Monitoring va ichki nazorat bo’limi

Chulpanov Komiljan Aminjanovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

(871) 256-32-46

Veb-sayt:

Toshkent farmatsevtika instituti ichki nazorat va monitoring bo‘limi 2000-yil yanvar oyida tashkil etilgan bo‘lib, oldin ichki nazorat inspeksiyasi, 2001-yildan esa ichki nazorat va monitoring bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bo‘lim tashkil etilgandan beri uning rahbari lavozimida kimyo fanlari doktori, professor A.K.Karimov, farmatsevtika fanlari doktori, professor F.F.O‘rmonova, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent V.N.Abdullabekova, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.Q.G‘aniyev, 2012 -2015 yillar farmatsevtika fanlari doktori, dotsent Y.S.Kariyeva, 2015-2018 yillar farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.Q.G‘aniyev, 2018 yil A.T.Sharipov. 2018 yil sentyabr oyidan K.A.Cho’lponov faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasi ichki nazorat va kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ichki nazorat va monitoring bo‘limi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’limga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • monitoring tizimini ishlab chiqish hamda kadrlash tayyorlash, institut professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifati ustidan nazorat qilish;
  • ta’lim standartlari monitoringini o‘tkazishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • institutda o‘qitishning holati va taraqqiy etishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ib, doimiy ravishda uni to‘ldirish;
  • o‘quv jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha analitik materiallar hamda takliflarni tayyorlash;
  • ijro intizomi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda uni yaxshilash bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • institut alohida bo‘limlarining ilg‘or tajribalarini o‘rganib, umumlashtirish va uni targ‘ib qilish;
  • reyting tizimi asosida professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash usullarini tadbiq qilishda yordam berish.

Ichki nazorat va monitoring guruhi tarkibiga quyidagi professor-o‘qituvchilar kiradi:

  1. M.B.Mavlyanova –  Standartlash va sifat menedjmenti kafedrasi dotsenti;
  2. D.A.Zulfiqorieva – Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti;
  3. B.I.Muxamedova – Analitik kimyo kafedrasi dotsent;
  4. N.A.Yunusxo‘jaeva – Farmetsevtik kimyo kafedrasi dotsent ;
  5. S.T.Sharipova – DVST kafedrasi katta o‘qituvchisi;
  6. N.T.Zaripova – Farmetsevtik kimyo kafedrasi dotsent;
  7. X.I.Abduraxmonov – Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti;

Toshkent farmatsevtika instituti 2018-2019 o‘quv yili davomida Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar haqida tahliliy axborot.

13.03.2019, 16:32   2119