Farmatsiya kafedrasi

G'aniyev Abdumo'min Qaxxorovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri, bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kun

Tel.:

(0 371) 256-37-60

Veb-sayt:

 

2005 yil sentyabr oyidan boshlab institut rektorining 2005 yil 17 fevraldagi 109-sonli buyrug’i bilan fakultet qoshida «Farmatsiya» kafedrasi tashkil etildi va unga dotsent A. Komilov mudir etib tayinlandi. “Farmatsiya” kafedrasiga 2005-2009 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.M.Komilov, 2009-2011 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.K.G’aniev, 2011-2012 yillarda farmatsevtika fanlari doktori, proffessor M.M.Miralimov, 2012-2015 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent  U.J.Akromov va 2015 yil iyuldan hozirgi kungacha farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.Q.G’aniev rahbarlik qilib kelmoqda.

2016-203

Kafedrada tasdiqlangan dasturlar asosida farmatsevtika ishini tashkil qilish, dori turlari texnologiyasi, farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmakologiya, mikrobiologiya va toksikologik kimyo fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. O’quv jarayonida komp`yuter dasturini qo’llashga katta e’tibor beriladi. Shu maqsadda o’quv qo’llanmalari va elektron darsliklar yaratilgan. Amaliyotga masofadan o’qitish usuli tatbiq qilinmoqda.Buning uchun Internet tarmog’ida www.farmasevt.uz masofaviy ta’lim sayti ishga tushirilgan. Farmatsevtlar malakasini oshirish fakul`teti tomonidan amaliyotda qo’llanilayotgan «Masofaviy ta`lim» uslubi respublika farmatsevtlari tomonidan ijobiy qabul qilinib, ularni malaka oshirish muntazamligini ta`minlash bilan birga » Internet» tizimi orqali dunyo farmatsevtika bozori yangiliklari bilan tanishishga imkon yaratib bermoqda.

2016-204

Masofaviy ta’lim o’quv dasturi o’z ichiga ma’ruza matnlarini, laboratoriya – amaliy mashg’ulotlarini mustaqil tayyorlanish uchun uslubiy ko’rsatmalarni, test savollarini olgan. Farmatsevtlar malakasini oshirish fakul`teti tinglovchilari o’quv-uslubiy materiallari bilan yetarli darajada ta’minlangan. Foydalanilayotgan darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, farmatsevtika faoliyatiga oid qonun xujjatlari, O’zR SSV buyruqlari, turli ma’lumotnomalar to’plamlari DVD (15ta) va CD (47ta) disklaridan yozilgan ma’ruza matnlari axborot resurslari markazi (kutubxona), shuningdek institut va kafedra elektron kutubxonalarida taqdim etiladi.

Hozirgi kunda Farmatsiya kafedrasida farmatsevtika fanlari doktori, professor X.S.Zaynutdinov, farmatsevtika fanlari doktori, professor M.A.Tojiyev, tibbiyot fanlari doktori, professor Z.Salixodjayev, farmatsevtika fanlari doktori, professor I.K.Azizov, tibbiyot fanlari doktori, dotsent S.A.Saidov, farmatsevtika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Q.G’aniev, A.M.Tuxtaeva, U.J.Akramov, G.M.Ismoilova, M.Ya.Ibragimova, M.Z.Islomova, Sh.T.Salyamova, N.A.Abduraxmonova, X.K.Bekchanov, U.X.Usmonov, E.A.Nazarov, farmatsevtika fanlari nomzodlari G.X.Zufarova va N.T.Esonova, tibbiyot fanlari nomzodi M.Tursunova faoliyat olib bormoqdalar.

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Farmatsiya kafedrasida ilmiy izlanishlar quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda:

  • Dorivor o’simliklar asosida mahalliy dori vositalari va ozuqaga biofaol

qo’shimchalar tarkibini ishlab chiqish va standartlash;

  • Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmakoiqtisodiyot;
  • Dori vositalarining toksikologik taxlil usullarini ishlab chiqish;
  • Dori vositalari texnologiyasi va sifat nazorati usullarini takomillashtirish.

Shu maqsadda kafedradagi kompyuter sinfi, dori turlari texnologiyasi va farmakognoziya fanlaridan mashg’ulot o’tkaziladigan qo’shimcha auditoriyalar jihozlanib, ilmiy izlanishlar olib borish sharoitlari yaxshilandi. Kafedrada joriy yilda asosan dori vositalari ta’minoti, mahalliy xom-ashyolar asosida dori vositalarini olish, dorivor o’simliklarni kimyoviy tarkibini o’rganish va ulardan dori vositalari yaratish, amaliyotdagi turli dori vositalarining farmakologik xossalarini o’rganish kabi yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borildi.

Кafedrada “Flegmen” suyuq ekstrakti dori vositasiga VFM loyihasi ishlab chiqilib, DVTTSNQ BB ga topshirildi (A.Q.G’aniev, Z.E.Sidametova). ilmiy izlanishlar natijalari asosida “Balg’am ko’chiruvchi vosita tarkibi” nomli ixtiro uchun № IAP 2015 0259 talabnoma  berildi (G’aniev A.Q., Shodmonova SH.N.). Shuningdek, kafedra professori M.A. Tojiev tomonidan tibbiyot amaliyotida keng qo’llanib kelinayotgan antidepressant dori vositalaridan biri venlaflaksin (dimetilamino-1-metil oksifenil-etil siklogeksanol) gidroxloridni noto’g’ri qo’llash oqibatida zaharlanish holatlari kuzatilayotganligini inobatga olib  venlaflaksinni biologik ob’ektlardan ajratib olib xromatospektrofotometrik usullarini ishlab chiqish borasida ilmiy izlanishlar olib borildi.

Yurak ishemik kasalliklarida qo’llaniladigan dori vositalaridan oqilona foydalanish borasida kafedra dotsenti Akromov U.J. tomonidan Respublika ilmiy kardiologiya markazining (RIKM) Kardioreanimatsiya va shoshilinch kardiologiya bo’limlari va dorixonasi bilan hamkorlikda ish olib borish yo’lga qo’yildi va stenokardiyada qo’llaniladigan dori vositalarining assortimenti taxlil qilindi. Farmatsevtika tizimidagi qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanmasini mamlakatlar va farmakoterapevtik guruxlar kesimida taxlili ustida kafedra dotsenti SH.T. Salyamova ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

Dotsent A.M. To’xtaeva tomonidan “Dermatit kasalligida dori vositalaridan oqilona foydalanish” mavzusida izlanishlar olib borilib, kasallikni “Qiymat samaradorligi” usuli bilan tahlili, ikki yoki undan ortiq davolash usuli qiymati taqqoslandi, shuningdek bevosita tibbiy bo’lmagan harajatlar aniqlanib, kasallikni klinik iqtisodiy tahlili amalga oshirildi. Kafedra dotsenti X.K.Bekchanov tomonidan hozirgi kunda keng tarqalgan kasalliklardan biri – xomilador ayollarda temir tanqisligi bilan bog’liq anemiya kasalligini davolashda ishlatiladigan dori turlarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.  Mumiyo va feramid substantsiyalaridan iborat aralashmadan “Mumifer” kapsula dori turini in vitro biofarmatsevtik nuqtai nazardan baxolash o’tkazilmoqda.

Shifoxona dorixonasini kadrlar bilan ta’minlash muammolari yuzasidan katta o’qituvchi M.Z.Islamova ilmiy izlanishlar olib bordi. Meda yarasi kasalligida tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan pushti baxmalgul o’simligini resursshinoslik jixatidan  katta o’qituvchi N.T.Esonova tomonidan ilmiy izlanishlar olib borildi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar (elektron doska, videoproektor, mul`timediya ko’rsatish) asosida olib borilmoqda.

Akademik litsey va tibbiyot kollejlari bazalarida pedagogik mahoratni oshirish maqsadida “Master klass” bo’yicha seminarlar yo’lga qo’yilgan. Ularga laboratoriya ishlari uchun reaktivlar, gerbariy materiallari, o’quv darsliklar va uslubiy qo’llanmalar yetkazib berish orqali uslubiy yordam ko’rsatib kelinmoqda. Jumladan, 2015 yil davomida Navoiy, Surxondaryo, Farg’ona, Samarqand viloyatlarining tibbiyot kollejlarida FMOFda faoliyat ko’rsatib kelayotgan professor-o’qituvchilar tomonidan “master klass” seminarlari o’tkazildi va uslubiy yordam berildi.

FMOFda ko’chma-masofaviy uslubdagi masofadan o’qitish maqsadida Internet tizimida farmasevt.uz  sayti yaratilgan. Masofaviy ta’limni yanada rivojlantirib, tinglovchilar bilan ON-Line, video-CHAT orqali mashg’ulotlar olib borish ko’zda tutilgan.

.

Ixtiro uchun berilgan talabnomalar, ijobiy qarorlar, ixtirolarga olingan patentlar ro‘yxati:

T/r Mualliflar Ixtiro nomi va talabnoma raqami Patent raqami, ijobiy xulosa olingan muddat
1. G‘aniev A.Q., Shodmonova SH.N. “Balg‘am ko‘chiruvchi vosita tarkibi” Talabnoma

№ IAP 2015 0259

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro‘yhati:  

 

 

 

10.05.2016, 10:10   375