Farmatsiya fakulteti

Nurmuxamedov Aziz Abdijalilovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Dotsent

Lavozimi:

Fakultet dekani

Qabul vaqti:

Har kuni (09:00-17:00)

Tel.:

(0371) 256-39-34

Veb-sayt:

 

Farmatsiya fakulteti dekan muovinlari:

 

far_dek

 

Toshkеnt Farmatsеvtika instituti 1937 yilda Toshkеnt Tibbiyot instituti bazasida tashkil etildi. Shu yili institutga 50 nafar talaba oqishga qabul qilindi. Talabalarga Toshkеnt tibbiyot instituti kafеdralarining profеssor-oqituvchilari dars bеrdilar. 1945 yilgacha fakultеtda alohida dеkanat faoliyat korsatmagan. 1945 yildan boshlab mazkur fakultеtga I.I. Ivеnskiy rahbarlik qila boshladi.

Kеyinchalik fakultеt dеkani sifatida Tolagan Abrolov va Alеksandra Nikolaеvna Tatarеnko faoliyat ko’rsatgan. Keyingi yillarda quyidagi professor-o’qituvchilar fakultet dekani lavozimida ishlaganlar:

1953-1959 yillar  – farmatsevtika fanlari nomzodi H.X Xolmatov;

1959-1976 yillar  – farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.YU. Ibodov;

1976-1978 yillar  – farmatsevtika fanlari nomzodi E.R.Toshmuhamedov;

1978-1981 yillar  – farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.YU. Ibodov;

1981-1989 yillar  – dotsent O’.A.Axmedov;

1989-1990 yillar  – dotsent A.H.Halimov

1990-1991 yillar  – kimyo fanlari doktori X.R.Rahmatullaev

1991-1995 yillar  – dotsent H.K.Jalilov

1995-1999 yillar  – kimyo fanlari nomzodi N.Q.Olimov

1999-1999 yillar  – farmatsevtika fanlari doktori H.M.Komilov

1999-2000 yillar  – farmatsevtika fanlari doktori O’.A.Axmedov

2000-2001 yillar  – kimyo fanlari doktori, professor O.A.Shobilolov

2001-2003 yillar  – farmatsevtika fanlari nomzodi Z.A.Yuldashev

2003-2005 yillar  – farmatsiya fanlari nomzodi, dotsent A.H.Halimov

2005-2007 yillar  – dotsent Z.Osmonov

2007-2012 yillar  – farmatsevtika fanlari doktori Z.A.Yuldashev

2012-2015 yillar  – farmatsevtika fanlari nomzodi A.Q.G’aniev

2015 y. h.v.       – qishloq xo’jalik fanlari nomzodi A.A.Nurmuxamedov

Farmatsiya fakulteti institutning nufuzli fakulteti bo’lib, uning tarkibida sakkizta kafedra, Axborot texnologiyalari markazi, Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi, video-audio markazi va axborot-resurs markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Bu yil fakultetda 1057 dan ortiq talaba va 33 ta magistratura talabalari tahsil olmoqda. Talabalarga farmatsevtika sohasining yetuk olimlari fan doktori-professorlar, fan nomzodlari-dotsentlar va yuqori malakali katta o’qituvchilar dars berishmoqda.

Professor-o’qituvchilar olib borgan izlanishlarning natijalari nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalarida, xalqaro anjumanlarda va Respublikamizda chop etiladigan qator jurnallarda, jumladan, “Farmatsevtika jurnali”da muntazam chop etib kelinadi. Ilmiy-pedagogik xodimlar muntazam ravishda o’z malakalarini oshirib boradilar. Ular ta’lim berishning ilg’or pedagogik  usullarini doimo o’quv jarayoniga tatbiq etishlari natijasida fakultetda ta’lim olayotgan talabalarning bilim saviyasi sezilarli darajada ijobiy tomonga o’zgarib bormoqda.

2016-163     2016-164

Farmatsiya fakultetida fakultet Ilmiy kengashi faoliyat ko’rsatadi. Kengashga kafedra mudirlari, institut jamoat tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislar jalb etilgan. Kengash faoliyati fakultet oldida turgan dolzarb muammolarni yechishda muhim o’rin tutadi. Farmatsiya fakultetida tahsil olgan talabalar farmatsiya sohasining turli jabhalarida va kimyo tahlil laboratoriyalarida mehnat qiladilar. Talabalarga bilim berish hozirgi zamon ilg’or pedagogik texnologiyalari asosida olib borilmoqda. O’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha axborot-resurs markazida yetarli miqdorda ma’ruza matnlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar mavjud. Fakultet kafedralarida talabalarning tajribalar o’tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu jumladan, iqtidorli talabalar bilan alohida dastur asosida ish olib borilmoqda.

Talabalarimiz davlatimiz tomonidan ta’sis etilgan turli Davlat stipendiyalariga sazovor bo’lmoqdalar. Jumladan 2015-2016 o’quv yili 5 kurs 4-guruh talabasi Axmadova Gulirano “Ibn Sino” nomidagi Davlat stipendiyasini olishga muvaffaq bo’ldi.

Bundan tashqari 5 nafar talabalar institutimizda maxsus ta’sis etilgan “Dori-darmon” AK stipendiyalarini olishdi. Bular:

       F.I.O.                                         Yo’nalish, kurs, guruh

  1.    Turayeva Sadoqat          Kasbiy ta’lim yo’nalishi 2 kurs  2/1 guruh
  2.    Fazliyev Sunnatillo        Farmatsiya yo’nalishi  2 kurs  6/1 guruh
  3.    Dilmurodova Zarifa       Kasbiy ta’lim yo’nalishi 3 kurs  2/1 guruh
  4.    Abdullayeva Aziza          Farmatsiya yo’nalishi  3 kurs  3/2 guruh
  5.    Boboyev Zufar                 Farmatsiya yo’nalishi  4 kurs  9/2 guruh

 

“Professor Mannon Azizov” nomli stipendiyalarni 5 nafar talabalar olishdi bular:

       F.I.O.                                                    Yo’nalish, kurs, guruh

  1.    Norqulova Gulhayo                   Kasbiy ta’lim yo’nalishi 3 kurs  2/1 guruh
  2.    Fayzullayeva Shaxodat             Kasbiy ta’lim yo’nalishi 2 kurs  1/1 guruh

 

Talabalarimiz olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalari bilan Xalqaro anjumanlarda ishtirok etib yuqori o’rinlarni egallab kelishmoqda. Ular o’quv, ishlab chiqarish amaliyotlarini shahar korxonalarida va Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanida joylashgan “Dorishunos” o’quv amaliyot bazasida o’tkazadilar.

Farmatsiya fakul`tetida 4 ta yo’nalish mavjud bo’lib, ular quyidagilardan tashkil topgan:

1. 5510500-Farmatsiya turlari bo’yicha:

  • Dorixona ishi;
  • Klinik farmatsiya;
  • Farmatsevtik tahlil.

2. 5111000- Kasb ta’lim (5110500-farmatsiya);

2015-2016 o’quv yilida 3 ta mutaxassislik bo’yicha magistraturada taxsil olishga 18 nafar talaba o’qishga  qabul qilingan bo’lib, xozirgi kunda fakultetda jami 33 nafar talaba magistraturada tahsil olmoqda.

  1. 5A510501- Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
  2. 5A320406- Dori vositalari va preparatlari texnologiyasi.
  3. 5A510502- Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish

Farmatsiya fakulteti qoshida Sanoat farmatsiyasi va kosmetsevtika yo’nalishlari bitiruvchilarini qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tashkil qilingan. 2015-2016 o’quv yilada qayta tayyorlash bo’yicha 66 nafar tinglovchi qabul qilindi.

22.02.2017, 13:58   604