Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi

Fayziyeva Ziyoda Turayevna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

(0 371) 256-06-54

Veb-sayt:

Kafedra tarixi 

Farmakologiya fiziologiya fani bilan kurs sifatida institut tashkil qilingan 1937-yili ochilgan Uni professor N.N. Kompansev va ass. M.B.Sultanov olib borishgan. 1942-1948 yillar ushbu kursni dotsent M.I.Olshanskiy, 1948-1957 yillar dotsent R.S.Soatov, 1958-1961 yillar dotsent I.K.Komilovlar  boshqarishgan. 1961-yildan boshlab esa fiziologiya kafedrasi qoshida mustaqil farmakologiya kursi tashkil qilindi va mudiri qilib dotsent M.A.Aripov tayinlandi. 1972-1977 yillarda kursga dotsent M.N. Maxsumov raxbarlik qilgan. Bu davrda farmakologiya kafedrasi aloxida kafedra bo‘lib shakllandi.

Maxsumov Minxoji Nosirovich 1994-yilgacha kafedraga mudirlik qilib keldi. Kafedraning shakllanishida, o‘quv-uslubiy ishlarning yo‘lga qo‘yilishida, ilmiy yo‘nalishning rivojlanishida M.N.Maxsumovning xizmatlari kattadir. Professor M.N.Maxsumov 2 ta nomzodlik, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlandi, farmakologiyadan bir qator o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalar yaratildi. 1997-yilda “Farmakologiya” darsligi chop etildi, respublikada eng yaxshi o‘quv adabiyoti deb topildi va 2006-yilda qayta nashr qilindi. M.N.Maxsumov tomonidan o‘qilgan ma’ruzalar video tasvirga olindi va yaqin vaqtlargacha foydalanib kelindi.

1990-yildan boshlab kafedra qoshida farmakoterapiya kursi tashkil qilindi va klinik farmatsiya fanini talabalarga o‘qitish boshlandi. 1997-yildan farmakokinetika fani aloxida dars sifatida o‘tila boshlandi.

 

Aliyev Xabibulla Ubaydullaevich 1994-yildan 2010-yilga qadar kafedraga t.f.d. professor mudirlik qildi. Professor X.U.Aliyev raxbarligida kafedraning o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatida bir qator Yutuqlar qo‘lga kiritildi. Kafedrada biologik faol moddalar va dorivor o‘simliklar preparatlari ustida farmako-toksikologik tadqiqotlar olib borilib, 30 dan ortiq preparatlarni tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat olindi. Shulardan “Sharq tabibi balzami”, “Fitopassit”, “Ferask”, “Mumiyo asil”, “Kobalt-30” va boshqalarni sanab o‘tish mumkin. X.U.Aliyevning ishtirokida 3 ta darslik, 5 ta monografiya, 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, ko‘plab  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Professor X.U.Aliyev raxbarligida 20 ta ishga patent olindi, 5 ta doktorlik va 17 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilindi. Turli yillarda kafedraning o‘quv – uslubiy va ilmiy ishlariga xissa qushganlardan: M.J. Allayeva, SH.M.Muzrabekov, M. A. Aripov, M. M. Malikov, T.T. Raximovlarni aloxida qayd etib o‘tishni lozim topdik.

Mudir haqida ma’lumot va erishgan yutuqlari

Fayzieva Ziyoda Turaevna 1970 yilda Samarkand viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1997 yilda 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutini tugatib, sanitariya, gigiena, epidemiologiya shifokori mutaxassisligini olgan (Dip. №188260). 2002 yildan buyon tibbiyot fanlari nomzodi. Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshidagi D.087.01.01. ixtisoslashgan ilmiy kengashda  «Farmakologicheskoe issledovanie shtok rozi e biologicheski aktivnыx veshestv» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

Toshkent farmatsevtika institutining Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasida 1998-2003 yillarda kichik ilmiy xodim, 2003 yildan farmakologiya kafedrasi assistenti, 2006 yildan “farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlagan.

Pedagogik faoliyat bilan birga Z.T.Fayzieva maxalliy xom ashyolar asosida olingan yangi dori vositalarining farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish yo‘nalishidagi ilmiy ishlarini davom ettirdi

Nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangandan keyingi davrda 50 dan ortik ish e’lon kilgan, shulardan 1 ta ma’ruzalar matni, 19 ta ilmiy maqola, 19 ta tezis, 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalar xisoblanadi. 1 ta patentga muallifdoshlik qilgan. Gipoglikemicheskoe sredstvo. (Patent RUz ot 9.10.2001 g.  № IDP 20010873. Aminov S.N. Salieva L. M. Aliev X.U. Fayzieva Z.T.). 2011 yil TTA D.01.01-Ixtisoslashtirilgan Kengashida “Farmakologiya biologicheski aktivnыx veщestv, vыdelennыx iz STEVIYA REBAUDIANA B., RHODIOLA SEMENOVII A, HELIANTHUS TUBEROSUS L.” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya kildi. Ilmiy maslaxatchi tibbiyot fanlari doktori, professor Z.Z.Xakimov. 2012 yil 31 mayida O‘zR OAK 187/1 son karoriga ko‘ra Z.T.Fayzievaga tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan.

Doktorlik dissertatsiyasini bajarish davomida Z.T.Fayzieva tomonidan  2- turdagi qandli diabetning ishlatish uchun mo‘ljallangan va steviya, ernok, rodiola o‘simliklari asosida olingan dori vositalarining farmako-toksikologik xususiyatlari to‘liq o‘rganilgan.

2004-2006-yillarda Z.T.Fayzievaning ilmiy ishlari Moskvadagi “Chelovek i lekarstvo” nomli XI – XIII Rossiya milliy kongressi to‘plamlarida bosilib chiqdi.

2009 yilda Z.T.Fayzievaning “Vliyanie glikorazmulina na bioximicheskie pokazateli krovi pri alloksanovom diabete” nomli maqolasi Moskvada “Problemi endokrinologii” jurnalida chop etildi.

2010 yilda Z.T.Fayzievaning “Influence of glycorazmulin on the parameters of carbohydrate metabolism in alloxane diabetes» va «Effect of  garlspin and glicoinuvit tablets on carbohydrate and lipid metabolism in alloxan diabetes» nomli maqolalari CHexiyaning «Medical and Health Science Journal»ida chop etildi.

2015 yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan «Science in the modern information society V” nomli ilmiy-amaliy anjumanda o‘z ilmiy materiallari bilan ishtirok etdi. 2016 yilda Z.T.Fayzievaning ilmiy maqolalari Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti tomonidan nashr etiladigan «Cambridge Journal of Education and Science»da chop etildi.

Bundan tashqari Z.T.Fayzievaning ilmiy izlanish natijalari Moskva, Sankt-Peterburg, Armaniston, Ukraina, Turkiyada o‘tkazilgan bir qator ilmiy anjumanlar materiallariga kiritilgan. 2 ta monografiya muallifi.

Toshkent farmatsevtika institutining farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida talabalarga  ma’ruzalar kelmoqda.

Z.T.Fayzieva Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi 16.07.2013.Far.21.01 raqamli fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi “Farmatsiya va farmakologiya” muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zosi hisoblanadi.

Kafedra shu vaqtga qadar erishgan yutuqlari

Z.T.Fayziyeva rahbarligida farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kiritish, xorijiy va respublikamizning etakchi ilmiy muassalari bilan hamkorlik qilish borasida bir qator yutuqlarga erishildi. Kafedrada 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ishlar davom ettirilmoqda:

O‘simliklardan olingan BAMlar va ular asosida yaratilgan preparatlar farmakologiyasini o‘rganish

Mikroelement va kimyoviy moddalar saqlovchi BAMlar farmakologiyasini o‘rganish.

Davlat grantlari, faxrli unvonlar, Respublika va xalqaro faoliyatdagi Yutuqlar professor – o‘qituvchilarning faoliyati yanada jadallashdi. O‘quv jarayoni kafedraning kutubxonasi, elektron ma’lumotlar bazasi, ayniqsa, amaliy laboratoriya faoliyati bilan boyitildi. Nazariy bilimlarni eksperimental tadqiqotlar, antropometrik tekshiruvlar, animatsion-virtual prezentatsiyalar bilan olib borilishi an’anasi o‘quv jarayoniga tadbiq etildi.  Ma’ruzalar 100% prezentatsion shaklga o‘tib, amaliyot darslari to‘laqonli laborator eki animatsion dastur bilan bog‘landi.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining mudiri Fayziyeva Z.T klinik baza bilan hamkorlikdagi faoliyati mobaynida klinik farmatsevtik ta’lim borasidagi salmoqli xissalardan yana biri – “Klinik farmatsiya” yo‘nalishi talabalarini klinik bilim va saviyalarini oshirish maqsadida  farma va rivojlanishidadir. Bunda kafedra bazasining professor-o‘qituvchilari tibbiyot va farmatsevtikaning dolzarb masalalari – ratsional farmakoterapiya, fitoterapiya, klinik farmakologiya va farmatsiyaga oid  ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etmoqdalar. Institutimizning rektori hamda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorining amaliy yordami bilan kafedramizning tobora rivojlanayotgan klinik bazasi Toshkent farmatsevtika institutining pedagogik hamda klinik amaliyotdagi ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Kafedra jamoasi haqida batafsil ma’lumot

Bugungi kunda farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida 31 ta  professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Kafedra tarkibida jami 5 ta bo‘limlar faoliyat yuritmoqdalar. Ular:  “Farmakologiya” bo‘limi, “Fiziologiya va patologiya” bo‘limi, kafedraning “klinik bazasi”, jismoniy madaniyat va sport bo‘limi, kafedra qoshidagi laboratoriyadir.

“Farmakologiya” bo‘limi

Tulyaganov Rustam Tursunovich

Kafedra dotsenti

Tel.:(0 371) 256-06-54

Tug’ilgan yili:1956-yil

E-pochta:

Tulyaganov R.T. 2012 yil 20 fevraldan 2018 yil 14 fevralgacha Toshkent farmatsevtika institutining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan.

Biologiya fanlari doktori.,dotsent. 140 dan ortiq ilmiy-metodik ishlar muallifi, shu jumladan  4 ta o‘quv-metodik, 1ta monografiya, 2ta patentlar.

Rustam Tursunovich tashabusi bilan, institutda Tibbiy biologik tadqiqotlar   laboratoriyasi tashkil qilindi (2017 yildan  Koordinatsion brikmalar va biologik faol moddalarfarmakotoksikologik tahlili laboratoriyasi ). Ushbu laboratoriya orginal va genirik preparatlarni farmakologik faolligini va bezararligini o‘rganadi.

Uning shu kungacha bo‘lgan ish faoliyatida institutda 12 ta ilmiy grant  proektlari, 22 ta xo‘jalik shartnoma ishlari bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tekshirish institutlari va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash ilmiy Markazlari bilan o‘zaro ilmiy-pedagogik hamkorlik to‘g‘risida 20 dan ortiq shartnomalar tuzildi.

2012-2017 yillar davomida institutda 14 ta fan doktorlik(DSc) va 3ta falsafa doktori(PhD) dissertatsiyalari ximoya qilindi. Institutning ilmiy saloxiyati 59% ni tashkil qiladi. .

2012-2017 yillarda institut o‘zining ilmiy ishlamalari bilan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyixalar Respublika yarmarkalarida qatnashib kelgan. Institutdagi ilmiy-o‘kuv ishlarini olib borish uchun institut qoshida Dori vositalarini standartizatsiyasi ilmiy Markazi tashkil qilingan bo‘lib, Markaz zamonaviy asbob-uskunalar bilan jixozlangan. Institutdagi magistrantlar va doktarantlar, dissertatsiya ishlarini tajribalarini, ushbu Markazda olib boradilar.

Tulyaganov Rustam Tursunovich institutda ilmiy ishlarga raxbarlik qilish bilan birga, institutning farmatsiya kafedrasida farmakologiya fanidan  ma’ruzalar o‘qiydi.   U Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.27.06.2017.Far.32.01 raqamli ilmiy kengashning a’zosi va ilmiy kotibi,   O‘zR SSV qoshidagi Dori vositalari,tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat Markazi.Davlat unitar korxonasi  farmakologiya qo‘mitasining prizdidumi a’zosi. O‘zR SSV qoshidagi «Etika» qo‘mitasi va «Farmatsiya va farmakologiya» muvaffiqlashgan kenash a’zosi hisoblanadi.

2015 yilda Rustam Tursunovich «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

U kamtarin, mehnatsevar, prinsipial, xar ishda tashabbuskor, jur’atli, o‘z kasbdoshlariga nisbatan mehribon bo‘lib, institut hodimlari va talabalar orasida katta xurmatga sazovor.

 

Shilsova Nataliya Vasilevna

Kafedra dotsenti

Tel.:(0 371) 256-06-54

Tug’ilgan yili:1956-yil 

E-pochta:

1981-yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan. 1990-1998yy.–Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya” kafedrasi assistenti, 1991 yili “Farmakologiya” (14.00.25) bo‘yicha dissertatsiya ishini yoqladi. 1998-2002yy.–Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya” kafedrasi katta o‘kituvchisi, 2002-2005yy.–Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya” kafedrasi dotsenti, 2005-2007yy.–Toshkent farmatsevtika instituti “Tibbiy fanlar” kafedrasi dotsenti, 2007y.-h.v–Toshkent farmatsevtika institutining “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi dotsenti. Xozirgi kungacha 35 ta ilmiy ishlari maqjud bo‘lib, shulardan maqolalar chop ettirgan hamda 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi.

 

Saydaliyeva Feruza Avazxanovna

Kafedra katta o‘qituvchisi

Tel.:(0 371) 256-06-54

Tug’ilgan yili:1973-yil 

E-pochta:

1996-1997 yy.–Toshent shahar 25-oilaviy poliklinikasi vrach-pediatr. 1998-2004 yy.–Toshkent shahar 39-oilaviy poliklinikasi  vrach-pediatr. 2004-2007 yy.–Toshkent farmatsevtika instituti “Tibbiy fanlar” kafedrasi assistenti. 2007-2014yy.–Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi assistenti. 2014 y.-h.v.–Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2010-yildan  h.v. intitut Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi. Xozirgi kungacha 4 ta maqola(shulardan bittasi xorijda), 28 ta tezis, 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘qu qo‘llanma.

 

Raximova Dilorom Orifjonovna           

Kafedra Dotsenti  

Tel.: 91 620-89-99

Tug‘ilgan yili: 1967-yil

E-pochta: dilorom.uz67@mail.ru

1990-yil Andijon davlat tibbiyot institutini bitirgan. 1990-1992 yy Andijon davlat tibbiyot instituti qoshida “Neonatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturani tugatgan. 1999-2002 yy “Pediatriya” mutaxassiligi bo‘yicha aspiranturani tugatib, 2004-yil nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.  1992-2009 yy Andijon davlat  tibbiyot instituti “Umumiy pediatriya” kafedrasi assistenti lavozimida, 2009-2018 yy shu institutda “Gospital pediatriya” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2018 y x. v – Toshkent farmatsevtika institutining “ Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi dotsenti. Xozirgi kungacha 20 dan oshiq ilmiy maqola,  100 dan oshiq tezislar, 20 ta o‘quv  qo‘llanmalar  1 ta darslik va 2 ta patentlar muallifi.

 

Sultanova Ra’no Xakimovna

Kafedra katta o‘qituvchisi

Tel.: (0 371) 256-06-54

Tug’ilgan yili:1980-yil 

E-pochta:r_m_j_sultanova@mail.ru

2005-yilda Toshkent farmatsevtika institutini farmatsiya yo‘nalishi bakalavriyatini bitirgan, 2007-yilda Toshkent farmatsevtika instituti klinik farmatsiya yo‘nalishi magistraturasini bitirgan. 2007-2016 yy- Toshkent farmatsevtika institutining “Farmakologiya va klnik farmatsiya” kafedrasi assistenti, 2016y va h.v.- Toshkent farmatsevtika institutining “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Hozirgi kungacha 1ta ilmiy metodik qo‘llanma, 6 ta ilmiy maqola, 15 ta tezis, 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llanmalar muallifi.

 

Moyliev Gayrat 

Kafedra assisenti          

Tel.: 99 847-63-30

Tug‘ilgan yili: 1973-yil

E-pochta: gmoyliev@mail.uz

 

1996-yil Samarqand davlat tibbiyot institutini bitirgan. 1996-1997 yy Karshi shaxar Viloyat onalar va bolalar shifoxonasida bir yillik internatura utagan. 1997-2007 yy Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ishlagan. 2007-2015 yy Toshkent shaxar TTYO stansiasida ishlagan. 2018 yil sentiyabrdan Toshkent Farmasevtika institutida faoliyatini boshladi.

 

Soliyev Shoir Umarovich

Kafedra kabinet mudiri

Tel.: +998 97 330-12-76

Tug’ilgan yili:1991-yil

E-pochta:

2012 – 2016 yy. Toshkent fatmasevtika institute talabasi. 2016 y. h.v. Toshkent farmasevtika institutining “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi kabinet mudiri.

 

Usmanova Zakira Usmanovna

Kafedra PhD-doktoranti, 0.5 assistenti

Tel.:(0 371) 256-06-54

Tug’ilgan yili:1965-yil

E-pochta:

1987-yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan, biolog. 1987-1993 yy.–Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanidagi, 52 maktabda ximiya-biologiya o‘qituvchisi, 1993-1995 yy.–Toshkent farmatsevtika instituti, botanika kafedrasi katta laboranti, 1995-1999 yy.–Toshkent farmatsevtika instituti MITL da kichik ilmiy xodimi. 1999-2007yy.–Toshkent farmatsevtika instituti, botanika kafedrasi assistenti. 2007-2009yy.– Toshkent farmatsevtika instituti, botanika, fiziologiya va mikrobiologiya kafedrasida katta o‘qituvchi. 2009-2011 yy.–Toshkent farmatsevtika instituti, farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi assistenti. 2011-2014 yy.–Toshkent farmatsevtika instituti, farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi kabinet mudiri. 2014-2016 yy.– Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi assistenti. 2016-2017yy. Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi  katta ilmiy xodim izlanuvchi. 2017-yildan Tayanch doktorantura PhD(3-boskich). Ilmiy maslaxatchi t.f.d.,dotsent Fayziyeva Z.T. Xozirgi kungacha 28 ta ilmiy makola va tezislar chop ettirgan.

“Klinik baza”

 Zamonaviy tibbyotning asosiy yo‘nalishlaridan biri – farmakoterapiyadagi individual davolash, xavfsiz va samarali davolash tamoyillarida “Klinik farmatsiya” yo‘nalishining ahamiyati ortib boryapti.

Bu borada pedagogik faoliyatni kafedra farmatsiya yo‘nalishi talabalariga “Klinik farmatsiya” fanini o‘qitishdan boshlagan edi. Ushbu fanning metodologiyasi boshqa klinik va xatto, farmatsevtik fanlardan tubdan farq qilgandi. Bu borada farmatsevt o‘zining faoliyatida ko‘p uchraydigan simptom, sindromlarga, retsepsiz beriladigan preparatlarni farmakoterapiyasida ratsional tamoyillarga axamiyat berishiga oid jixatlarga aloxida e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonda birinchi bora Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida tibbiyot hamda farmatsevtikada dolzarb hisoblangan  klinik farmatsiya, farmatsevtik yordam, fitoterapiya fanlari o‘quv jarayoniga kiritildi.

Xozirgi paytda kafedramizning klinik bazasi klinik farmatsiya yo‘nalishidagi talabalarga 4 ta fan bo‘yicha amaliyotga javobgardir Ular: ichki kasalliklar propedevtikasi, ichki kasalliklar asosi, klinik farmakologiya, va farmakoterapiya. Yakunlovchi bosqich talabalarga ushbu fanlardan Davlat imtixonlari topshiriladi.

Klinik farmatsevt kadrini tayyorlash borasida faoliyat etuk mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda. Ular prof. Mavlyanov I.R., prof. Daminova L.T., dotsent Kats P.S., dotsent Kasimov A.Sh. Klinik farmatsevt talabalari bilan ta’lim jarayoni davolash-profilaktika muassasasida bevosita bemorning to‘shagida amalga oshiriladi.

     

     

     

     

Qosimov Abror Shokirovich

Kafedra dotsenti

Tel.:+99890 933-95-43

Tug’ilgan yili:1976-yil 

E-pochta:drkosimov@inbox.ru

1994-2001 yy.-Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti talabasi, mataxassisligi – “Davolash ishi”. 2001-2003 yy. – Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot instituti “Klinik farmakologiya” kafedrasi klinik ordinatori. 2003-2006 yy. – Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot instituti “Klinik farmakologiya” kafedrasi aspiranti. 2007-yili “Ba’zi o‘t haydovchi dori vositalarining surunkali toshsiz xoletsistit bemorlarida me’da va ichakning funksional holatiga ko‘rsatadigan ta’sirlari” mavzusida “Klinik farmakologiya”(14.00.42) ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiya ishini yoqladi. 2006-2012 yy. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi «Klinik farmakologiya» kafedrasi assistenti. 2012-yildan Toshkent Farmatsevtika Instituti «Farmakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 2015-yil (03№007466) “Farmakologiya va klinik farmakologiya” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmakologiya va farmatsevtika Muvofiqlashtirish kengash tarkib a’zosi. Shuningdek Toshkent farmatsevtika instituti Tibbiy-biologik kengashi a’zosi. Xozirgi kungacha xammuallifligida 80 ta ish e’lon qilingan, shulardan 1 monografiya, 3 ta uslubiy, 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1 patent, 51 ta ilmiy maqola va 20 ta tezis.

 

Kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy faoliyat haqida ma’lumot. Kafedrada olib borilayotgan o‘quv ishlar (O‘tilayotgan fanlar, rejalar,vazifalar, mavzular, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ochiq ma’ruzalar ro‘yhati)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  1. Farmakologiya
  2. Klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan
  3. Farmatevtik yordam
  4. Birinchi tibbiy yordam
  5. Ichki kasalliklar asosi
  6. Ichki kasalliklar propedevtikasi
  7. Klinik farmakologiya

 VAZIFALAR

  1. Bemor serjaxillikni bartaraf etish uchun uzoqvaqtgacha preparat qabulqilib yurgan vaqtda unda tumov, yutal xotiraning pasayishi kayd kilingan. Bemor qanday preparat qabulqilgan va paydo bulgan asoratlarni qanday choralar bilan bartaraf qilish mumkin?
  2. Bemorga tuzilishi efir bog‘li anestetik berish chegaralgan, ularning o‘rniga qaysi mahalliy anestetiklar buyurish mumkin?
  3. Bemorga og‘zini chayish uchun modda buyurilgan. Og‘zini chaygandan keyin bemor ta’m sezishni pasayganligini, anemeniya-ya’ni mahalliy karaxtlikni sezdi. Ushbu moddani o‘tkir zaharlanganda ham qo‘llash mumkin. Bemorga buyurilgan modda guruhini va guruhchasini aniqlang.
  4. Bemorga me’da-ichak kasalliklarida 10 kun mobaynida 3 mahaldan ichish uchun yallig‘lanishga va yaraga qarshi ta’sirli modda buyurilgan. Moddani kukun, tabletka, pasta, surtma holida buyurish mumkin. Bemorga buyurilgan modda guruhi va guruhchasini aniqlang.
  5. Psixomotor kuzgalishlar va arterial bosimli bemorga mushak orasiga preparat yuborildi, natijada psixomotor kuzgalish xuruji susaydi va arterial bosim pasaydi. Bemorga kaysi preparat berilgan?
  6. Astenodepressiv xolati va xarakati faoliyati susaygan bemorda medikamentli davo kursi utkazildi.Buning natijasida bemor kayfiyati kutarildi, uzini yaxshi xis qildi, xarakat faoliyatini susayishi kamaydi.
  7. Bemorgakaysi preparat berilgan?
  8. Bemorning qorinda og‘riq, qorin dam bo‘lishi, qorin g‘uldirashi, ko‘ngil aynishiga qarshi shifokor bemorga 1,5 gdan kuniga 3 mahaldan ichish uchun dori buyurdi. Dorini iste’mol qilgandan keyin bemorning axlati to‘q qora tusga kirdi. Bemorga qaysi dori guruhi tavsiya etilgan?
  9. Bemorga huqna qilish uchun uxlatuvchi dori buyurilgan. Uxlatuvchi dorining shilliq qavatlarni qitiqlovchi xossasini kamaytirish maqsadida o‘simlik mahsuloti bo‘lgan modda qo‘shib mikstura holida buyurildi. Uxlatuvchi dorining nojo‘ya ta’sirini kamaytiruvchi modda guruhini aniqlang.
  10. To‘satdan xushidan ketgan bemorga tez yordam ko‘rsatish maqsadida shifokor dokaga shimdirilgan dorini burun teshigiga yaqinlashtirib ushlab turgandan so‘ng, bemor hushiga keldi. Ushbu dorining 5-10 tomchisini 100ml suvda suyultirib qustiruvchi modda sifatida ichishga, hasharotlar chaqqanda va jarrox qo‘lini yuvish uchun ham ishlatish Dori moddasini aniqlang.
  11. YUrak etishmovchiligi, jigar sirrozi bilan yotgan bemorga klinikada digitalizatsiya kursi utkazildi.Bemor 3 kun mobaynida digitoksini shu kurs uchun maxsus dozani oldi. SHundan keyin dimlanish belgilari kamydi. Lekin 4 sutkada bemorda kungil aynish, kusish,bradikardiya,ekstrosistoliya kuzatildi.
  12. Buasoratlarningsababinima?
  13. Surunkali yurak etishmovchiligi va yakkol shishlari kuzatilgan bemorlarni naperstyanka preparati bilan davolanmokda.SHishlarni bartarf qilish uchun dixlotiaziddan foydalanildi.SHundan sung bemorda yurak glikozidlari bilan zaxarlanish yuzaga keldi.
  14. Intoksikatsiya sababinima?
  15. Unioldiniolishchoralariqanday?
  16. Stenokardiyani xurujini bartaraf etish uchun shifokor bemorga til ostiga qo‘yish uchun dori buyurdi. Ushbu dorini mialgiyada, nevralgiyada sirtdan, migrenda esa qalamcha shaklida  qo‘llash  Dori moddasini aniqlang.
  17. Statsionarga shok oldi xolatida kukrak kafasi yaralangan bemor tushdi, bemorda doim yutal,kon tupurish xam bor.Qanday preparat bir vaqtning uzida shokka, yutalga Karshi xususyatiga ega ?Bu esa o‘pkadagi kon ketishini tuxtatishda katta axamyatga ega Bemorga kaysi preparat berilgan?
  18. Shifokor oshqozon sohasidagi og‘riqka shikoyat qilgan bemorga boshqa dorilar bilan birga mahalliy anestetikni 1 kukundan 3 mahal og‘riq qoldirish maqsadida buyurdi. Qaysi anestetik buyurilgan?
  19. Bemor uzok vaqt dori qabulqilgan.Kunlardan bir kuni bemor yuzi shishganligini sezib koldi va shifokorga murojat qildi.Bemorning siydigi tekshirilganda oksil, silindrlar topildi.Bemor qanday dori qabulqilgan .Bunday xolatning sababi nima?
  20. Bemorga ko‘zning  shox pardasida o‘tkaziladigan operatsiyadan oldin shox pardani qitiqlovchi xossasini kamaytirish uchun adrenalin  eritmasi qo‘shilgan    yuza anesteziyada qo‘llaniladigan dori ko‘zga tomizildi.  Ushbu  anestetikni aniqlang.
  21. Kovuk atoniyasi bilan xastalangan bemorga dori vositasi buyurilgan edi. SHundan sung bemorda peshob ajralishi me’yoriga keldi, lekin bemor kup terlab, unda sulak ajralishi kuchaydi va tez-tez ich ketish kuzatildi. Bemorga kanday dori guruxi  buyurilgan? Bu asoratlarning kelib chikish mexanizmi kanday?
  22. Miokard infarktini boshidan kechirgan bemorga atsetilsalitsil kislotosi buyurildi.Agar vaqt utgandan sung bemorda epigastral ogrik, kon aralashgan ogrik paydo buladi. Atsetilsalitsil kislotasi nima uchun buyurilgan.Bu nojo‘ya ta’sirning sababi nima?
  23. O‘tkir miokard infarkti natijasida bemor yuragida korinchalar titrashi (fibrilyasiya) vujudga kelgan. Bunday vaqtda bemorning xayotini saklab kolish uchun yurak aorinchasidagi titrokni bartaraf qilish kerak. Bunday xolatda aritmiyaga karshi kaysi vositani ishlatish kerak va nima uchun?
  24. Xafakon kasalligi bilan ogrigan bemor gipotenziv vosita yuborilgan Bemorning kon bosimi tushdi, axvoli yaxshilandi. Lekin bemor urnidan turganida birdaniga rangi okarib, boshi aylanib va xushidan ketdi. Bemor urniga yotkizilganda esa xamma noxush belgilar yukoldi. Bemorga kanday dori guruxi buyurilgan edi? Nima uchun bemor urnidan turganida xushidan ketib koldi? Bu noxush xolatning oldini kanday kilib olish mumkin edi?
  25. Bemor kasalxonaga uyku keltiruvchi dori kup istemol qilishdan intoksikatsiya simptomi bilan olib kelindi.Kaysi diuretiklarni kullashda maksadga muvofik ravishda tez yordam kursatish Bilan zaxarlanish keltirib chikargan moddani organizmdan tezrok chikarish mumkin?
  26. Bemorga me’da-ichak yara kasalligini davolash uchun shifokor spazmolitik va bronxolitik xossaga ega bulgan, korachigni kengaytiruvchi dori buyurildi. Lekin bemor davolanish oxirida yakinni kuraolmaslik, ogiz qurishi, ich kotishiga shikoyat kildi. Shifokor qaysi dori guruxini buyurgan?
  27. O‘tkir bronxopnevmaniya bilan og‘rigan bemorga kuniga xar 4 soatda 500.000 TBdan in’eksiya xoldagi penitsillin berildi. Ilk 3 kun davomida davolanishda samara bermadi: tana xarorati balandligicha qoldi, yo‘tal va xolsizlik kamaymadi. Penitsillinni samara bermasligi nima bilan bog‘liq? Bemorni davolashdagi samaraga erishish uchun nimalarni qo‘llash lozim?
  28. Shifokor bemorga glaukomani davolash uchun oftalmologiya amaliyotida kullaniladigan usimlik maxsuloti bulgan dori buyurdi. Dorini eritma, surtma, plyonka xolida fakat sirtdan ishlatsa buladi. Shifokor kanday dori buyurgan?
  29. Revmatik poliartrit bilan kasallangan bemorga kasallik qaytalanganda bitsillin buyurildi. Birdaniga in’ksiyadan so‘ng, nafas etishmovchiligi, yurak urishi tezlashishi belgilari paydo bo‘lib, bu bexushlik xolatiga aylandi. Bu asoratlarning sababi nima va ularni yo‘qotish uchun qanday choralar ko‘rish lozim? Qaysi dori vositalar bilan davolashni davom ettirish kerak?
  30. Miasteniyani davolash uchun shifokor bemorga ichak va kovuk atoniyasida ishlatiladigan, gematoensefalik tusiqdan oson o’ta oladigan, fakat parenteral yuboriladigan, miorelaksantlar antagonisti sifatida kullaniladigan preparat buyurdi. Kanday preparat yuborilgan?
  31. Tish shifokori ko‘rigidagi bemor tish olingandan so‘ng uzoq muddat davom etadigan qon ketishidan va tish olingan o‘rindagi badbo‘y hiddan shikoyat qildi. Bemorga quyida keltirilgan qaysi antiseptik yordam beradi: etil spirti, vodorod peroksidi, kaliy permanganat?
  32. Elka sohasidagi ifloslangan yarasi bor bemorga 3% li protargol eritmasi bilan tibbiy ishlov berish buyurildi. Ma’lum vaqt o‘tib, yara tozalandi, ammo yaraning bitishi uzoq davom etdi va uzoq muddat bemorni bezovta qildi. Nimaga yara sekin bitdi? YUqoridagi holatni to‘htatish uchun shifokor qanday yo‘l tutishi lozim?
  33. SHifokor bemorga jarroxlik muolajasidan oldin dori yubordi. Dorining ta’siri  40 dakika davom etdi, lekin bemorning arterial bosimi keskin tushib, bronxospazm boshlandi. SHifokor  bemorga yana dori yubordi va nojuya ta’sirlar bartaraf kilindi. Bemorga avval va keyingi  yuborilgan dori guruxini aniklang.
  34. Kasalxonaga tez yordam mashinasida MNS si qo‘zg‘alishi bilan og‘rigan bemor keltirildi. Bir oz muddatdan so‘ng qo‘zg‘alish susayish bilan almashindi, yurak faoliyati susaydi, A/B pasaydi va buyrakning ajratuvchi funksiyasini buzulishi namoyon bo‘ldi. SHifokorni bemorning og‘izdagi metall mazasidan shikoyati diqqatini tortdi. Bemorning anamnezidan ma’lum bo‘ldiki, u kasbi yuzasidan bir necha marta qo‘l terisiga tushgan metall bilan aloqada bo‘lgan. Bemor qaysi metall bilan zaharlangan va unga yordam berish choralari qanday?
  35. Xafakon kasallgi  bilan  ogrigan  bemorga dori preparati buyurilgan edi.   Bu  dori  uzok   vakt  ishlatilganida  bemorning  A/B me’yoriga  keldi, lekin  bemorda  oshkozon  soxasida  ogrik  paydo  bulib   sulak   ajralishi   Bemor  tekshirib  kurilganda  unda  oshkozon  yarasi   kasalligi   aniklandi. Bemorga  kanday  dori  buyurilgan  edi?  Nima  uchun  bemorda  bu  asoratlar  yuzaga  chikkan?  Bemorga  kanday  preparatlar  buyurilganida  bu  asoratlar  paydo   bulmagan  bulardi?
  36. Shifokor bemorga kollapsga karshi venaga tomchilab dori yubordi. Kollaps bartaraf etildi, lekin bezovtalik, bradikardiya, uykusizlik kelib chikdi. Kondagi kand mikdoriga ta’sir etmadi. Bemorga kaysi dori yuborilgan?

Farmatsiya va klinik farmatsiya, kasbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari  uchun klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan fanidan  ma’ruzalar  rejasi 

Ma’ruza nomi Soat kas/tal Soat

farmatsiya

1 Maqsadga muvofiq davolash jarayonini tuzish. Dorilarning «terapevtik indeksi», «konsentratsiya-effekt», «konsentratsiya-vaqt» kursatkichlariga bogliqligi. Yurak ishemik kasalligi, patofiziologiyasi, davolash tartibi va prinsiplari. 2 2
2 Yurak ritmini buzilishi (aritmiya), patofiziologiyasi, davolash prinsiplari

Yurak faoliyatini etishmovchiligi kasalligi  va uning farmakoterapiya asoslari.

2 2
3 Ateroskleroz kasalligi, patogenezi va farmakoterapiyasi

Arterial gipertenziyalar, patofiziologiyasi, davolash usullari.

2 2
4 Qon paydo qiluvchi tizimning faoliyati buzilishi va uning     farmakoterapiyasi.Anemiya, tromboz.

Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, patofiziologiyasi, davolash prinsiplari

2 2
5 Jigar kasalliklari, pankreatit  patogenezi va farmakoterapiya asoslari

Buyrak kasalliklari, patogenezi, davolash

2 2
6 Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida ishlatiluchi dori vositalarining klinik-farmakologik xarakteristikasi. Pnevmoniya. Bronxit

Bronxial astma. Patofiziologiyasi va davolash prinsiplari

2 2
7 Qandli diabet va uning farmakoterapiyasi prinsiplari

Revmatizm. Patofiziologiyasi va davolash prinsiplari

2 2
8 Allergik kasalliklar va ularning farmakoterapiyasi.. 2 2
9 Pediatriya va gerantologiyada farmakoterapiya asoslari 1

Farmatsiya va klinik farmatsiya  yo‘nalishi talabalari  uchun klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan fanidan amaliy mashg‘ulotlar  rejasi

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida darsliklar bilan ta’minlanganligi.

O‘quv – uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi.

Farmakologiya va klinik farmatsiya  kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2018-2019o‘quv yili uchun integral ma’ruzalar

R E J A S I

t/r Mashg’ulot olib boruvchi professor-o‘qituvchining

FISH,

lavozimi

Fan Yo’nalish,

kurs

Mavzu Tashqi ekspert Vaqti
1 Fyzieva

Ziyoda To‘raevna

kafedra dotsenti

Rasulova

Vasila Batirovna

kafedra dotsenti

Fiziologiya, Klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan Farmatsiya,

5 kurs

Xazm tizimi fiziologiyasi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi farmakoterapiyasi asoslari (integral ma’ruza) TTA farmakologiya kafedrasi mudiri, b.f.d,dotsent Allayeva M.J. 2019 yil

mart

2 Shilsova

Natalya Vasileevna

kafedra dotsenti

Bagdasarova

Elmira Sergeevna

kafedra professori

Farmakologiya,

Patologiya

Farmatsiya, 4 kurs Patogenez vospaleniya i protivovospalitelnыe sredstva

(integral ma’ruza)

TTA farmakologiya kafedrasi mudiri, b.f.d,dotsent Allayeva M.J.

 

2018 yil

oktyabr

Farmakologiya va klinik farmatsiya  kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2018-2019 o‘quv yili uchun ochiq ma’ruzalar

R E J A S I

t/r

Mashg’ulot olib boruvchi professor-o‘qituvchining

FISH, lavozimi

Fan Yo’nalish, kurs Mavzu Tashqi ekspert Vaqti
1 Tulyaganov Rustam Tursunovich

kafedra dotsenti

Farmakologiya Sanoat farmatsiya, 4 kurs  

Gipotenziv dori vositalari farmakologiyasi

 

TTA farmakologiya kafedrasi mudiri, b.f.d,dotsent Allayeva M.J.

 

2018 yil

oktyabr

2 Raximova Dilorom Orifjanovna

kafedra dotsenti

Farmakologiya Sanoat farmatsiya, 4 kurs  

Antibiotiklar

 

TTA farmakologiya kafedrasi professori, t.f.d. Xakimov Z. Z.

 

2018 yil

noyabr

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida batafsil ma’lumot. Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi xodimlari Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy ishlari bo‘yicha tematikasiga kiritilgan “Tibbiyotda qo‘llash uchun yangi kimyoviy birikmalar va shifobaxsh o‘simliklar va mevalar orasida yuqori faollikga ega preparatlarni izlash va tibbiyotga tadbiq etish” mavzusi bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqdalar.  Kafedrada maxalliy dorivor o‘simliklar va ulardan ajratib olingan faol moddalarning farmakologik ta’sirini o‘rganish ustida ish olib borilmoqda. Olib borilgan ishlarning natijasi sifatida bir qator preparatlar amaliyotga joriy etildi.

– Diabetol substansiyasi va kapsulasi O‘zR SSV FQga klinik sinovlarga ruxsat olindi.

– “Reptin plant” BFQ ishlab chiqarishga ruxsat olindi.

– Diabenit kapsulalari FQdan amaliyotda qo‘llash uchun ruxsat olindi, sanoat sharoitida ishlab chiqarish uzlashtirilmoqda.

Kafedrada bugungi kunda quyidagi doktorant va mustaqil izlanuvchilarning mavzulari OAK byulletenida chop etilgan:

– Kafedra assistenti Usmanova Zakira Usmanovna bazovыy doktoranturada 3-yil, mavzusi OAK byulletenida chop etilgan. “Sachratqi va ernok asosida olingan yangi dori vositalarining farmakologik-toksikologik xususiyatlari”

– Mustaqil izlanuvchi Axmadjonuv Asilbek Qosimjon o‘g‘li OAK byulletenida chop etilgan. Mavzu “Organizmning individual metabolizm xususiyatlariga bog‘liq xolda eksperimental gipotireozning kechishi va uni korreksiyalash yo‘llari”. Ish ilmiy seminardan o‘tib, Kengashga topshirildi.

– Kafedra katta o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Sultanova Ra’no Xakimovna mustaqil izlanuvchi sifatida tadqiqot olib bormoqda, mavzu OAK byulletenida chop etilgan. Mavzu “Vismut(III) yangi koordinatsion preparatlar farmakologiyasi”

– Qosimov Abror Shakirovich kafedra dotsenti, t.f.n. mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy ish bilan shug‘ullanmoqda. Mavzusi OAK byulletenida chop etilgan. “Qon albumining dori bog‘lash xususiyatini aniqlovchi yangi usulini ishlab chiqish va uni klinik-farmakologik baholash”

– Imomaliev Baxtiyor- mustaqil izlanuvchi. Mavzu OAK byulletenida chop etilgan “Фармакология новой аппликатсионной фитокомпозитсии, применяемой в наружной терапии атопического дерматита”.

 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida batafsil ma’lumot.

Кафедра ходимлари томонидан халқаро миқёсидаги чоп этилган илмий мақолалар

Kafedrada olib borilayotgan ma’naviy – ma’rifiy ishlar haqida

batafsil ma’lumot.

Sentyabr 2017–yil: Toshkent farmatsevtika instituti «Famakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi» professor-o‘qituvchilari tomonidan sentyabr oyi davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Institut ma’naviy – ma’rifiy bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan 2018-2019 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan va tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida «Famakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi» ma’naviy – ma’rifiy ishlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

«Famakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi» ma’naviy – ma’rifiy ishlar rejasidagi ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalarni kafedrada to‘laqonli bajarilishini tashkil etish maqsadida kafedraning ma’naviy – marifiy ishlari bo‘yicha ma’sul shaxs etib dots. B.Rasulova belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev I.A.Karimovning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha xotira kunini tashkil etish hamda mamlakatimiz taraqqiti yo‘lidagi fidokorona mehnatlarini targ‘ib etish chora-tadbirlarini ijrosi Yuzasidan 2-sentyabr kuni birinchi boskich talabalariga kafedra mudiri, t.f.d. S.A.Saidov, dots. V.B.Rasulovalar tomonidan ma’ruzalar tashkil etildi. Bu ma’ruza davomida O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz manfaati yo‘lida amalga oshirgan ezgu ishlari, islohotlarining samarasi misollar bilan keltirildi. Shu ma’noda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori xamda, “Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buYuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘anievich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana – 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish belgilansin” deb aytgan prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning so‘zlari xalqimiz istagining yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.

O‘qituvchilar tomonidan xalqimizning atoqli farzandi Islom Karimovning davlat va siyosat arbobi sifatidagi keng qamrovli faoliyati, amalga oshirgan ishlarini alohida e’tirof etildi.  Suxbat davomida talabalar xam o‘z  samimiy fikrlarini bayon etdilar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq xolda birinchi kurs talabalarini institutdagi mavjud shart-sharoitga ko‘niktirish, adaptatsiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha: “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini Yuqori saviyada tashkil etish; institutga o‘qishga kirgan talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish; talabalarni murabbiylari bilan tanishtirish ularni uslubiy materiallar bilan ta’minlash maqsadida kafedraning bir qator o‘qituvchilaridan prof. E.S. Bagdasarova, kat.o‘q. SH.Bobojonova, o‘q. M.Xakimovalar tomonidan 1-bosqich talabalari bilan tanishtiruv va tushuntirish ishlari olib borildi.

     

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalari”, tibbiy deontologiya bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tarbiyaviy soatlar tashkil etildi.

Shuningdek tarbiyaviy soatlar doirasida guruxlarning murabbiylari bilan xam uchrashuvlar uyushtirildi va talabalarga ko‘yiladigan talablar keng yoritilib berildi.

Oktyabr 2017-yil:1.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalari”, tibbiy deontologiya bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tarbiyaviy soatlar tashkil etildi. Bunday murabbiylik soatlari  murabbiylarning 2017-2018 o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ma’naviy ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari rejasiga muvofik xolda amalga oshirildi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda murabbiylar kengashi tomonidan 1 bosqich talabalariga murabbiy qilib saylangan o‘qituvchilar qatnashdilar. Bular jumlasiga prof. E.S.Bagdasarova, dots V.B.Rasulova, kat.o‘q. SH.Bobojonova, o‘q.M.Xakimovalar kirdi.

Shuningdek tarbiyaviy soatlar doirasida guruxlarning fan o‘qituvchilari bilan xam uchrashuvlar uyushtirildi va talabalarga ko‘yiladigan talablar keng yoritilib berildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalari”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati” bo‘yicha talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish. Talabalar tomonidan ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmayditgan holatlarning sodir etilishi oldini olishga yo‘naltirilgan targ‘ibot ishlarini olib borish va talabalarning uyali telefonida jamlangan ma’lumotlarni nazorat qilish bo‘yicha guruhlarda tushuntirish ishlarini olib borish. Qoidalarga rioya qilish bo‘yicha monitoring ishlarini amalga oshirish, uning natijalarini muhokama etib, zarur choralar ko‘rib borish. bo‘yicha talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirildi. Bunda «Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi» ning barcha murabbiylari faol ishtirok etishdi. “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 27.09.2017-yil ma’naviyat-marifat bo‘limi tomonidan berilgan reja asosida barcha murabbiylik guruxlarida MANAVIYAT KUNI doirasida talabalar bilan “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi” (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (muqaddas qadamjolarga) “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik” mavzularida (mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar) tanishuv va sayohatlar uyushtirishtirildi. Bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida «Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi» ning barcha murabbiylari faol ishtirok etdilar.

“Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1.10.2017-kuni institut raxbariyati tomonidan uyushtirilgan tantanali “1-oktyabr murabbiylar kuni” tadbirda qatnashdilar.

“Talaba – qizlarni reproduktiv salomatligini yaxshilash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish”  bo‘yicha farmakologiya va klinik kafedrasiga qarashli jismoniy madaniyat va sport ishlari bo‘limining katta o‘qituvchilari V.S.Qosimova, A.A.Abduraxamnova va I.V.Kostrikovalar xamda nstitut qoshidagi tibbiy muassasa xodimlari vrach A.B.Arakelyan bilan birgalikda 1-2-kurs “Farmatsiya”, va “Sanoat farmatsiyasi” fakultetlarining 2017 – 2018 o‘quv yilida tibbiy ko‘rikda qatnashgan 332 ta talaba – qizlari bilan birgalikda reproduktiv salomatligini yaxshilash  maqsadida  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqida suhbat o‘tkazildi.

Institut ma’naviyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan 10-15 oktyabr kunlaridaO‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlab talabalar bilan I.A.Karimov xaykalini ziyoratiga bag‘ishlangan tadbirda kafedraning barcha murabbiylari faol ishtirok etdilar.

Institut talabalar turar joyida o‘quv yili davomida kafedraga biriktirilgan xonalarning nazorati bo‘yicha kafedra xodimlari tomonida 10.10.2017 kuni TTJ dagi kafedra tasarrufiga biriktirilgan xonalar nazorat kilindi. Bunda 2A, 3A, 4A, 6A, 8A va 9,10 xonalarning sanitar-gigienik xolati va talabalarning ruxiy xolatlari, talab va takliflari bilan suxbatlashish orqali tanishildi.

Institut talabalar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga doir masalalarni o‘rganish va jinoyatchilikni oldini olish yo‘lida faol ishtirokchiga aylanish maksadida tashkil etilgan “Jinoyatga jazo muqarar” mavzusida suxbatda kafedraning 1-bosqich murabbiylar gurux talabalari bilan ishtirok etdilar.

 

Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida sportning futbol turint yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida, jismoniy madaniyat va sport bo‘limi hamda institut YOshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” musobaqasi joriy yilning 2017 yil 6-10 oktyabr kunlari Toshfarmi sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10 – 11 oktyabr kunlari institut sport bazasida talaba – yoshlar o‘rtasida stol tennisining yakka razryad bo‘yicha spartakiada dasturidan o‘rin olgan ushbu sport turidan “Oltin kuz” musobaqa birinchiligi o‘tkazildi.

Joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari institut sport bazasida “Oltin kuz” shiori ostida sport musobaqasining 1-2-bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan talaba–yigitlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha universiada dasturidan o‘rin  olgan birinchiligi o‘tkazildi.

 

Noyabr 2017-yil: 1.Farmatsiya fakulteti instituti «Famakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasining 39 bandiga kura kafedralar xodimlari V.B.Rasulova va o‘qituvchi F.Saydalieva tomonlaridan talaba-yoshlar o‘rtasida Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash hamda “Sog‘lom turmush tarzi” kabi tadbirlarni o‘tkazish chora-tadbirlariga ko‘ra “Yod tanqislik holati va uni bartaraf etish chora tadbirlari” “Sil kasalligi, uning oqibatlari oldini olish choralari” mavzusida FarMI kichik majlislar zalida 24.10.2017-y. 1500da FarMI litsey talabalari ishtirokida tadbir o‘tkazdi.

Farmatsiya fakulteti instituti «Famakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasining 21-bandi asosida institut talabalar turar joyida o‘quv yili davomida turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida kafedra xodimlari tomonidan Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti Fayziyeva Z.T., kafedra katta o‘qituvchilari Saydaliyeva F.A. va Sultanova R.X.lar tomonidan «Kamqonlik kasalligi va uning oldini olish choralari» mavzusida ma’ruza qildilar.

     

.Farmatsiya fakulteti instituti «Famakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasining 13-bandidagi “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi” (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (muqaddas qadamjolarga) tanishuv va sayohatlar uYushtirish rejasiga muvofik 5.11.2017-y. katta o‘qituvchi Sultanova R.X.ning 5-kurs farmatsiya fakulteti 1-guruh murabbiylik guruhi bilan Samarqandning tarixiy obidalariga ziyorat tashkil etildi. guruh talabalari bilan Samarqand viloyati Xartang qishlog‘idagi Imom Buxoriy ziyoratgohiga tashrif amalga oshirildi.

     

Marhum prezidentimiz I.A.Karimovning yashab katta bo‘lgan xonadonlari va maktablari atrofidagi ko‘chalar, tarixiy maschit va qadimiy azon etishga mo‘ljallangan balandliklar bilan tanishildi va talabalarga ma’lumotlar berildi.

     

Mirzo Ulugbek rasadxonasi, observatoriya va muzey bilan tanishildi.

     

Talabalar bu ko‘rgazdada Yuqori qiziqish va faollik bilan qatnashdilar. O‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan soxa sxodimlariga murojat qildilar va javoblar oldilar.

Dekabr 2017-yil: 1.Farmatsiya fakulteti «Farmakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasining “Sog‘lom turmush tarzi” kabi tadbirlarni o‘tkazish chora-tadbirlariga ko‘ra “1-dekabr OITS ga karshi kurash kuni” mavzusida 1-dekabr kuni soat 1400 da katta faollar zalida 1-bosqich talabalari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

     

2.Farmatsiya fakulteti «Farmakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi  o‘qituvchisi Suxrob To‘ychiev 19-dekabr 2017-yil “O‘zbekiston” teleradio kanalidagi “Oydin xayot” tok-shousida o‘zlarining “Birinchi shrshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish” mavzusida ishtirok etdilar.

 

3.Farmatsiya fakultet «Famakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasining 21-bandi asosida institut talabalar turar joyida o‘quv yili davomida turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida kafedra xodimlari tomonidan farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan TTJlarini sanitar–gigienik xolatini tekshirish va “Grippga qarshi profilaktik chora-tadbirlar mavzusida suxbat o‘tkazildi”. mavzusida ma’ruza qildilar.

     

Yanvar 2018-yil: 1.Farmatsiya fakulteti «Farmakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan  talabalar turar joylarida 2017-2018 o‘quv yilida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar  rejasiga asosan rektoratda talabalar turar joyida muammolarini o‘z vaqtida qayd qilish va hal qilishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar haqida ma’lumot berish maqsadida TTJni kafedraga biriktirilgan xonalari nazoratga olindi va ulardagi muammolar o‘rganildi.

Farmatsiya fakulteti «Farmakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi  o‘qituvchilari tomonidan murabbiylik guruxlarida “Yangi yilingiz kutlug bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi yil tabrigi zamirida yurt kelajagi va vatan ravnaqi masalalarini targ‘ib kilishbo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi. Fevral 2018-yil: 1.Farmatsiya fakulteti «Farmakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi  katta o‘qituvchisi A.J.Rajapov tomonidan 15.02.2018-y. “Diniy   ekstremistik, terroristik  va fundamentalistik mafkura va qarashlarni, millatlararo va diniy ziddiyatlaga qarshi kurash” mavzusiga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot mavzusida suhbatlar o‘tkazdi.

Farmatsiya fakulteti «Farmakologiya va klinik farmatsiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 5.02.2018-y. “O‘zbekiston-24” teradio kanaliga intervyu berdilar.

Yuqorida keltirilgan tadbirlar bayonnomalashtirilgan bulib bayonnomalar kafedrada saqlanadi.

Kafedrada o‘quv jarayonidagi qulayliklar, materiallar,

AKT vositalari haqida qisqacha ma’lumot.

Kafedrada o’quv jarayoni uchun qullayliklar mavjud bo’lib, har bir fan uchun alohida o’quv uslubiy majmua mavjud bo’lib, ushbu majmualardan kafedra professor–o’qituvchilari dars jarayonlarida mukammal foydalanib kelishmoqda. O’quv jarayonida talabalarga tushunarli bo’lishi uchun amaliyotda ko’proq materiallar, AKT lar hamda mullajlardan foydalaniladi. Hamda kafedra qoshidagi “Koordinatsion birikmalar va farmako-toksikologik moddalarni tahlil qilish” laboratoriyasidan foydalaniladi. Shu bilan birga o’quv jarayonini ma’ruza vaqtida fanlarga oid prizentasiya hamda tarqatma materillaridan foydalanilari.

     

Kafedraning xo‘jalik shartnomalari haqida ma’lumot.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida 2011-yildan buyon xo‘jalik shartnomalari, xalqaro ilmiy grantlar ishini olib boradi

08.10.2018, 16:18   3316