrasida dotsentlar N.Ya.Vasyanin, H.Ahmedov, iqtisod fanlari nomzodi katta o‘qituvchi X.M.Mamedov, Sh.Muzaffarovlar faoliyat ko‘rsatganlar va shu yillar davomida kafedrada bir qator salmoqli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan xamda doktorlik va nomzodlik dissertatsiyallar himoya qilingan, jumladan, 1987 yilda X.M.Mamedov iqtisodiyot fanlari doktori, O.V.Mayorova falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishdi.

1981–1991 yillarda dotsent X.A.Ahmedov, 1991–1996 yillarda i.f.d.,professor X.M.Mamedov kafedraga rahbarlik qilishgan.

Mustaqillik sharofati bilan kafedralar oldiga tubdan yangicha vazifalar qo‘yildi. Birinchi navbatda  talaba-yoshlar ongiga Vatan tarixi orqali vatanparvarlik tuyg‘ularini chuqur singdirish, mustaqillikning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish. Vatanni joni-tani, butun borlig‘i bilan sevish, Vatani bilan, Vatan farzandi bo‘lganligi bilan cheksiz faxrlanish, Vatani uchun, xalqi uchun kerak bo‘lsa jonini fido qilishga shay turish- buyuk insoniy fazilatdir.

1996 yildan o‘quv yuklamaning ko‘payishi va yangi fakultetlarning ochilishi munosabati bilan ikkita ijtimoiy kafedra tashkil topdi. Ular,”O‘zbekiston tarixi va iqtisodiy fanlar” kafedrasi (mudir– prof.X.M.Mamedov) hamda Falsafa kafedrasi (mudir–prof. B.G.Ziyomuxammadov). Mazkur davrda kafedra xodimlari, xususan B.G.Ziyomuxammadov “Ekologiya ma’naviyati”, “Ilm hikmati”, “Ma’rifat  asoslari”, “Pedagogika” nomli bir qator darslik va o‘quv qullanmalarni tayyorladilar. S.X.Qodirova hammualliflikda “Ma’naviyat asoslari” darsligini xamda “Milliy istiqlol g‘oyasi:asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan talabalar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etishgan. Ushbu davr mobaynida kafedra xodimlari tomonidan 20 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.

1999 yilda kafedrada pedagogik  yuklamalarning uzgarishi munosabati bilan institut rektorning 152- sonli buyrug‘iga binoan “ Falsafa” kafedrasi va uning qoshida “Iqtisodiyot fanlari kursi “ tashkil etildi.  Ushbu davr mobaynida kafedra o‘qituvchisi I.M.Shamsieva 1999 yilda tarix fanidan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedra xodimlari yagona ilmiy yo‘nalish ya’ni “O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy,  ma’rifiy taraqqiyotining dolzarb muammolari” mavzusida bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi,  .

Ijtimoiy fanlar kafedrasi 2001 yili iyun oyida institut Ilmiy Kengashi qarori bilan yanada mustaqil ikkita kafedraga ajraldi: “Falsafa va O‘zbekiston tarixi” (mudir dots.U.Sh.Shokirov)  va “Iqtisodiyot  va  demokratik  jamiyat  qurish nazariyasi fanlari” mudir prof.X.M.Mamedov).

2003–2004 o‘quv yilida “Falsafa va O‘zbekiston tarixi” kafedrasining katta o‘qituvchisi S.X.Qodirovaga vaqtincha mudir vazifasini bajarish topshiriladi. 2004 yilda institutda kafedralar sonini optimallashtirish  xamda kafedrada o‘qitiladigan fanlarning o‘quv soatlarining kayta qo‘rib chiqilishi munosabati bilan yagona kafedra tashkil topadi va u endi “Ijtimoiy fanlar” deb yuritilgan. Kafedraga i.f.d. professor X.M.Mamedov mudir etib tayinlandi.

 Ijtimoiy fanlar kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi kadrlar  tayyorlash Milliy dasturini xayotga tadbiq etishda tinmay mehnat qilib kelmoqdalar. Ijtimoiy fanlar kafedrasida o‘qitiladigan fanlar dasturi doirasiga kiritilgan  mavzular ijtimoiy hayotning juda ko‘p qirralarini qamrab olgan bo‘lib, O‘zbekistonning bugungi va ertangi kuni hamda kelajagi to‘g‘risida ma’lumotlarni beradi.

Mustaqillik tufayli boshlangan  buyuk  tarixiy taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay olg‘a rivojlanib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolar turgan edi. Ana shulardan biri milliy istiqlol mafkurasini yaratish, uni xalq  orasida jadal keng yoyishdan iborat. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani  orqali kishilarda milliy madaniyat, milliy ong, milliy g‘urur shakllanadi va rivojlanadi. Ijtimoiy fanlar kafedrasining professor-o‘qituvchilari bu borada samarali fidokorona mehnat qilib kelmoqdalar.

Milliy mafkuramiz g‘oyalarini talaba-yoshlar ongiga singdirish va amalga oshirishning eng muhim va zarur shartlaridan biri – Vatan tarixini chuqur va mukammal, uni qanday bo‘lsa, o‘shandayligicha xolisona o‘rganishni yo‘lga qo‘yish, buning uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyat va shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir. O‘zbekiston tarixi  nihoyatda boy va rang-barangdir. O‘lkamiz xududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri hisoblanib, bu yerda dunyo sivilizatsiyasidagi mahaliy xalqlarga xos tarixiy – madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgan. Shu bilan birga Vanimiz tarixini, uning ichki va tashqi siyosatini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlaridan keng foydalanib kelinmokda. Falsafa fani xam qadimiy fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi.   Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti  davomida yaratilgan  madaniyatning ajralmas qismidir. Hozirgi zamon falsafasi borliq, bilish,  ilmiy bilish, qadriyatlar, ma’naviyat, inson, shaxs, erkinlik kabi masalalarni xal qilishda yangicha fikrlash va uslublarga asoslanmoqda. Kafedrada shu vazifalarni amalga oshirishda bir qator falsafiy fanlar o‘qitilmoqda, ulardan, madaniyatshunoslik, ma’naviyat asoslari, dinshunoslik, sotsiologiya, magistratura yo‘nalishida  fanning falsafiy masalalari kabi fanlar o‘qitiladi.

O‘zbekistonda hozirgi paytda amalga oshirilayotgan islohatlarning maqsadi – umumjahon tan olgan  “O‘zbek modeli”ni barpo etish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini yaratish va eksport qilinadigan, jahon bozori talabiga javob beradigan raqobatbop mahsulotlar ishlab chiqarish, iqtisodiyotda bozor tizimlarini shakllantirish, soliq, moliya va pul, kredit siyosatini yanada takommillashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va bozor iqtisodini idrok etish. Ana shu vazifalarni bajarishda iktisodiy fanlarning o‘rni beqiyosdir. Ulardan, iqtisodiyot  nazariyasi, menejment, menejment asoslari, statistika va buxgalteriya hisobi, ta’lim menejmenti, tarmoq iqtisodi va menejment, soliq va soliqqa tortish fani va boshqalar. Istiqlol sharoitida odil demokratik jamiyat qurish vazifalarining ortib borishi kafedrada kuyidagi ijtimoiy-siyosiy fanlarni o‘qitishni taqqazo etmoqda, xususan, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Konstitutsiya asoslari, xuquqshunoslik, davlat va huquq  asoslari, tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari kabi fanlar.

Jahonda ro‘y berayotgan integratsiya va globallashuv jarayonlari chuqurlashib, barcha jabhalar qatori, Respublikamiz  ta’lim sohasini ham keng qamrab olib, pedagoglarimizning ta’lim berishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning interaktiv usullaridan keng foydalanishlari uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Kafedraning professor–o‘qituvchilari ta’lim jarayonida barcha fanlardan ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish – ta’lim oluvchilarga jahon andozalari darajasida bilim berish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga kafedrada quyidagi pedagogik fanlar o‘qitiladi: pedagogika, pedagogika va psixologiya, didaktika, yangi pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat kabi fanlar.

Undan tashqari istiqlol yillarida bir qator mahsus o‘quv kurslari tashkil etilgan.Ulardan, I.A.Karimovning ”Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi,O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari asari bo‘yicha, I.A.Karimovning ”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda  demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”   mavzusidagi ma’ruzasini o‘rganish bo‘yicha mahsus kurs, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMTBosh Assambleyasining  Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan oliy darajadagi yalpi majlisidagi nutqi buyicha mahsus kurs xamda I.A.Karimovning”O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari bo‘yicha mahsus kurs shular jumlasiga kiradi.

Kafedrada “Mustakillik darslarini”olib borish borasida katta tajriba orttirilgan. Yangi o‘quv  yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlanadi bu an’anaga aylangan . Kafedrada ushbu darslar bo‘yicha bir qator o‘quv qullanmalar chop etilgan. ”Mustaqillik darslari”  materiallari” Ahborot soatlari”da   keng targ‘ib etiladi. 2009-2010 o‘quv yilida kafedrani katta o‘qituvchi D.T.Sobirova boshqardi. 2009 yilda D.T.Sobirova pedagogika fanidan nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi.

Mustaqillik davrida quyidagi professor – o‘qituvchilar kafedraning nufuzi, salohiyatini oshirishda  fidokorona mehnat qilib kelgan va kelmoqdalar, ulardan: dots. U.Sh.Shokirov, prof.B.G.Ziyomuxammadov, prof.X.M.Mamedov, prof.N.M.Mamatov, dots.R.M.Nazarova, dots.S.X.Qodirova, dots.O.V.Mayorova, katta o‘qituvchilardan, T.E.Amirxamzaev, N.F.Salimsakova.F.M.Axmedova, G.F Xoshimova, Yu.B.Xusanbaeva,  D.F.Saidumarova, L.B.Sultanova, D.M.Abduraximova, D.Nazarova, Sh.N.Burnaev, o‘qituvchilar S.A.Bobojonova, N.B.Raxmonberdieva, B.X.Boltaeva, D.T.Sobirova, o‘qituvchilardan hozirgi kunda S.Yuldasheva, N.Yusupova, A.Tugalovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Yuqorida qayd etilgan fanlarni o‘qitishda quyidagi texnik xodimlar texnik yordam va moddiy shart-sharoitlarini yaratib kelmoqdalar, ulardan: Z.Normatova, M.Muxammadxo‘jaeva, I.B.Axmedova, G.A.Nazarova, O.Raxmonberdieva, F.Mahkamboeva D.Toxirovalar.

 Kafedra umumiy ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ishlarni davom etmoqda. Kafedraning katta o‘qituvchisi S.X.Qodirova “Ma’naviyat asoslari” darsligini chop etganligi hamda 70 oshiq maqola va tezislar  hamda bir qator o‘quv-uslubiy kullanmalar muallifi ekanligini inobatga olib, 2007 –2008 o‘quv yilida rektor buyrug‘i bilan dotsent lavozimi berildi. Kafedraning institut miqyosida ma’naviy- ma’rifiy  ishlar ni olib borish salmog‘i sezirarli. Masalan.dots.S.X.Qodirova institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, “Ahborot guruhi” rahbari, monitoring guruhi a’zosi, institut qoshidagi Akademik litsey bilan hamkorlik guruhining raisi, 2010 – 2011 o‘quv yillarida Ijtimoiy fanlar kafedrasining mudir vazifasini vaktincha bajarib kelgan. 2010-2011 o‘quv yilining ikkinchi semestrida kafedraga mudir etib tarix fanlari nomzodi I.M.Shamsieva tayinlandi.

Katta o‘qituvchi N.F.Salimsakova kafedraning o‘quv ishlarini olib bordi, institutning Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshligi, 2011-2012 o‘quv yilida Ijtimoiy fanlar kafedrasida  mudir vazifasini vaktincha bajardi. Katta o‘qituvchi F.M.Axmedova “Ibn Sino salomatlik markazining” boshlig‘i, Xotin-qizlar ko‘mitasi a’zosi, guruh  ustozi. Kafedraning barcha professor – o‘qituvchilari guruhlarga ustozlik qiladi.

Kafedrada bir qator fanlar magistratura yo‘nalishida olib boriladi, xususan, Ta’lim manejmenti (prof.X.M.Mamedov), Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar ( dots.S.X.Qodirova), Fanning falsafiy masalalari(dots.O.V.Mayorova), Pedagogik mahorat (dots.A.Kaldibekova)lar.

2011 -2012 o‘quv yilinin aprel oyidan boshlab Ijtimoiy fanlar kafedrasiga tanlov asosida i.f.n. K.K.Ismoilov mudir etib saylandi. Qisqa davr ichida kafedrada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi, xususan, kafedraning moddiy – texnik  ta’minoti izga tushirilmoqda, barcha o‘qitiladigan fanlardan institutda birinchilardan bo‘lib o‘quv- uslubiy majmualar yaratildi. Barcha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  I.A.Karimovning ”O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”asarini o‘qitish yaxshi yo‘lga qo‘yildi. K.K.Ismoilov  va kafedraning professor-o‘qituvchilari institut tomonidan tasdiqlangan rejaga asosida Mirobod tumanining bir necha mahallalarida ”Mustahkam oila”yiliga bag‘ishlangan suhbatlar olib borish ishlariga faol ishtirok etib kelmokdalar.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari talabalar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni olib borishiga katta e’tibor beradi, xususan.”Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi bilan hamkorlikda turli mavzularda  ma’ruzalar va suhbatlar, savol-javob kechalari muntazam o‘tkazilib kelinmokda. Kafedra “Temuriylar”, San’at, O‘zbekiston tarixi, ”Amaliy san’at”, ”Jasorat”, “Alisher Navoiy”, ”Katag‘on qurbonlari” muzeylariga talabalar bilan tashrif buyurishadi, qolaversa  ba’zi fanlarning ayrim mavzulari muzeylarda o‘tkazilmokda, masalan O‘zbekiston tarixi fanidan “Temur va temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligining  rivojlanishi” mavzusi “Temuriylar” muzeyida o‘tkaziladi.

2016-165    2016-167    2016-166    2016-168    25356

X.M.Mamedov                                S.X.Qodirova                        N.Salimsakova                     I.Shamsiyeva                     K.K. Ismailov

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • Farmatsiya (turlari boyicha);
  • Kasb ta’limi (farmatsiya);
  • Sanoat farmatsiyasi (turlari boyicha).
  • Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya);
  • Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi boyicha);

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • Dori vositalari va preparatlari texnologiyasi;
  • Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
  • Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
  • Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi;
  • Dorilarning sanoat texnologiyasi.

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • O‘zbekiston tarixi;
  • Kasbiy psixologiya;
  • Falsafa etika, estetika, mantiq;
  • Pedagogika nazariyasi, tarixi;
  • Soliq va soliqqa tortish;
  • Sotsiologiya;
  • Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiyot nazariyasi (sanoat farmatsiyasi);
  • Ishlab chiqarish menejmenti;
  • Pedagogika.Psixologiya;
  • Menejment asoslari;
  • Ta’lim texnologiyalari;
  • O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
  • Yosh davrlar psixologiyasi;
  • Kasbiy ta’lim metodikasi;
  • Pedagogik amaliyot;
  • Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar;
  • Kasbiy pedagogika;
  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi.

Magistratura

  • Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi;
  • Pedagogik texnologiyalar va maxorat.

Kafedra professor o’qituvchilari:

F.I.SH. Lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni
1. Ismailov Kamolatdin Kurultayevich Kafedra mudiri,i.f.n.dots
2. Mamedov Xusan Mamedovich Professor i.f.d
3. Ramatov Jumaniyoz Sultonovich Professor
4. Abdullaeva Feruza Ayubovna b.f.n. katta o‘qituvchi
5. Salimsaqova Nilufar Salixovna Katta o‘qituvchi
6. Abdurahimova Dilnoza Magrifovna Katta o‘qituvchi
7. Axmedova Feruza Medetovna Katta o‘qituvchi
8. Xoshimova Go’zal Fatxullayevna Katta o‘qituvchi
9. Xusanboeva Yulduz Baxtiyorovna Katta o‘qituvchi
10. Sultonova Lola Batirovna Katta o‘qituvchi
11. Yuldasheva Saodat Mamasaxatovna Katta o‘qituvchi
12. Yusupova Nigora Erkinovna Katta o‘qituvchi
13. Boltaeva Barnoxon Xamidjonovna Katta o‘qituvchi
14. Tugalov Axmad Xatamovich O‘qituvchi
15. Axmedov Javoxir Jamolovich O‘qituvchi
16. Abduvaliyeva Mumtoz Asilbekovna O‘qituvchi
17. Nazarova Dilbar Muxayminovna Kabinet mudiri

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari vailmiy izlanuvchilarining chop yetilgan maqolalar ro‘yhati:

 

02.10.2017, 14:16   916