Farmatsevtik kimyo kafedrasi

Olimov Xayrullo Qayumovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Har kuni (09:00-15:00)

Tel.:

(0 371) 256–23-35

E-pochta:

Veb-sayt:

Kafedra tarixi

Farmatsevtik kimyo yuqori malakali dorishunos-mutaxassislarni tayyorlashda yetakchi fanlardan biri bo‘lib, u dori vositalarini ishlab chiqarishning asosiy usullarini, tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va dorivor moddalarni tasniflashni, ularning molekulalarining tuzilishi va inson organizmiga ta’siri, noorganik, organik moddalar, biologik faol moddalar va ularni saqlash vaqtida yuz beradigan o‘zgarishlar, shuningdek farmatsevtika mahsulotlarini tartibga soluvchi asosiy qoidalar va hujjatlar sifatini nazorat qilish va ta’minlash usullarini o‘rgatadi. Yosh mutaxassis, farmatsiyaning qaysi sohasida ishlashidan qat’iy nazar, u albatta dori vositalarining fizikoviy va kimyoviy xossalarini mukammal bilgan holda, ularning sifat nazorati, qadoqlash, saqlash va manzilga yetkazish kabi shart-sharoitlarga doir masalalarni to‘g‘ri va tez hal qila bilishi lozim.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi 1939-yilda tashkil etilgan bo’lib, uning birinchi mudiri etib kimyo fanlari nomzodi, dotsent Zinoviy Emmanuilovich Manulkin tayinlangan. Dastlabki yillarda kafedraning shtati 3 ta assistent va mudirdan iborat bulib, ularning birortasi ham mutaxassislik (provizor) klasifikatsiyasiga ega bo‘lmagan.

 

1940-1946 yillarda kafedrani biologiya fanlari nomzodi Vladimir Nikolayevich Bernshteyn,  1947-yildan boshlab  “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”, kimyo fanlari doktori, professor Z.E.Manulkin,  1957—1974 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Yo.Q.Qodirov, 1974-yildan farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.YuIbodov, 1985—1993 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.U.Umarov, 1993—1996 va 2001—2004 yillarda farmatsevtika fanlari doktori, professor A.A.Tulaganov,  1996—2001 yillarda farmatsevtika fanlari doktori, professor M.A.Tojiyev, 2005— 2011 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent Q.A.Ubaydullayev, 2011-yildan buyon farmatsevtika fanlari doktori, professor V.N.Abdullabekova  boshqarib kelmoqda.

 

Yo.Q.Qodirov A.Yu.Ibodov A.U.Umarov A.A. To‘laganov M.A.Tojiyev

 

Uning raxbarligi ostida 3 ta kimyo fanlari nomzodlari tayyorlandi (F.Yusupov, E.A.Puchinyan, K.S.Tillayev). Kafedraning professor o‘qituvchilar tarkibi  3 tadan (dotsent A.M. Galperina, assistent S.M.Tokareva va M.E.Simxayev) 6 kishiga ko‘paydi (professor Z.E.Manulkin, dotsent A.N.Tatarenko, assistentlar YO.Q.Kodirov, A.YU.Ibodov, E.A.Puchinyan, K.S.Tokareva).

1944-yildan boshlab kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida institut bitiruvchilari orasidan aspirantura orqali yosh ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlashga o‘tildi. Kafedraning ilk aspirantlari Yo.Q. Qodirov 1952-yilda, A.Yu. Ibodov esa 1955-yilda nomzodlik dissertatsiyalarini (farmatsevtika fanlari) himoya qildilar.

Dotsent Yoqub Qodirovich Qodirov mudirligi davrda kafedraning professor-o‘qituvchilar jamoasi ham son ham sifat jixatidan yuksaldi. Mazkur davr mobaynida kafedra xodimlarining soni 22 ta kishiga yetdi, shulardan 4 kishi farmatsevtika fanlari nomzodi edi. A.Yu.Ibodov, E.A.Puchinyan, L.A.Xabibullayeva dotsentlik lavozimida, 12 kishi (N.F.Drebensova, M.B.Ikramova, B.A.Alimxanov, S.R.Majitova, N.M.Axmadxo‘jayeva, A.U.Umarov, I.M.Pirmuxamedov, A.Shukurov, L.M.Ribnik, U.Zaynutdinov, A.N.Svechnikova, A.Q.Saidvaliyev, R.N.Tursunova, S.M. Sharafutdinova) assistentlik lavozimida faoliyat yuritdilar. Ushbu vaqt ichida kafedraning o‘quv-uslubiy va ilmiy izlanishlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi kafedralar darajasiga ko‘tarildi. 1971-yilda Yo.Q.Qodirov va A.Yu.Ibodovlar hamkorlikda farmatsevtik kimyo fani buyicha ilk bor o‘zbek tilida darslik yaratdilar.

Dotsent Ali Yusupovich Ibodov o‘z burchini sidqidildan ado etuvchi, fidoiy, kamtarin va o‘ta mexribon inson bo‘lgan. 20 yil davomida farmatsiya fakultetining dekani lavozimida faoliyat yuritgan va 4 marta Respublika Oliy kengashining, “Sog‘liqni Saqlash a’lochisi” va”O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi” kabi fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Uning rahbarligida 1 ta fan nomzodi tayyorlandi. Bu davrda kafedra zamonaviy uskunalar bilan jixozlandi. Ilmiy xodimlarning ilmiy pedagogik saloxiyati yanada ortdi. Kafedraning professor o‘qituvchilari tarkibi kengaydi, jumladan O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi institutidan A.U.Dosimov, K.A.Ubaydullayev, B.U.Umarovlar, O‘zR FA Botanika institutidan B.S.Sobirov, institutining markaziy ilmiy laboratoriyasidan T.T.Raximov kabi ilmiy darajali mutaxassislar, shuningdek P.M.Sir, M.B.Mavlyanova, O.P.Igolnikova kabi yosh o‘qituvchilar faoliyat yurita boshladilar. Qator xodimlar, jumladan A.N.Svechnikova (kimyo fanlari), N.M.Axmadxodjayeva, A.K.Sandialiyev, A.U.Umarov (1976 y), M.B.Mavlyanova va O.P.Igolnikovalar nomzodlik (farmatsevtika fanlari) dissertatsiyalarini ximoya qildilar.

Dotsent Akram Umarovich Umarovning rahbarligi davrida kafedraga A.N.Yunusxo‘jayev, A.A.To‘laganov, I.K.Azizov, G.U.Tillayeva, Sh.S.Agzamov, R.R.Maxkamov, Sh.O.Olimov, M.I.Alixodjayeva, E.T.Xusanova, D.T.Gaibnazarova, I.M.Iminova, B.An, L.Ubaydullayev, B.Mirzayev kabi yosh xodimlar qabul qilindi. Bulardan A.N.Yunusxo‘jayev 1992-yilda,  A.A.Tulaganov 1993-yilda, I.K.Azizov 1994-yilda farmatsevtika fanlari doktori,  1985-yili R.N.Tursunova,  Sh.S.Agzamov va E.T.Xusanova 1991-yilda,  M.I.Alixodjayeva 1992-yilda farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvafaq bo’ldilar. Kafedraning Ittifoq va Respublikaning yetakchi Ilmiy Markazlari bilan xamkorligi rivojlantirilib, maqsadli aspirantura va doktorantura bo’yicha fan doktorlarini tayyorlashga asos solindi.

1993—1996 va 2001—2004-yillarda farmatsevtik kimyo kafedrasini farmatsevtika fanlari doktori, professor A.A.Tulaganov boshqardi. Kafedrada aspirantura orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Jumladan G.U.Tillayeva texnika fanlari doktori, D.Abdullabekova, G.Abdunazarova, S.O.Kim, I.Novikovalar nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildilar.

Professor M.A.Tojiyev raxbarligi davrida kafedradagi o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarning ko‘lami yanada rivojlantirildi. D.T.Gaibnazarova, X.K.Olimovlar nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildilar.

Kafedraning keyingi davridagi rivojlanishida prof. Qudratilla Asatullayevich Ubaydullaevning xissasi beqiyos. Prof. Q.A.Ubaydullayev boshchiligi vaqtida kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy ishlar, tashkiliy, ma’rifiy va ma’naviy ishlar ko‘lami yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Uning rahbarligi ostida 2006-yilda «Farmatsevtik kimyo» o‘quv qo‘llanmasi, 2010-yilda ilk bor “Dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari” darsligi va “Farmatsevtik kimyodan ma’lumotnomalar”, 2011-yilda esa ikki jildlik «Farmatsevtik kimyo» darsligining qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri chop etildi. 50 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi. X.G.Ganiyeva, N.P.Abduvositova, R.A.Xusainova, I.M.Iminova, X.A.Yuldashev, N.A.Yunusxodjayevalar nomzodlik, V.N.Abdullabekova doktorlik dissertatsiyalarini ximoya qildilar.

Q.A.Ubaydullayev rahbarigi ostida o‘quv adabiyotlaridan 3 tasi 2007, 2011,2012-yillarda “Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti“ tanlovining g‘olibi deb topilgan. U 2007, 2012 va 2015-yillarda O‘zR OO‘MTV ning, 2012-yilda O‘zR SSV Fahriy yorlig‘i bilan mukofatlangan.  2012-yilda “Eng yaxshi farmatsevt murabbiy”, 2014-yilda esa “Yilning eng yaxshi dotsenti” tanlovlarining g‘olibi, Sog‘liqni saqlash a’lochisi, Ilmiy texnika Davlat qomitasi (GKNT) va Farmakopiya qomitalarining eksperti.

Professor Viloyatxon Nurullabekovna Abdullabekova kafedraga 2012-2018 yilga qadar raxbarlik qilgan. Uning tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida 170 ta maqola (ilmiy maqolalar va tezislar) va 19 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan. Ba’zi ilmiy ishlanmalar natijalari farmatsiya fakulteti 5-kurs talabalari uchun tavsiya etilgan “Dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari” darslik va elektron darslik saxifalarida chop etilgan.

V.N.Abdullabekova “Farmatsevtik kimyo”(2006-y) “Dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari”(2010-y), “Farmatsevtik kimyo”(2016-y), “Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi”(2016-y), “Dori vositalarining sifatini ta’minlash”(2016 y) darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini ham muallifidir.

Ilmiy faoliyati samarasi sifatida 4 ta preparat (tirnoqgul, arslonquyruq, qush toron nastoykalari va tukli erva quruq ekstrakti) Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan. 2007-yilda V.N.Abdullabekova 1 ta nomzodlik dissertatsiyasiga rasmiy opponentlik qilgan. Uning raxbarligi ostida ikkita farmatsevtika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi (2005-yil Yuldashev A.A, 2008-yil Yunusxo‘jayeva N.A).

Mudir haqida ma’lumot va erishgan yutuqlari.

Xayrullo Qayumovich Olimov 1999-yilda Toshkent farmatsevtika institutiniimtiyozli tugatgan. SHu yili “farmatsevtik kimyo va farmakognoziya” yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturaga o‘qishga kirib 2003 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli tomomlagan. 2003-2004 yillarda institutning Toksikologik kimyo kafedrasi assistenti, 2004-2008 yillarda, Toksikologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2008-2010 yillarda Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti, “Farmatsiya kafedrasi” katta o‘qituvchisi, 2011-2014 yillarda “Farmatsiya kafedrasi” dotsenti, 2014-2016 yillarda “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi dotsenti, 2016-2018 yillarda “Toksikologik kimyo” kafedrasi dotsenti, 2018 yildan hozirgi vaqtda “Farmatsevtik kimyo kafedrasi” mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2003-yilda 50002- farmatsevtik kimyo va farmakognoziya yo‘nalishi bo‘yicha “Glitsirrizin kislotasi va izoniozid asosida yangi dori vositasini yaratish va sifatini nazorat qilish” mavzusida dissertatsiya ishini ximoya qilgan.

Uning tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida 130 ta maqola (ilmiy maqolalar va tezislar) va 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.

Kafedraning shu vaqtgacha erishgan yutuqlari

Kafedrada 2005-yildan boshlab “farmatsevtik kimyo va farmakognoziya” mutaxassisligi bo‘yicha 45 tadan ortiq magistrantlar tayyorlanib kelinmoqda. Magistratura talabalarining o‘quv jarayonlari sifatini mukammallashtirish  borasida ham muntazam izlanishlar olib borilmoqda. O‘quv dasturlari, majmualar, ma’ruzalar matnlari zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borilmoqda. Bizning kafedramizda tayyorlangan magistrlarga bo‘lgan talab nafaqat farmatsevtika instituti doirasida, balki Respublikamizning dori vositalari ishlab chiqarish korxonalarida va Xalqoro miqyosda yildan yilga ortib bormoqda. Bugungi kunda kafedraning iqtidorli magistrantlaridan biri Sh.I.Azizov xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi va xozirda Koreya Respublikasini Chang Vong milliy universitetida doktoranturani o‘tamoqda (rahbar Ubaydullayev Q.A.).

Institutning ilmiy saloxiyotini ko‘tarishda kafedraning xissasi katta. O‘tgan 80 yil davr mobaynida kafedrada jami 7 ta fan doktorlari va 41 ta fan nomzodlari hamda 50 ta magistrantlar tayyorlandi. 1200 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika va Halqaro nufuzli jurnallar sahifalarida chop etildi, 8 ta darslik, jumladan tibbiyot kollejlari uchun ham, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya (Q.A.Ubaydullayevning “Dori vositalari sintezining zamonaviy usullari” nomli monografiyasi o‘zbek va rus tillarida, shuningdek Germaniyaning  Saarsburg shahrida ingliz tilida nashr etildi), 100 tadan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. “Farmatsevtik kimyo” va “Dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari” darsliklari O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV Xalq ta’limi vazirligi “Istedod” jamgarmasi tomonidan “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovining g‘olibi III-darajali Diplomlari bilan taqdirlandi.2015 yil kafedra stajyor tadqiqotchi izlanuvchisi Mirraximova T.A. tomonidan “Artishok kolbchiy perspektivnoe lekarstvennoe rastenie” nomli monografiya chop etilgan. Tibbiyot kolledjlari uchun “Farmatsevtik kimyo” o‘quv qo‘llanmasi yozilib 2012 va 2016-yillarda ikki marta chop etdirildi. 2017 yil kafedra assistenti T.A.mirraximova prof. A.N.YUnusxodjaev raxbarligida falsafa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi xodimlari (2017 y)

Bugungi kunda kafedrada mustaqil mamlakatimizning barkamol raqobat bardosh yuksak ma’naviyatli yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda 3 ta professor, fan doktorlari, 8 ta dotsent, 1 ta fan doktori, 8 ta fan nomzodlari, 6 ta assistent (1 ta fan nomzodi) faoliyat yuritmoqdalar.

Kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari dunyoning bir qancha davlatlarida o‘z ilmiy-pedagogik malakalarini orttirishga muvaffaq bo‘lmoqdalar,  jumladan Turkiya (Xojitepa universiteti), Chexiya Respublikasi, Vengriya, Daniya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Germaniya ( «Charite» klinikasida), Xindiston (Milliy Farmatsevtika institutida (NIPER, Punjab), Malayziya va Misr, va olgan bilimlarini o‘quv jarayonini takomillashtirishda faol foydalanmoqdalar.

Shuningdek ular institutda o‘tkazilayotgan «Organization rules and quality controls of medicines and validation in analytical laboratories” mavzusidagi (2003-y), “Валидация в призводстве и контроле качества лекарственных средств” №GMP–0208 (2011-y.), “Практические основы внедрения правил GMP на фармацевтическом производстве” (2013-y.), “Фармацевтическое производство согласно международным регуляторным требованиям” mavzularidagi (2016-y) IP- center “Intellektual mulk soxasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan o‘tkaziladigan “Patent axborot qidiruvi”  mavzularidagi (2018-y) seminar treninglarda qatnashib kelmoqdalar.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar ko‘lami yanada kengaytirilib, quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

  • dori vositalarini olish va tahlilini olib borish usullaringi ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish,

Ilmiy-tadqiqot izlanishlarning ko‘pchiligi Respublikamiz va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy markazlar bilan hamkorlikda olib boriladi  I.M.Sechenov nomli Moskva tibbiyot Akademiyasi, O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi va O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti, DUK “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasi sifatini ekspertiza qilish Davlat Markazi”, Dori vositalarini standartlash ilmiy Markazi shular jumlasidandir. Bugungi kunda O‘zR. F.A O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti tarkibida kafedraning filiali faoliyat yuritmoqda. Mazkur filialda talabalar uchun dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining olib borgan ilmiy izlanishlar natijalari respublika va halqaro jurnallarda va ilmiy-amaliy anjuman materiallarida chop etib kelinmoqda.

Kafedrada yosh ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularning o‘z ilmiy izlanishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xozirda shunday yosh pedagoglardan dotsentlar N.A.Yunusxo‘jayeva, H.G.G‘aniyeva, katta o‘qituvchi R.A.Xusainovalar doktorlik dissertatsiyalari, assistentlar T.A.Mirraximova, A.A.Jo‘rayeva, K.X.Muxitdinovalar PhD dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedra xodimlarining izlanishlarning samarasi sifatida bugungi kunda 13 ta preparat O‘zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi va tibbiyotda ishlatishga ruxsat etildi.

Kafedra professor-o‘qtuvchilari talaba yoshlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularning ichidan eng iqtidorli talabalarni tanlab kafedra yo‘nalishiga mos yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Talabalar o‘z tadqiqotlari natijalari haqida har yili institutda o‘tkaziladigan talablar ilmiy jamiyatining an’anaviy hamda halqaro ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan qanashadilar va sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lmoqdalar. Kafedrada “Yosh tadqiqotchi” to‘garagi faoliyat olib bormoqda. Har yili 5-10 bakalavr yoki magistratura bosqichlarida o‘zining saloxiyati va tafakkur doirasi bilan ajralib turgan talabalar kelajakda magistrlik yoki doktorlik dissertatsiyasi uchun zamin yaratuvchi talangan mavzu yuzasidan tajribali professor o‘qituvchilar raxbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, M.Shamshiddinova, hozirgi kunda Koreya Respublikasida Chung Buk milliy universitetida doktoranturani o‘tamoqda (rahbar dots. Saidvaliyev A.Q.), A.Zayniddinov (ikkinchi kurs magistranti) iqtidorli magistrantlar tanlovining sovrindori S.Omonjonov (bakalvar)va Sh.Ustinov (bakalvar) ( ilmiy rahbar Q.A. Ubaydullaev), G.Danisheva (bakalavr) “Dori-Darmon” stipendiyasi sovrindori (raxbar dotsent N.A.Yunusxodjayeva), V. Xusenov (bakalavr) kimyo fanlari olimpiyadasining 1-o‘rin sovrindori (rahbar prof. V.N.Abdullabekova).

Kafedra “Keksalarni e’zozlash” yili munosabati bilan “Eng faol qatnashgan professor-o‘qituvchilar jamoasi” sifatida e’tirof etildi (2015-y).

Farmatsevtik kimyo kafedrasi jamoasi (2016 y)

Kafedra xodimlari Respublikamiz farmatsevtika sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda munosib hissa qo‘shib kelayotganligi uchun O‘zR Vazirlar Mahkamasi O‘zR farmatsevtika sanoati Davlat-aksiyadorlik konserni tomonidan (2012-y), O‘zR SSV tomonidan fidokorona mehnati uchun (2015-y), Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan (2014, 2016 yy) Faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelinmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari institutning jamoat va ma’naviyat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar, jumladan institut Ilmiy kengashi, farmatsiya fakulteti Ilmiy kengashi, institut huzuridagi fan doktori ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashgan kengash va uning qoshidagi ilmiy seminar, O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi “Farmatsiya va farmakologiya” muvofiqlashtirish kengashi, ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan imtixonlarini qabul qilish a’zosi, magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi bo‘yicha monitoring kengashi tarkibida faoliyat yuritmoqdalar (prof.Q.A.Ubaydullayev). Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi  ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zolari (N.A. Yunusxodjayeva, R.A.Xusainova). O‘zbekiston–Yaponiya Yoshlarning innovatsiya markazi” ishini boshqarish uchun Kimyo, neftkimyosi yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruxda yosh olimlari kengashi a’zosi (dots. N.A.Yunusxodjayeva, 2015), bakalavriatura va magistraturaga qabul (dotsentlar Yunusxodjayeva N.A.) va Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibida a’zo (X.K.Olimov), institutda har yili o‘tkazaladigan an’anaviy ilmiy-amaliy anjumanlarida seksiya raisi (X.K.Olimov).

Kafedra xodimlari xalqaro aloqalarni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, tajriba almashuv maqsadida Chexiya Respublikasining Farmatsevtika va veterinariya ilmiy universiteti va Slovakiyaning Komenska universiteti bilan ta’lim va ilm sohasida shartnomalar tuzishda ishtirok etdi (2013-y).

Xozirgi kunga kelib kafedra malakali va tajribali ilmiy-pedagogik xodimlarga, qobiliyatli va izlanuvchan yosh mutaxassis va doktorantlarga, zamonaviy o‘quv va ilmiy bazaga, teran va boy tarixiy, ma’naviy an’analarga ega bo‘lib, bu uning bundan keyin ham o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni yuqori saviyada, ko‘ngildagidek bajarish imkonini beradi.

Kafedrada 2005-yildan boshlab “farmatsevtik kimyo va farmakognoziya” mutaxassisligi bo‘yicha20 ga yaqin magistrantlar tayyorlab keldi. Magistratura talabalarining o‘quv jarayonlari sifatini mukammallashtirish borasida ham muntazam izlanishlar olib bordilar. O‘quv dasturlari, majmualar, ma’ruzalar matnlari zamonaviy talablar asosida takomillashtirib bordilar. Bizning kafedramizda tayyorlangan magistrlarga bo‘lgan talab nafaqat farmatsevtika instituti doirasida, balki Respublikamizning dori vositalari ishlab chiqarish korxonalarida va Xalqoro miqyosda yildan yilga ortib bormoqda. Bugungi kunda kafedraning iqtidorli magistrantlaridan biri Sh.I.Azizov xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi va xozirda Koreya Respublikasini Chang Vong milliy universitetida Ubaydullayev Q.A. raxbarligida doktoranturani o‘tamoqda.

Kafedra jamoasi xaqida batafsil ma’lumot

Ubaydullayev Qudrat Asadullayevich

Professor

Telefon: +998 97 393-24-95

Tugilgan kuni:22.11.1945-yil

E-pochta:

MEHNAT FAOLIYATI

1968-1969 y. – O’simlik moddalari kimyosi insituti alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi katta laboranti. 1969-1977 y. – O’simlik moddalari kimyosi insituti alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi kichik ilmiy hodimi. 1977-1990 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo kafedrasi assistenti. 1990-2005 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi dosenti. 2005-2011 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi mudiri. 2011-2014 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi dosenti. 2015 y–h.v. Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi Professori.

 

Saidvaliyev Abdujalil Kuchkorovich

Professor

Telefon: +998 90 927-75-54

Tugilgan kuni:16.09.1940-yil

E-pochta:

MEHNAT FAOLIYATI

1967-1971 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo kafedrasi assistenti. 1971-1975 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Тоksikologik kimyo”  kafedrasi аspiranti. 1975-1993 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo kafedrasi assistenti. 1993-2014 y. – Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi dosenti. 2015 y – h.v. Toshkent farmasevtika instituti “Famasevtik kimyo” kafedrasi professori.

 

Xusainova Rayxona Ashrafovna

Dotsent

Telefon:+998 90 128-78-48

Tugilgan kuni:31.03.1979-yil

 E-mail:

MEHNAT FAOLIYATI

2001-yil institutni farmatsevt mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2006-yil institutning “Farmatsevtik kimyo” kafedrasiga aspiranturaga qabul qilindi. 2010-yilda “Стандартизация и контроль качества таблеток “Вигитрил” и “Вимитрол” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va OAK qarori bilan farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. R.A.Xusainova farmatsevtik kimyo kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, lavozimlarida ishlab kelgan. 2017-yildan hozirgi kungacha farmatsevtik kimyo kafedrasida dotsent v/b lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 

Yunusxodjayeva Nodira Abdulxamitovna

Dotsent

Telefon: (0 371) 256-23-35

Tugilgan kuni: 09.01.1981-yil

E-mail:

MEHNAT FAOLIYATI

2003-yil imtiyozli diplom bilan Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan. 2005-2008 yilda farmatsevtik kimyo kafedrasi aspiranti. 2008-yil “Стандартизация жидкого экстракта горца перечного и настойки горца птичьего” mavzusida dissertatsiya ishini Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi D 087.12.01 ixtisoslashgan kengashda himoya qilgan. O‘zR OAK ning 2012-yil 27-sentyabrdagi bayonnomasi bilan farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan (diplom 01 № 013403 ). 2008-yildan farmatsevtik kimyo kafedrasi assistenti. 2012-yildan katta o‘qituvchi. 2011-yil prezidentning  “Iste’dod“ jamg‘armasi masofali o‘qitish markazida malakasini oshirib sertifikat olgan. 2016 – h/v yildan farmatsevtik kimyo kafedrasining dotsenti.

 

Toshpo‘latova Azizaxon Dilshodovnaning

Assistent

Telefon:+998 91 166-75-15

Tugilgan kuni:

E-mail: aiza2505@mail.ru

MEHNAT FAOLIYATI

2001-yil Toshkent farmatsevtika institutini farmatsevt mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2009-yilda «Glitsirrizin kislotasining 3d-metallari bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalarining sintezi, standartizatsiyasi va xossalari» mavzusida 15.00.02 – «Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya» mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. O‘zining ilmiy faoliyatini 2002-yilda Toshkent farmatsevtika instiuti qoshidagi Dori vositalarini standartlash Ilmiy Markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshladi. 2005-2014 yillarda Dori vositalarini standartlash Ilmiy Markazida tibbiyot buyumlarini Sinov Markazi rahbari lavozimida uz ish faoliyatini olib bordi. 2003-2012 yillar mobaynida toksikologik kimyo kafedrasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan. 2017-yildan farmatsevtik kimyo kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Uning raxbarligi ostida 4ta bitiruv malakaviy ishlar himoya qilingan.

 

Zaripova Nargiza Tolibdjonovna

assistent

Telefon:+998 90 917-99-01

Tugilgan kuni:26.10.1983-yil

E-mail:narcis-z@mail.ru

MEHNAT FAOLIYATI

2006-yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. 2009-yil 15.02.00-Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya yo‘nalishini tamomlagan. 2009-yildan- h/v assistent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 

Jo’rayeva Aziza Alisherovna 

Assistent

Telefon:+998 90 350-37-11

Tug‘ilgan kuni:30.05.1982-yil

E-mail:aziza_822011@mail.ru

MEHNAT FAOLIYATI

2006- 2008 yilda institutning 15.00.02  “farmatsevtik  kimyo va  farmakognoziya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabasi. 2008 y – h/v assistent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 

Muxitdinova Kamila Shoaxmatovna

Assistent

Telefon: (0 371) 256-23-35

Tugilgan kuni:08.02.1981-yil

E-mail:kamila-muhitdinova@mail.ru

MEHNAT FAOLIYATI

1999 y-2001 y Toshkent farmatsevtika institutini Farmatsevtik  kimyo kafedrasi kichik laboranti. 2001 y – 2006 yil Toshkent farmatsevtika institute talabasi. 2006-2008 y 15.02.00-Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya yo‘nalishi magitratura talabasi. 2008 y-h/v Farmatsevtik kimyo kafedrasida assistent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 

Mirzayeva Madina Madjitovna

Assistent

Telefon:+998 71 256-23-35

Tugilgan kuni: 1986-yil

 E-mail:

MEHNAT FAOLIYATI

2003 y-2008 y Toshkent Farmasevtika Insituti talabasi. 2008-2010 yy – 15.02.00-Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya yo‘nalishi magitratura talabasi. 2010 y-2016 y – S.Yu.Yunusov nomidagi o’simlik Moddalari kimyosi institutida kichik ilmiy xodim lavozimida ishladi. 2017 y-h/v Farmatsevtik kimyo kafedrasida aspiranti.

 

  Saidkarimova Nodira Botir qizi

Assistent

Telefon:+99871 256-23-35

Tugilgan kuni:1993 yil

E-mail:nodira_botirovna@mail.ru

2010-2015 yy Toshkent farmatsevtika instituti Kasb ta’lim yo‘nalishi talabasi. 2015-2017 yy  Toshkent farmatsevtika institutining “5A510501- Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya” mutaxassisligi bo‘yicha magistranti. 2017 y – h/v – Farmatsevtik kimyo kafedrasida assistent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda

 

  Mirraximova Tanzila Axrorovna

Katta o‘qituvchi

Telefon:+99894 615g‘86g‘24

Tugilgan kuni:1986 yil

E-mail: Mtanzila_1986@mail.ru

MEHNAT FAOLIYATI

 2004-2009 yillarda  Toshkent farmatsevtika instituti talabasi;2009-2011 yillarda  Toshkent farmatsevtika instituti magistranti; 2009-2011 yillarda 1-Respublika tibbiyot kolleji «Farmatsiya» kafedrasi o‘qituvchisi;2011-2012 yillarda Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti dekanati dispetcheri. 2012-2013 yillarda Toshkent farmatsevtika instituti «Farmatsevtik kimyo» kafedrasi stajyor-tadqiqotchi  izlanuvchisi;2013-2014 yillarda Toshkent farmatsevtika instituti «Farmatsevtik kimyo» kafedrasi katta ilmiy xodimi;2015-2017 Toshkent farmatsevtika instituti «Farmatsevtik kimyo» kafedrasi assistenti; 2018 yildan xozirgi vaqtgacha«Farmatsevtik kimyo» kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

 

  Yuldasheva Shoxidaxon Saitovna

Assistent

Telefon:+99899 849-27-74

Tugilgan kuni:1980 yil

E-mail:

MEHNAT FAOLIYATI

1991-1992 yillarda Toshkent farmatsevtika instituti “Farmasevtik kimyo” kafedrasida labarant lavozimida ishlagan. 1992-1997 Toshkent farmatsevtika instituti talabasi; 2003-2018 yillarda Toshkent 2-Respublika tibbiyot kollejida “Farmatsiya” kafedrasida o’qituvchi 2016-2018 yillarda 2-Respublika tibbiyot kolleji “Farmatsiya” kafedrasida mudir  lavozimida 2018-yildan farmatsevtika instituti «Farmatsevtik kimyo» kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy faoliyat

Kafedrada farmatsiya, kasb ta’lim, sanoat  farmatsiyasi yo’nalishlarida farmatsevtik kimyo fanidan 3-kurs talabalari uchun, 1 va 3-kurs talabalari uchun esa «Farmatsevtik kimyo» fanidan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2015-yildan boshlab kadrlar buyurtmachilarining talablari asosida ochilgan “farmatsevtik tahlil” va “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” yo‘nalishlari talabalari uchun kafedrada quyidagi yangi fanlar o‘qitila boshlandi, jumladan, «Dori vositalarining standartlash va sertifikatlash», Dori vositalarini sifatini ta’minlash”, “Dori vositalari taxlilining fizikoviy va fizikoviy-kimyoviy usullari”, “Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi“ va “GLP asoslari”

     

Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalariga “Farmatsevtik tahlil” va “Dori vositalarini sifatini nazorat qilish” fanlaridan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Bugungi kunga kelib yuqorida qayd etilgan barcha fanlarning fan va ishchi dasturlari, o‘quv re’jalari, o‘quv-uslubiy majmualari va o‘quv modullari (elektron) zamon talabi asosida qaytadan ko‘rib chiqildi,  tasdiqlandi va ulardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Kafedra xonalari yangi zamon talablari asosida instrumental asbob – uskunalar, proektorlar, kompyuterlar va eng oxirgi rusumdagi laboratoriya jixozlari bilan ta’minlandi. Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy o‘qitish usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda taqdimotlar qo‘llab olib borilmoqda. Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish yuzasidan keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda va takomillashtirilmoqda, jumladan “Farmatsevtik kimyo fanidan masalalar to‘plami”, “Dori vositalarining fizik-kimyoviy tahlil usullari”, “Современные аспекты контроля качества лекарственных” darsligi va «Портулак огородный» nomli monografiya, ”Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi”, “Dori vositalarini sifatini ta’minlash”, “Farmatsevtik kimyo” darsliklari va o‘quv-qo‘llanmalari chop etildi.

Kafedrada quyidagi rejalar asosida ma’ruza va laboratoriyamashg’ulotlari olib borilmoqda

Farmatsevtik kimyo kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun  “Farmatsiya”, “Kasb ta’limi”  va “Metrologia, standartlashtirish va mahsulot sifati meneghmenti(farmatsevtika sohasi boyicha)” yo’nalishlari uchunFarmatsevtik kimyo fanidanma’ruzalarining taqvimiy rejasi   (Reja 2017-yil 21-iyundagi kafedra majlisida muxokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №21)

Farmatsevtik kimyo kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun  “Farmatsiya”, “Kasb ta’limi”  va “Metrologia, standartlashtirish va mahsulot sifati meneghmenti(farmatsevtika sohasi boyicha)” yo’nalishlari uchunFarmatsevtik kimyo fanidanma’ruzalarining taqvimiy rejasi   (Reja 2017-yil 21-iyundagi kafedra majlisida  muxokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №1)

Farmatsevtik kimyo kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun, Sanoat farmatsiya fakulteti talabalari uchun, Farmatsevtik kimyo fanidanma’ruzalarining taqvimiy rejasi (Reja 2018 yil 30 avgust kafedra majlisida muxokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №1)

Farmatsevtik kimyo kafedrasi 2018-2019 o’quv yili uchun, Sanoat farmatsiya fakulteti talabalari uchun, Farmatsevtik kimyo fanidanma’ruzalarining taqvimiy rejasi (Reja 2018 yil 30 avgust kafedra majlisida  muxokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №1)

Farmatsevtikkimyokafedrasi 2018-2019 o’quvyiliuchun “Farmatsiya”, “Kasb ta’limi”  va “Metrologia, standartlashtirish va mahsulot sifati meneghmenti(farmatsevtika sohasi boyicha)” yo’nalishlari uchun Farmatsevtik kimyo fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining taqvimiy rejasi  (Reja 2018 yil 30 avgust kafedra majlisida muxokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №1)

Farmatsevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2018-2019o‘quv yili uchun integral ma’ruzalari

R E J A S I  (Reja 2018 yil 30 avgust kafedra majlisida muxokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №1)

Farmatsevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2018-2019o‘quv yili uchun ochiq ma’ruzalar

R E J A S I  (Reja 2018 yil 30 avgust kafedra majlisida muxokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma №1)

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlari haqida.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 70%ni tashkil etadi.

2018-2019 o‘quv yilida kafedrada 16 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bordilar. Ulardan 2 ta professor, 2 ta fan doktori, 6 ta dotsent, 7 ta fan nomzodi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari turli xil ilmiy texnikaviy va iinnovatsion loyixalar, davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqdalar. Jumladan, 1 ta fundamental loyiha (2018 y), 3 ta innovatsion loyiha (2018y).

–  IZ-2017091854 «Osvoenie proizvodstva jelchegonnogo preparata «Sinaron-bio»na osnove sыrya artishoka kolyuchego (Synara scolymus L.) vыraщivaemogo v Uzbekistane» (Mirraximova T.A. ishtirokchi).

  • PZ – 20171024184 «Razrabotka i standartizatsiya effektivnorgo lekarstvennogo sredstva na osnove sыrya ovsa posevnogo»(N.B.Saidkarimova ishtirokchi)

Kafedrada ta’lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda quyidagi innovatsion hamkorlik guruhlari faoliyat yuritmoqda:

  • SPOOO “Jurabek laboratories” korxonasi bilan xamkorlikda R.A. Xusainovaning doktorlik disseratsiyasi «Sefalosparin qator antibiotiklarni sifatini nazorat qilish» mavzusi yuzasidan, kafedra magistranti Maxmudova L. «Sefalosporinlar ishlab chiqarishda uskunalarni tozalash jarayonining validatsiyasi»  mavzusi, xamda BMI «Antibiotik qator dori preparatlarni spektrofotometrik usullarda taxlil qilish» mavzulari buyicha innavatsion loyixa tuzilgan va korxona bilan ilmiy tadqikot ishlarni olib borish yo’lga ko‘yilgan.
  • OOO ”DVSIM’’
  • DUK “Dori vositalari, tibbiy  ashyo  va  tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi”
  • O‘zRFAakadO.S.Sodiqov nomidagi Biorganik kimyo institute
  • O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi institute

Shuningdek kafedra xodimlari “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkalarida” faol ishtirok etib kelmoqdalar, jumladan Mirraximova T. Artishok o‘simligini yer ustki qismidan olingan quruq ekstrakti Respublika yarmarkasida qatnashdivafaolishtirokiuchundiplombilantaыdirlandi (2015, 2016 yy).

Kafedra pedagoglari bugungi kunda doktorlik DSc va PhD dissertatsiyalari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, jumladan:

T /r Tadqiqotchining F.I.SH. Mavzuning nomi, mutaxassislikshifri Ilmiyrahbar, lavozimi, unvoni
1 Yunusxo’jayeva N.A. Nastoyka va ekstraktlarni standartlashdagi yangi metodologik yondashuv V.N. Abdullabekova

f.f.d. prof.

2 Toshpo‘latova A Analiz i standartizatsiya i szdanie lekarstvennыx sredstv na osnove koordinatsionnыx soedineniy ryada 3 – D metalov s shirokim spektrom farmakologicheskogo deystviya Yunusxo’jayev A.N.

f.f.d. prof.

3 Xusainova R.A. Razrabotka metodov standartizatsii i kontrolya kachestva antibiotikov sefolosporinnogo rya Ubaydullayev K. A.

k.f.n. prof.

4 Zaripova N.A. Razrabotka i standartizatsiya fitopreparata gepatopratektornogo deystviya na osnove mestnogo sыrya Fumariae Vaiantii L. Q.A.Ubaydullayev

k.f.n. prof.

5 A.A. Jo’rayeva Mahalliy xom ashyo asosida olingan “Parodonfit” dori vositasini  standartlash. V.N. Abdullabekova

f.f.d. prof.

6 Mirzayeva M.M. Vinkanidinni o-metil efirini xlormetilati-metvidinni olish Q.A. Ubaydullayev

k.f.n. prof.

 1.Xusainova Rayxona Ashrafovna – «Sefalosparin qator antibiotiklarni sifatini nazorat qilish» mavzusidagi  doktorlik DSc  dissertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2016.1.Far36 raqam bilan ro‘yxatga olingan.

2.Toshpo’latova Aziza Dilshodovna – «Sozdanie, standartizatsiyanovыxbiokompleksov So(II), Zn(II) iizuchenieixsostavov» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2017.2.Far10 raqam bilan ro‘yxatga olingan.

2017-yilda kafedra xodimi Mirraximova T.A. Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya 15.00.02 DSc.27.06.2017.FAR.32.01PhD darajasini olish uchun “Tikanli artishok (CYNARASCOLYMUS L.) xomashyosi va quruq ekstraktini standartlash” mavzusi bo‘yicha ximoya qildi.

Kafedraning iqtidorli talabalari Xorij oliy ta’lim muassasalarida magistratura va PhD doktoranturalarida o‘qimoqdalar, jumladan:

  • Azizov Shavkat Ismatovich Toshfarmi va CHangvon Universitetining o‘zaro xamkorlik shartnomasi asosida  PhD ilmiy darajasini olish uchun
  • Shamshiddinova M. Toshfarmi va Changvon Universitetining o‘zaro xamkorlik shartnomasi asosida PhD ilmiy darajasini olish uchun

Oblayorov S. Toshfarmi va Changvon Universitetinin o‘zaro xamkorlik shartnomasi asosida  magistratura darajasini olish uchun.

Bakalavriatura talabalari respublika olimpiadalarida qatnashib  sovrinli o‘rinlar va diplomlar  bilan taqdirlangan:

1.3-kurs sanoat farmatsiya fakulteti Zokirova X. M.Azizov  nomidagi stipendiyasi mukofoti nomzodi –ilmiyraxbar

2.R.A.Xusainova ilmiy raxbarligida Zokirova X. 3-kurs 3-gurux talabasi TIJ 2017-yildagi anjumanida 1-o‘rin sovrindori bo‘lgan.

3.Farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Xusenov Vose kimyo fani bo‘yicha Respublika olimpiadasida qatnashib, faxriy yorliq bilan taqdirlandi  (2017-yil)

Kafedra pedagoglarining ilmiy tadqiqot natijalari xalqaro ilmiy jurnallar saxifalarida doimiy chop etilib boriladi va GoogleScholar tizimlarida iqtiboslik darajasiga ega. Masalan, Tabiiy birikmalar kimyosi, “Farmatsiya”, “Jurnal Strukturnoy Ximii” Rossiya, “Health Education Researchissue” AKSH, Ejemesyachnы nauchnыy jurnal “Scientific-researches», Moldaviya, “Austria science” kabi jurnallar.

Kafedra professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq etilmoqda:

  • “Nastoykakalendulы” OOO Ziyofarm.SHahodatnoma №01516/05/17.FS 42 Uz-22477731-3096-2017
  • “Nastoykapersastruchkovogo” OOO Ziyofarm.SHahodatnoma 01847/11/17. FS 42 Uz-22477731-3209-2017
  • Koamid substansiya “Remedy Group”.  FSP 42 Uz-22175941-3036-2016
  • Koamid 1% rastvordlyain’eksiy “RemedyGroup”FSP 42 Uz-22175941-3037-2016
  • Tikanli artishok barglari“Remedy Group”. SHahodatnoma 01212/12/16KFM 42 Uz -22175941-2998-2016
  • Tikanli artishok barglari quruq ekstrakti “Remedy Group”. SHahodatnoma 01213/12/16KFM 42 Uz -22175941-2997-2016
  • “Inrolin” SPOOO “Jurabeklaboratoris”FSP 42 Uz-16327128-0761-2014
  • “Sefast”SPOOO “Jurabeklaboratoris”FSP 42 Uz-16327128-0762-2014

Kafedra xodimlari tomonidan 2018 yil sentyabr xolatiga ko‘ra 21 ta maqola va tezislar chop etildi. Jumladan  maqolalar – 5 ta , bulardan xalqaro davlatlarida -3  ta,tezislar – 13 ta, bulardan MDX davlatlarida – 2.

Farmatsevtik kimyo kafedrasida amalga oshirilayotgan ma’naviy ma’rifiy ishlar.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi xodimlari tomonidan xalqaro miqiyosidagi chop etilga ilmiy maqolalar

Farmatsevtik kimesi kafedra xodimlari tomonidan Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalar

Farmatsevtik kimesi kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan xalqaro tezislar (yillar kesimida soni)

Yillar Xalqaro tezislar soni
1 2014 10
2 2015 4
3 2016 13
4 2017 13
5 2018 (sentyabr xolatiga) 2

Farmatsevtik kimesi kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan maxalliy tezislar (yillar kesimida soni)

Yillar Maxalliy tezislar soni
1 2014 14
2 2015 30
3 2016 55
4 2017 20
5 2018 (sentyabr xolatiga) 11

 2017-2018 o‘quv yili

Institut  ma’naviy-ma’rifiy rejasi asosida kafedraning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari rejalari ishlab chiqildi. O‘qituvchilar ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha 3 xil yo‘nalishda xisobot tayyorlashlari aytib o‘tildi, ya’ni kafedrada bajariladigan, murabbiylar rejasiga asosan va talabalar turar joyida bajariladigan   ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha xisobot berib boriladi.

Respublika Oliy ta’lim vazirligi tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan odob axloq qoidalari bilan akademik guruhlarda va guruh murabbiysi tomonidan guruh talabalarini tanishtirish, talabalarning darslarga o‘z vaqtida borishligi kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik institut ichki tartib intizomiga bo‘ysinish, har bir darsga borganda guruh jurnalini olib borish va o‘zlashtirish jarayonini o‘z vaqtida jurnalga qayd etish, va guruh jurnaliga talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish asosida tushuntirish ishlari ham olib borildi. “Ustozlik sharafi va ma’suliyati”- xaqida suhbatlashildi va ma’ruza o‘qib eshittirildi.  Talabalarga dars qoldirmaslik, vaqtida darsga kelish puxta bilimlarni egallash tayinlandi.Shu bilan birga institutda kiyinish madaniyati haqida gapirildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini yuqori saviyada va keng miqyosda nishonlash xaqida suxbat  olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan “Go‘zal va betakrorimsan muqaddas Vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim” mavzusida, hamda xozirgi davrdagi O‘zbekistonda bo‘layotgan tub isloxotlar xaqida  davra suhbati olib borildi.

     

Xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan ishlash bo‘yicha: talabalarning ro‘yxati va yashash manzillari bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirildi. Bu boradagi ishlarni tashkil etishda mahalla fuqarolar yig‘inlari, uchastka-profilaktika nozirlari bilan hamkorlikni kuchaytirildi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalarning madaniyat maskanlari (teatr, muzey, tasviriy va ijodiy ko‘rgazmalar h.k.)ga tashriflarini uyushtirish.

Barcha birinchi bosqich  talabalari  Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga a’zo bo‘ldilar va dekanat xodimlariga ma’lumot topshirdilar

Muxitdinova K.SH.talabalar bilan suxbat olib bordi.

     

Talabalarni axborot soatlari materiallari bilan tanishtirib borilmoqda. Ma’naviyat kunlarida faol ishtirok etilmoqda.

Muntazam talabalar turar joyida reja asosida suxbatlar o‘tkazilib turildi. Talabalar turar joyida va institutda talaba-qizlarni sharm-hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilib, muomala, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan “Madaniyat”larning talaba-qizlar orasida tarqalishiga oldini olish ruknida suhbat kabi turli mavzularda olib borildi.

Kafedra xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy xom ashyolar asosida ishlab chiqilgan yangi tarkibli “Tukli erva quruq ekstrakti”, “Gemostat”, “Sinnarin”, “Parodonfit”va “Fumarinil” “Sinaron Bio” kabidori vositalari 6-innovatsion yarmarkaga taqdim etilib, ishlab chiqaruvchilarga tanishtirildi.

IP- center “Intellektual mulk soxasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan o‘tkazilgan seminar treningda farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsentlari N.A.Yunusxodjayeva va R.A.Xusainova qatnashdilar. Seminar treningda “Patent axborot qidiruvi” mavzusida malakali mutaxasislar ixtirolar IX, sanoat namunalari SN, foydali modellar FM, o‘simliklar navlari O‘N va hayvon zotlari HZ, hamda: ixtirochilar va patent egalarining huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar berdilar. Ma’ruzadan so‘ng amliy mashg‘uloti olib borildi.

     

     

03.10.2018, 12:05   2901