Farmatsevtika muzeyi

Burnayev Shamil Nazimovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Muzey direktori

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

E-pochta:

Veb-sayt:

“Abu Ali ibn Sino nomidagi Toshkent farmasevtika institut tarixi” muzeyi (№ 01-11-09-120 20 aprel 2011 yilda O‘zR Madaniyat va sport ishlari vazirligida ro‘yxatga olingan) Toshkent farmasevtika muzeyi deb nomlangan, 2007 yil 17 oktabrda tashkil topgan, 2009 yilda  qayta ta’mirlagan. 1980 yilda O‘zbekistonda 150-chi apteka qoshidagi Ibn Sinoning 1000 yilliga bagishlangan “O‘zbekiston farmatsiya muzey ko‘rgazmasi” degan nom bilan tashkil topgan. Uning ilk rahbari Igor Lvovich Suskever edi.

Muzey – ko‘rgazmaning birinchi ekspoziyasi Toshkent shahrining markaziy dorixona binosida tashkil topdi. U o‘z ichiga “qadimiy davr”ni olib, zallardan bittasi Abu Ali Ibn Sinoning tug‘ilganiga 1000 yil to‘lishini nishonlashga, bitta zal “xozirgi zamondagi rivojlanish”ga, xamda bittadan zal “Farmzavod” va “Farminstitut”larga bag‘ishlangan. Muzeyning rasmiy ochilishi 1980 yilning 12 sentabr kuni sodir buldi” (O‘zbekiston farmatsiya muzey ko‘rgazmasi” kitobi).

2006 yil sentabrdan muzey ishlariga mas’ullik Burnaev Shamil Nazimovichga berildi.

Muzeyda professor-o‘qituvchilarning darslik kitoblari, mualliflik guvohnomalari, patentlar, institut olimlari tomonidan yaratilgan dorilar namunalari,namuna sifatida ko‘rsatilgan.

MITL xodimlari tomonidan 25ta mualliflik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiya patentlari olingan hamda 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Shuningdek, muzeyda institut rahbarlari haqida stend ham bor. Bu stenda 18ta direktor-rektorlar fotosuratidan 16 fotosurat bor. Birinchi direktor Eduard Yurevich Shurpega (21.07.1937-30.09.1937) Toshkent farmasevtika institutining professor-o‘qituvchilarining jamosini tashkil etish, laboratoriyani anjomlar bilan jihozlash, 62-63 talaba (50taning o‘rniga) o‘qishga olindi. To‘raqulov Yolqin Xolmatovich 22 yoshda aspiranturada o‘qigan paytda direktor lavozimiga ikki marta taylanganlar (25.09.1939-26.06.1941; 1.04.1944-5.12.1944). Ular 1941 y. nomzodlik dissertatsiya himoya qilib bo‘lgandan keyin 2-jahon urishi boshlangan va ularni frontga yuborishgan, yarador bo‘lgandan keyin yana institut direktor lavozimiga qaytganlar. Qizlari Feruza Yolkinovna G‘ulomova otalari haqida kitob yozganlar: “Moy otes Yalkin Turakulov”. Ular haqida xujjatli film ham bor. Sohibov Damin Nazirovich (6.12.1944-13.05.1953 yil) ilon zaxari bilan shug‘ullangan. Ularning davrida urishdan qaytib kelgan bitiruvchilar haqiqiy diplom olganlar. Azizov Mannon Azizovich (1957 y. fevral – 22 iyul 1970 yilgacha) ular Toshfarminstitutining yangi binosini qurishda ko‘p hissa qo‘shganlar hamda muammo ilmiy tekshirish laboratoriyasini tashkil qilganlar. Xolmatov Xamid Xolmatovich (23 iyun 1970-10 fevral 1985 y.), ular yangi o‘quv binosini qabul qilganlar va talabalar uchun ko‘p darsliklar yaratganlar. Zokirov O‘zuv Boqievich (15 mart 1985 y. iyul – 22 may 1988 yil). Zokirov davrida fan nomzodi assistent lavizimidan dotsent lavozimlariga ko‘tarilganlar. Toshmuhamedov Erkin Raximovich (vaktincha 1988 y. 23 may, 1989 yil 25 yanvardan to 1991 yilgacha rektor bo‘lganlar. Ular O‘zbekistondagi farmatsiya tarixini yoritdilar. 1991 yil 22 iyuldan to 10 noyabr 2000 yilgacha Sa’dulla Iskandarov tayinlandi. Institutda 2ta yangi biotexnologiya va agroekologiya ixtisosliklari bo‘yicha yo‘nalishlar ochildi. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha ixtisoslashgan kengash, kompyuter markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2001 yil 30 martdagi 124-sonli buyrug‘i bilan Toshfarmi instituti rektori etib Axmadxo‘ja Nig‘manovich Yunusxo‘jaev tayinlandi. Ular ko‘p kadrlar chiqazish bilan band edilar.

1992 yildan boshlab institut “Kimyo va farmatsiya” jurnali nashr qilina boshlandi. Muzeyda antikvar (eski) jurnallar bor, shu jumladan: 1883 y. “Farmasevtika” jurnali; 1917 y. “Farmasevt” jurnali; 1928 y., “Kimyo-farmasevtik” jurnali; 1968 y. “Farmatsiya” jurnali; farmakognoziya fani bo‘yicha darsliklar 1911, 1900; N.K.Ginter farmatsiya magistrining “Farmakognoziya va farmasevtik botanikasi”ning qisqacha darsligi 1899 y. Sankt-Peterburg shahrida nashir etilgan; N.V.Vershininaning “Farmakologiya”, Tomsk, 1933 y.. Alohida burchak bor, shu institutni tugatib, rektor lavozimida ishlaganlar: V.N.Bernshteyn, X.H.Xolmatov, E.Toshmuhamedov, S.Iskandarov, A.N.Yunusxo‘jaev. Akademik litseyning ochilishi va uning birinchi direktori Osmonov haqida ma’lumotlar bor. Bir nechta tugatuvchilarning albomlari bor (I-II va XXX tugatuvchilar). Apteka tarmoqlari O‘zbekistonning frmasevtlarning I s’ezdi (yig‘ilishi), “Anatomiya va fiziologiya” kafedrasi, “Toksikologiya” kafedrasining albomlari, talablarining konferensiya (anjumani) dasturlari (56-62 sonlari), yosh olimlarning avtoreferatlari, fan doktorlarning avtoreferatlari: M.A.Azizov, S.Maxkamov, T.Po‘latovning. Ba’zi professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalari disk va videoda tavsvirlangan. Har hil fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning darslik kitoblarining elektron versiyasi namoyishi qilingan. Talaba Avez Sharipov (u Buxoradagi Afshona qishlog‘ida yaqin joyda tug‘ilgan) Samarqandda “Talabalar bahori” 2008 yil konkursida I o‘rin oldi va 150 ning mukofot pulini ham “Oltin gugurtni yangicha olish usullari” haqida mavzu bo‘yicha.

Movaraunnahrdagi buyuk olimlarning Xorazmiydan to A.Navoiygacha tasvirli medalonlarning komplektlari namoyish etilgan.

Shuni aytish lozimki, Toshkent farmasevtika institut Toshkent tibbiyot institutidagi kafedlar orasida Sog‘liqni saqlash halq komissari Abdullaevning 1937 yil 16 iyuldagi 155 sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Urishga ketgan direktorlar va talabalar: Yo.X.Turaqulov, K.X.Tagirov, D.Sohibov, R.N.Raximov; G‘.M.Burnaev, K.Stepanova va boshqalar. Yukorida Qadimgi Misr, Yunon va Rimda qanday dori tayyorlangani saxivlari namoyish etilgan. Qadimgi Misrda, Yunonistonda, Rimda va Xitoyda hamda Hindistonda odamlarni davolash uchun ilon zahari ishlatilgan, chunki undan zaharga qarshi dori tayyorlashgan. Padui aptekachilar (dorishunoslar) “ilonni idish bilan birga yagona emblema sifatida keltirish” g‘oyasini olga surganlar” (E.D.Gribanov).. Paraselsni fikriy bo‘yicha, “siz bilasizmi zahar bu nima? Hamma narsa zahar, hech nima zahardan xolis emas va hamma narsa dori.  Faqat bir miqdorida u narsa yo zahar yoki dori

Chor Rossiyaning davrida O‘zbekistonda yevropachi aptekalar tashkil etildi va birinchi shahardagi aptekasining rahbari qilib Ieronim Krauze bo‘lgan. Bu apteka mahaliy aholiga dorilarni retsept bo‘yicha tekinga bergan. 1880 yilda Toshkentda birinchi xususiy apteka ochadi va unga rahbarlik qiladi. Vokzal yonida 1912 yilda provizor L.N.Siperson o‘zining aptekasini ochgan va uning kirish eshigining fotosurati bor. Krauzening aptekasini Kabilinskiy sotib olgan. Moskvada bo‘lgan 1927 yildagi fotosuratda apteka xodimlarning delegatsiyasi Umumittifoq s’ezida (yig‘ilishda) qatnashkanlari haqida tasvir bor; 1938 yilda Qo‘qonda Farg‘ona vodiysidagi aptekachilarning s’ezdi (yig‘ilishi) o‘tkazilgani haqida fotohujjat mavjud. O‘zbekistan dorixonalar tarmoqlarini tashkil qilgan odamlarining fototasviri kelterilgan hamda Toshfarminstitutining tashkilotchilarning fotoportretlari mavjud. 1911 y. Urganch bozorida tabiblar dorilar sotib o‘tirgani haqidagi fotohujjat keltirilgan; tabiblarning dori qilish uchun ishlatgan idishlari va 22 ta dorivor o‘simliklarning gerbariyasi ham mavjud. Odamlarni eski har hil usullar asosida davolash yo‘li ko‘rsatib berilgan – duo va kinna bilan (kinna orqali yovuz ruhlarni haydashgan). Muzeyda hozirgi davrdagi tabiblarning kitoblari hamda “Sharq tabobati” jurnali va O‘zbekistondagi birinchi farmasevt Musaxon Mirazimovich Mirazimov – Musa Mo‘ylov-haqida maqola bor. I.I.Ibragimov 1931-1932 yillarda davlat dorixonalar boshqarmasining boshliqlaridan biri deb hisoblangan. O‘zbekistondagi kimyo farmzavodining birinchi direktori S.I.Islambekov bo‘lgan. Hozir zavod uning nomi bilan nomlagan.

Muzeyda mualliflik guvohnomalar, patentlar, dorilarning namunalari, professor- o‘qituvchilarning darsliklari namoyish etirgan. Birinchi bitiruvchilarning fotovinetkasi bor. Ulardan Yelena Anatolevna Kazanovskaya (Puchinyan) 1917 yilda tug‘ilgan, institutga 1937 yil kirgan va uning 1941 yilda tugatgan, keyin 1942 yildan boshlab to 1978 yilgacha shu institutda ishlaganlar hamda kimyo fanidan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganlar. Ularning kursdoshi G‘oyaz Muxtarovich Burnaev institutni tugatib frontga ketganlar, katta leytenant bo‘lib va “Kizil Yulduz” ordeni bilan qaytib diplom olganlar 1945 yilda, keyin Buxoradagi Kogon shahrida 1950 yilgacha apteka mudiri, keyin Buxoradagi aptekalar boshqarmasida 1955 yilgacha, undan keyin 1960 yildan boshlab Toshkentdagi Pushkin ko‘chasidagi №7-soni dorixonasining mudiri sifatida (qazo kilgancha) 1976 yilgacha ishlaganlar. Klavdiya Stepanova urishdan ko‘kragi to‘la orden va medallar bilan qaytgan. Muzeyda oq podsho Aleksandr III ning farmoniga asoslanib 1892 yilda Aleksandr Fillipovich Kaplanga provizor bo‘lib apteka ochishga ruxsat berilgan. Muzeyda ularning okasi Georgiy Fillipovich Kaplanni fotosurati bor. Ular Toshfarmi institutida daryo o‘tganlar (1941 yildagi fotovinetka). Muzeyda Sobirov Radjab Sobirovichning yozgan risolari va doktorlik ma’ruzalari bor. Toshkent viloyatining apteka boshqarmasining boshlig‘i Oripov Nig‘mat aka haqida xujjatlar mavjud. Xudoyberdiev Umarboy aka Toshfarm institutini tugatib aptekada ishlaganlar, lekin keyin ular yadro fizika institutida laboratoriyasida ishlab texnika fanlari doktori bo‘lganlar. Muzeyda Samarqand, Buxoro, Andijon viloyat apteka rahbarlari va boshqalar tomonidan, masalan magistrlar, o‘qituvchilar berilgan sovg‘alar mavjud – bu ko‘zalar, gilamlar va hokazo. Ibn Sinoning byusti mavjud, xullas muzeyda hammani qiziqtirib ko‘yadigan eksponatlar bor. Xush kelibsiz muzeyga!

27.10.2018, 15:26   273