Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi

Umarova Shaxnoza Ziyatovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri, bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni

Tel.:

(0 371) 256-38-30

Veb-sayt:

Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi Toshkent farmatsevtika institutida mavjud bo‘lgan Oliy va o‘rta ta’lim yo‘nalishlarining 3tasi (Farmatsiya, Klinik farmatsiya, Kasb ta’limi) uchun mutaxassis chiqaruvchi kafedra bo‘lib, tarkibi jihatdan eng katta kafedralardan biridir. Kafedrada 5 ta fan: farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik menejment va marketing, tibbiyot tovarshunosligi va farmatsiyadagi dolzarbmuammolar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchunesa talabalar to‘lik kursdan keyin, turli mulkchilikdagi dorixonalar va boshqa farmatsevtika muassasalarida malakaviy amaliyotlarni o‘tadilar. Kafedra tarixiga to‘xtalsak, farmatsevtika ishini tashkil qilish kursi 1939 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha davrda «Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsiyaning tarixi» deb atalgan. 1957 yilgacha bu kurs turli xil kafedra tarkibiga kirgan, jumladan: dori turlari texnologiyasi kafedrasi tarkibida 1951 yilgacha, sud kimyosi kafedrasi tarkibiga 1951-1955 yillar, meditsina tovarshunosligi kursi tarkibida esa 1956—1957 yillar.

1958 yilgacha Farmatsevtika ishini tashkil qilish kursiga o‘rindoshlik lavozimida ilmiy unvoni bo‘lmagan L.M.Krutik, M.L.Frimerman, A.D.Itskovich, 1942—1944 yillarda professor G.YA.Koganlar rahbarlik qilgan. 1958 yil 3 – 7 fevralda Moskvada bo‘lib o‘tgan Butunittifoq ilmiy farmatsevtlar jamiyatining Plenumi qaroriga asosan institutning Farmatsevtika ishini tashkil qilish kursi Farmatsevtika ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti kafedrasiga aylantirilishi haqida e’lon qilindi va Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 1958 yil 9 sentyabrdagi 594-sonli buyrug‘i bilan E.R.Toshmuxamedov mudir etib tayinlandi. SHunday qilib, Farmatsevtika ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti kafedrasi 1958 yil sentyabrdan boshlab, alohida mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmokda.

Bugungi kunga qadar, quyida nomlari keltirilgan professor-o‘qituvchilar kafedraga rahbarlik qilganlar:

1958 – 1976 yillar-f.f.d., professor E.R.Toshmuxamedov

1976 – 1981 yillar-f.f.n., dotsent V.A.Zaxarov

1981 – 1987 yillar-f.f.n., dotsent R.Z.Ziyaev

1987 – 1998 yillar-f.f.d., professor E.R.Toshmuxamedov

1998 – 2011 yillar-f.f.d., professor X.S.Zaynutdinov

2011 yildan-f.f.n., dotsent Sh.Z.Umarova.

Bugungi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professorlar, 7 ta fan nomzodi va dotsentlar, 4 ta katta o‘qituvchi va 6 ta assistent faoliyat ko‘rsatib kelmokdalar. Shuningdek, kafedrada 2 ta katta ilmiy hodim va 3 ta stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar o‘z dissertatsiyalari ustida ishlamoqdalar.

Malakali farmatsevtlar tayyorlash kafedrada olib borilayotgan o‘kuv-uslubiy ishlarga bevosita bog‘likdir. FITQ kafedrasida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmokda: ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy majmualar farmatsevtika amaliyoti talablariga ko‘ra har yili yangilanib turiladi; o‘qitishning yangi pedogogik texnologiyalari, informatsion texnologiyalar va talabalarning bilimlarini baholashning zamonaviy nazorat usullariqo‘llanilib kelinmokda. Kafedrada kompyuter xona tashkil etilgan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda talabalar dorixonaning hisob va hisobot hujjatlarini elektronoborotini, savdo moliya faoliyatining iqtisodiy tahlili kabi jarayonlarini kompyuter texnologiyalari asosida bajaradilar.

Farmatsevtika ishini tashkil qilish fanining barcha mavzulari bo‘yicha ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘kuv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.

IV kurs talabalari uchun Farmatsevtika ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti o‘kuv qo‘llanmasi 1000 nushada chop etildi. 2007 yilda kafedra hodimlari tomonidan «Farmatsevtika ishini tashkil qilish» va «Farmatsevtika iqtisodiyoti», 2008 yilda esa ushbu darsliklarning lotin grafikasidagi nushasi, 2009 yilda «Farmatsevtika menejmenti» darsliklari chop etildi. 2008 yil «Tibbiyot tovarshunosligi» fanidan tayyorlangan «Tibbiyot tovarshunosligi» va «Meditsinskoe tovarovedenie» darsliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi-2009» tanlovida 3-faxrli o‘rinni egalladi. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha elektron shaklda  farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedra kutubxona majmuasi va «Ziyo-NET» internet tarmog‘iga joylashtirilgan. Kafedra sayti www.fitq.zn.uz «Ziyo-Net» e’lon qilgan «Sayyora» marafonida 2008 va 2009 yillari bo‘yicha 2 – faxrli o‘rinni egalladi.

Hozirgi kunda FITQ kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan yangi o‘quv adabiyotlari tayyorlangan:

  • “FITQ fanidan o‘quv qo‘llanma-1 qism”;
  • “Boshqaruv asoslari”-darslik;
  • Tibbiyot tovarshunosligi fanidan darslik (2-nashri);
  • Farmatsevtik iqtisodiyot fanidan o‘quv qo‘llanma -1 qism;
  • Farmatsevtik menejment fani amaliy mashg‘ulotlar uchun “Amaliyot daftari” chop etiladi.
  • Xozirgi kunda FITQ  kafedrasi Professor o‘qituvchilari tomonidan yangi o‘quv adabiyotlari tayyorlangan  “ FITQ fanidan o‘quv qo‘llanma.

Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida keng ko‘lamda ilmiy-tadkikot ishlari olib borilmokda. Kafedra hodimlari tomonidan 500 dan ziyod ilmiy ishlar chop etilgan, shulardan 4 tasi monografiya, 10 ga yaqin darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 7 ma’ruza matnlari va 20 dan ortiq ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Kafedra hodimlari o‘zlarining ilmiy ishlari bilan respublika ilmiy va amaliy farmatsiyasiga munosib hissalarini qo‘shib kelmokdalar.

2005 – 2006 o‘quv yilidan kafedra bazasida «Farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti» magistratura mugaxassisliga tashkil etildi. Magistratura mutaxassisligi uchun Davlat ta’lim standarti va o‘quv reja ishlab chiqildi va dasturlar yaratildi. 2007 yil magistratura mutaxassisligining birinchi bitiruvchilari magistrlik disertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya kildilar. Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi hodimlari Toshkent farmatsevtika instituti va farmatsevtika sohasining rivoji uchun o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida shijoat bilan mehnat qilmokdalar.

2015-2016 o‘quv yilida FITQ kafedrasiga yangi “ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqaruv” magistratura yo‘nalishiga talabalar qabul qilindi.

2016_78          2016_79          EPSON DSC picture          2016_81

E.R.Toshmuxamedov                      R.Z. Ziyaev                              X.S. Zaynutdinov                      Sh.Z. Umarova

   d.f.n., professor                             k.f.n., dotsent                           d.f.n., professor                      k.f.n., dotsent

(1958 – 1976 y)-                              (1981 – 1987 y)                         (1998 – 2011 y)                       (2011 y h.v)

(1987 – 1998 y)

 

Kafedra professor-o’qituvchilari:

2016_82

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

“Farmatsiya”, “Kasb ta’limi”, “Klinik farmatsiya”

 

Kafedra magistratura mutaxassisliklari

  1. Farmatsevtika tashkilotlarida boshqaruv tizimi;
  2. Farmatsevtik marketing
  3. Farmakoiqtisodiyot
  4. Farmatsevtika faoliyatida buxgalteriya hisobining asoslari (tanlov)

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  1. Farmatsevtika ishini tashkil qilish
  2. Farmatsevtika iqtisodiyoti
  3. Farmatsevtik menejment
  4. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi

Tanlov fanlar:

  1. Farmatsevtikada dolzarb muammolar
  2. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi (Farmatsevtika Tovarshunoslik tahlili)
  3. Dorixona muassasalarida ish yuritish
  4. Farmatsevtika korxonalarda boshqaruv hisobi
  5. Farmakoiqtisodiyot
  6. Iqtisodiy taxlil

 

Magistratura

“Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqaruv”

 

Kafedra professor-o’qituvchilari:

SH.Z. Umarova Kafedra mudiri, dotsent
Z.SH. Xidoyatova dotsent
D.T.Saipova dotsent
M.N. Ziyaeva dots. v/b
M.A.Nasritdinova prof.
G.A. Sultonova katta o‘qit
M.YA. Saidova katta o‘qit
G.E. Sodiqova katta o‘qit
B.S. Temirov katta o‘qit
N.D.Suyunov dotsent
X.J.Qambarov dotsent
M.M. SHokirov katta o‘qit
G.M. Ikramova katta o‘qit.
Z.F.Umarova assistent
Z.U. Mamatqulov assistent
N. Azimova assistent
N.A.Sodiqova assistent
SH.T.Aripov assistent
U.X. Xasanov assistent
SHoaxmedova N.A. assistent
D.B.Raxmatjonova assistent
A.Raximov assistent
I. Qarshiboeva assistent

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop yetilgan maqolalar ro‘yhati:

 

18.04.2016, 08:22   1068