Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsevtik texnologiya kafedrasi

Iskandarova Shohista Fexruzovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktori, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba-Juma (09:00-16:00)

Tel.:

(0 371)

Veb-sayt:

Kafedra tarixi

2005 yil sentyabr oyidan boshlab institut rektorining 2005 yil 17 fevraldagi 109-sonli buyrug’i bilan fakultet qoshida “Farmatsiya” kafedrasi tashkil etildi va unga dotsent A.M. Komilov mudir etib tayinlandi. “Farmatsiya” kafedrasiga 2005-2009 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.M.Komilov, 2009-2011 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.K.G’aniev, 2011-2012 yillarda farmatsevtika fanlari doktori, proffessor M.M.Miralimov, 2012-2015 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent  U.J.Akromov, 2015-2018 yilda farmatsevtika fanlari nomzodi,  professor A.Q.G’aniev kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritiushdi.

Komilov Adxam Maxamatovich 1941 yil 15 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1969 yilda Toshkent farmatsevtika institutini bitirgan. 1977 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1978 yildan boshlab Farmatsevtika ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti kafedrasida ishladi. 1985 yilda dotsent lavozimiga o‘tkazildi. 2 ta darslik, 100 dan ortiq ilmiy asar va uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Uning rahbarligida bitta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan. 1994–1996 yillarda institut kasaba uyushmasi raisi muovini, 1996 yildan boshlab esa institut birlashgan kasaba uyushmasiga rahbarlik qildi. Dotsent A. M. Komilov ilmiy va o‘quv uslubiy ishlari, chop etilgan darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, maqolalari uchun «Eng yaxshi dotsent» nomi bilan taqdirlangan. 2004 yilda dotsent A.M. Komilov farmatsevtlar malakasini oshirish fakultetiga o‘tkazildi va 2011 yilgacha Farmatsiya kafedrasining mudiri lavozimida ishladi.

A.K.Ganiev 1985 yili Toshkent farmatsevtika institutini a’lo baholarga tugatib, 1985-1987 yillarda majburiy xarbiy hizmatni o‘tab qaytdi va institutning malaka oshirish fakultetida farmatsevtik kimyo va farmakognoziya kafedrasiga stajer-izlanuvchi lavozimiga ishga qabul qilindi.U 1989-1992 yillarda Toshkent farmatsevtika institutining farmakognoziya kafedrasida aspiranturada o‘zining ilk ilmiy izlanishlarini boshladi. Uning ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekistonda o‘suvchi dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibini o‘rganish, ularning biologik faol moddalarini aniqlash va dori shakllarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

2012-2015 yillarda farmatsiya fakulteti dekani lavozimida ishladi. 2015-2018 yillarda farmatsiya kafedrasi mudiri  lavozimida ishlab keldi.

Mirjamol Miraxmedovich Miralimov Toshkent farmatsevtika institutini 1970 yilda imtiyozli diplom bilan bitirib. 1971 yili I.M.Sechenov nomli Moskva tibbiyot akademiyasi farmatsevtika fakultetining Dori turlari texnologiyasi kafedrasiga aspirant bo‘lib o‘tdi.
1974 yilda Moskva tibbiyot akademiyasida 15.00.01 –Dorilar texnologiyasi va farmatsiya ishini tashkil kilish ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1980 yil M.Miralimovga dotsent ilmiy unvoni berildi.
Mirjamol Miraxmedovich Miralimov 1971 yildan  Toshkent farmatsevtika instituti Dori turlari texnologiyasi kafedrasida assistent, katta ilmiy xodim, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib keldi. 1971-1980 yillarda assistent, 1980-1985 yillarda dotsent lavozimida va 1985-1989 yillarda malaka oshirish fakulteti “Farmatsiya” kafedrasi mudiri lavozimida, 1989-2004 yillarda Dori turlari  texnologiyasi kefedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2004 yildan  boshlab farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti dekani, 2011-2012 yillarda “Farmatsiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.

Akromov Ubaydulla Jo’rayevich – 1972–1977 yillar davomida Toshkent farmatsevtika instituti talabasi bo‘lgan. 1979–1982 yillar davomida Moskva shahridagi Butunittifoq Farmatsiya ilmiy-tekshirish institut aspiranturasida tahsil oldi va buning yakuni sifatida akademik A.I.Tensovaning ilmiy rahbarligida «Sozdanie I isledovanie suppozitoriev s protivoallergicheskimi preperatami» mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ubaydulla Jo‘raevich Akromov 1982 yilda Z.N.Nazirov rahbarligida Dori turlari texnologiyasi kafedrasida avval assistent, keyin dotsent lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini yumshoq dori turlari sohasidagi izlanishlar bo‘yicha davom ettirdi. Dori turlari texnalogiyasi fanidan ma’ruzalar o‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, xususiy tadbirkorlik va biznes ishlariga keng yo‘l ochildi. Har doim zamon bilan hamnafas bo‘lishga intiluvchan Ubaydulla Jo‘raevich Akromov o‘z faoliyatida davlatimiz bergan keng imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga harakat qildi va 1995 yilda «Mahliyoxon» xususiy firmasini ochdi hamda unga 2010 yilgacha rahbarlik qildi. Ubaydulla Jo‘raevich Akromov 2010 yilda professor X.S.Zaynutdinov boshchiligidagi Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida dotsent lavozimida o‘z faoliyatini davom ettirdi, talabalarga «Farmatsevtika iqtisodiyoti», «Farmatsevtik menenjment» Farmatsevtika ishini tashkil qilish fanlaridan ma’ruza o‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. 2011–2012 o‘quv yillarida Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul bo‘lish bilan bir qatorda Toshkent farmatsevtika instituti «Ustoz va shogird» Kengashi raisi lavozimida samarali faoliyat olib bordi. Guruh ustozlari va talabalar orasida ma’naviy, ahloqiy va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirishda katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, shu davr ichida U.J.Akromov ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishni ham muvaffaqiyatli olib bordi. Uning rahbarligi ostida 3ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi. U.J.Akromovning shogirdlari va hamkasblari bilan hamkorlikda tayyorlangan ko‘plab ilmiy maqola va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar talabalar uchun xizmat qilmoqda.

Institutning 2018 iyul 21 iyuldagi 553-sonli buyrug‘i bilan kafedra ikkiga bo‘linib, yangi kafedralar tashkil etildi: “Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsevtik texnologiya” va “Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash”. Hozirgi kunda  “Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsevtik texnologiya”  kafedrasini farmatsevtika fanlari doktori, dotsent Iskandarova Shoxista Fexruzovna rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra shu vaqtga qadar erishgan yutuqlari

Hozirgi kunda “Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsevtik texnologiya” kafedrasida farmatsevtika fanlari doktori, professor X.S.Zaynutdinov, farmatsevtika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.M.Tuxtaeva, SH.T.Salyamova, X.K.Bekchanov, U.X.Usmonov, katta uqituvchilar M.Z.Islomova, faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedrada tasdiqlangan dasturlar asosida farmatsevtika ishini tashkil qilish, dori turlari texnologiyasi, farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmakologiya, mi­krobiologiya va toksikologik kimyo fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi № 319 sonli “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi to‘g‘risida” gi Qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Farmatsevtlarni ma­lakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining darajasi va bilimlar mazmuniga qo‘yilgan “DAVLAT TALABLARI” ni ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda kafedrada tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirishlari mumkin:

  • “Dorixona muassasalari iqtisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar”;
  • “Farmatsevtika amaliyotining dolzarb mavzulari”;
  • “Dori turlari texnologiyasi”;
  • “Dori vositalari sifatini nazorat qilish”;
  • “Steril dori tayyorlash texnologiyasi”;
  • Dorivor o‘simliklardan farmatsevtika amaliyotida foydalanishning dol­zarb muammolari”;
  • “Sud kimyogar–ekspertlarining ixtisoslashuvi”;
  • “Tibbiyot kollejlari Farmatsiya bo‘limi pedagoglarining malakasini oshirish”;
  • “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi”.

Kafedra o‘z faoliyatida farmakopeya qo‘mitasi, Viloyat Sog‘liqni saqlash bo‘limlari boshqarmalari va O‘MKXT muassasalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda, xususan: “O‘zfarmsanoat” Davlat aksiyadorlik konserni orqali dori ishlab chiqarish korxonalari; Respublika Sud-tibbiy ekspertiza markazlari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, DVSIM bilan shartnoma asosida ish olib bormoqda.
Har yili Viloyat Sog‘liqni saqlash bo‘limlari boshqarmalari va Dori-Darmon DAJ murojaatlariga muvofiq viloyatlarga sayyor sikllar tashkil qilinadi.
2006-2011 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari «O‘zfarm sanoat» konser­ni farmatsevtika korxonalari mutaxassislarining malakasini oshirishda qatnashdi.
O‘quv jarayonida kompyuter dasturini qo‘llashga katta e’tibor beriladi. Shu maqsadda o‘quv qo‘llanmalari va elektron darsliklar yaratilgan. Amaliyotga masofadan o‘qitish usuli tatbiq qilinmoqda.
Buning uchun «internet» da farmatsevt.uz sayti yaratilgan va ishga tushirilgan. Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti tomonidan amaliyotda qo‘llanilayotgan «Masofaviy ta’lim» uslubi respublika farmatsevtlari tomonidan ijobiy qabul qilinib, ularni malaka oshirish muntazamligini ta’minlash bilan birga Internet tizimi orqali dunyo farmatsevtika bozori yangiliklari bilan tanishishga imkon yaratib bermoqda.

Malaka oshiruvchi tinglovchi-farmatsevtlar institut professor-
o’qituvchilarining ma’ruzalarini maroq bilan tinglaydilar

2018-yil 28-may hamda 12-iyunda Farmatsevtlarni malakasini oshirish fakulteti «Farmatsevtika amaliyoti dolzarb muammolar» yo‘nalishi tinglovchilarga Farmakognoziya fani bo‘yicha “Ibn Sino va xalq tabobatida qo‘llanilayotgan dorivor o‘simliklar va ulardan olingan fitochoylar va dori vositalari” mavzusida dotsent Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna “Dr.Mardon» Pharmaceutical companya vakillari Gulnora Rasulova va Toiba Axmedovalar ishtirokida integratsiyalashtirilgan mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulotda tinglovchilar, dotsentlar U.J.Akromov, A.M.Tuxtayeva, G.M. Ismailova va SH.T.Salyamovalar qatnashishdi.

04.04.2019, 17:36   2594