Xodimlar bo’limi

Xodimlar   bo‘limi   Toshkent   farmatsevtika   institutining   yagona kadrlar siyosatini shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlovchi,  professor-o‘qituvchilar va xodimlar  kontingenti bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtiruvchi mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan hamjixatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini boshqarishning asosiy vazifasi – ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi xal etilishi uchun javob beradi

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– xodimlar bilan ishlashda yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlarga doir xujjatlarni yagona tizimga keltirish, xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish;

– institut tuzilishi va shtati yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

– xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;

– institut xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy – ruhiy muhitni saqlab turish yuzasidan takliflar kiritish;

– xodimlarning shaxsiy xujjatlarini butligini ta’minlash va ularni institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan “Xodimlarning shaxsiy xujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish, yuritish va saqlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” talablariga rioya etish.

Bo‘lim o‘z ishini institut rektori tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida tashkil etadi. Bo‘limning tuzilishi va shtatlar soni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Bo‘limga institut rektori tomonidan tayinlangan boshliq rahbarlik qiladi. Bo‘lim xodimlarining xizmat vazifalari doirasi bo‘lim boshlig‘i tomonidan bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda  lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq belgilanadi.

19.04.2016, 10:08   641