Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi

Olimov Nemat Qayumovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktiri, professopr

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Har kuni (9:00-17:00)

Tel.:

E-pochta:

Veb-sayt:

Kafedra tarixi

Institut rektori professor I.I. Alimdjanovning 2018-yil 21-iyuldagi 553-sonli buyrug’iga binoan “Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti”da yangi «Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash» kafedrasi tashkil etildi.

Mudir haqida ma’lumot va e’rishgan yutuqlari

Olimov Nemat Qayumovich 1960-yilda tug’ilgan, millati o’zbek. O’zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetini 1983 yilda tugatib, Professor S.N.Aminov va dotsent X.R.To’xtayevlar rahbarligida 1990 yilda “Itakon, sitrakon va malein kislotalarining sirt faol hosilalarining sintezi va kolloid kimyoviy xossalari” mavzusida kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan; 1992 yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan; shu yildan boshlab kafedrada dotsent lavozimida ishlab, 1993-yilda farmatsiya fakulteti dekan muovini, 1995-1999 yillarda esa shu fakultet dekani va 1999-2009-yillarda Toshkent farmasevtika instituti 1-prorektori, 2007-2009 yillarda o’quv ishlari bo’yicha prorektor vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishladi. 2011 yilda Toshkent farmatsevtika instituti Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori, O’zbekiston Fan arbobi S.N. Aminov rahbarligida “Sarimsoq piyoz asosida dori vositalari texnologiyasini yaratish va standartlash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Ilmiy ishlari dorivor o’simlik xomashyosi asosida yangi dori vositalarini ilmiy asoslangan texnologiyalarini, sifat nazorati va standartlash usullarini ishlab chiqish va boshqa yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik (2009 yil – Normuratov A.S., 2010 yil – Raximova G.R.) va 1 ta farmatsevtika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) (2018 yil – Sidametova Z.E.) dissertastiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bugungi kunda tayanch doktorantura ilmiy xodimi A.A. Muxitdinov “O’simlik xomashyosidan olingan yallig’lanishga qarshi dori vositasini standartlash” mavzusida ilmiy ishini yakunlamoqda. Ilmiy grantlar doirasida (P-15-26, I-33, I-2011-9-3, I-SS-2014-8, I6-SS-0-21347) ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Kafedra shu vaqtga qadar erishgan yutuqlari

Hozirgi kunda «Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash» kafedrasida  farmatsevtika fanlari doktori, professor N. Q.Olimov, farmatsevtika fanlari doktori, professor M.A.Tojiev, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Z.Salixodjaev,  tibbiyot fanlari doktori, dotsent S.A.Saidov, farmatsevtika fanlari nomzodlari, dotsentlar  G.M.Ismoilova,  N.A.Abduraxmonova,  tibbiyot fanlari nomzodi  dotsent

B.S.Raximov, PhD Z.E.Sidametova, assistent R.K. Sadikova faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedrada tasdiqlangan dasturlar asosida  farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmakologiya,     mi­krobiologiya va toksikologik kimyo fanlaridan ma’ruza va amaliy mashgulotlar olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi № 319 sonli “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi to‘g‘risida” gi Qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Farmatsevtlarni ma­lakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining darajasi va bilimlar mazmuniga qo‘yilgan “DAVLAT TALABLARI” ni ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda kafedrada tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirishlari mumkin:

  • “Dorixona muassasalari iqtisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar”;
  • “Farmatsevtika amaliyotining dolzarb mavzulari”;
  • “Dori turlari texnologiyasi”;
  • “Dori vositalari sifatini nazorat qilish”;
  • “Steril dori tayyorlash texnologiyasi”;
  • Dorivor o‘simliklardan farmatsevtika amaliyotida foydalanishning dol­zarb muammolari”;
  • “Sud kimyogar–ekspertlarining ixtisoslashuvi”;
  • “Tibbiyot kollejlari Farmatsiya bo‘limi pedagoglarining malakasini oshirish”;

Farmakognoziya fanidan amaliy mashg‘ulotlar Botanika bog‘ida muntazam ravishda olib boriladi.

     

2018-yil 28-may hamda 12-iyunda Farmatsevtlarni malakasini oshirish fakulteti «Farmatsevtika amaliyoti dolzarb muammolar» yo‘nalishi tinglovchilarga Farmakognoziya fani bo‘yicha “Ibn Sino va xalq tabobatida qo‘llanilayotgan dorivor o‘simliklar va ulardan olingan fitochoylar va dori vositalari” mavzusida dotsent Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna “Dr.Mardon» Pharmaceutical companya vakillari Gulnora Rasulova va Toiba Axmedovalar ishtirokida integratsiyalashtirilgan mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulotda tinglovchilar, kafedra mudiri U.J.Akromov, dotsentlar A.M.To’xtayeva, G.M. Ismailova va Sh.T.Salyamovalar qatnashishdi.

   

OOO”Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi direktori Abduganiev SH.X. bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra G.M. Ismailova Farmatsevtik kimyodan  laboratoriya darslari tinglovchilar bilan dori vositalarini standartlash ilmiy markazida olib boriladi.

 

KOREYA IXTIROCHI AYOLLAR ASSOTSIATSIYASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

2019 yil 14 yanvarda “Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash” kafedrasining dotsenti Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna Turin politexnika universitetida Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi Prezidenti YUn Mung Xi tomonidan prezentatsiya taqdim etildi. Uchrashuv doirasida  Uzbekiston Ixtirochi ayollar uyushmasi va Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Shuningdek, uchrashuvga bag‘ishlangan “Ixtirochi ayollar-2019” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

     

 

 

Kafedra jamoasi haqida batafsil ma’lumot.

F.I.SH. Tojiev Mansur Azizovich

Lavozimi: Kafedra professori

Tug’ilgan vaqti: 1946-yil

Telefon: +998935416433

e-mail:

Tojiev Mansur Azizovich 1969 y.Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan.1964-1969 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti talabasi. 1969-1970 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti stajyor-tadqiqotchisi lavozimida ishladi.1970-1971 yy. –  Armiya safida harbiy xizmatda bo’lgan. 1971-1979 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti assistenti lavozimida ishladi.1979-1983 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti katta o‘qituvchisi lavozimida ishladi.1983-1992 yy. –  Toshkent farmatsevtika institute dotsenti lavozimida ishladi.1992-1996 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi professori lavozimida ishladi.1996-2001 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.2001-2012 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti “Toksikologik kimyo”   kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.2012-2013 yy. –  Toshkent farmatsevtika instituti “Toksikologik, organik va biologik kimyo” kafedrasi professori lavozimida ishladi.2013 y. – x.v.   – Toshkent farmatsevtika institutining «Farmatsiya» kafedrasi professori lavozimida ishladi.

 

F.I.SH. Salixodjaev Zukurulla

Lavozimi: Kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari doktori

Tug’ilgan vaqti: 1939-yil

Telefon: +99871-256-37-60

e-mail:

1962 yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan.

1972 yilda  14. 00.25 –farmakologiya ixtisosligi bo’yicha “K farmakologii kompleksnыx soedineniy kobalta» mavzusida nomzodlik disseratsiyasini ximoya qilgan. 1989 yilda 14. 00.25 –farmakologiya ixtisosligi bo’yicha “Vliyanie koordinatsionnыx soedineniy nekotorыx biometallov na techenie eksperimentalnogo ateroskleroza» mavzusida doktorlik dissertatsiya ishini himoya qilgan. 1974 yilda katta ilmiy xodim unvonini olgan.

100 dan oshiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. 10 ta mualliflik guvohnomalarini qo‘lga kiritgan.

3 jildlik “Dori vositalari qo‘llanmasi” (2015 y.) “Salomatlik bebaho ne’mat” (2016 y.),  “Tibbiyot ensiklopediyasi” (2016 y.), “Shifobaxsh taomlar siri” (2017 y.) kitoblarni chop etgan.

 

F.I.SH. Ismoilova Guzaloy Muxutdinovna

Lavozimi: Kafedra dotsenti, kimyofanlarinomzodi

Tug’ilgan vaqti: 1962-yil

Telefon: (94)645-19-62

e-mail: iguzaloy@mail.ru

Millati o‘zbek.Toshkent farmatsevtika institutini bitirgan Diplom bo‘yicha mutaxassisligi-“ provizor”  02.00.01 “Anorganik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash yo‘nalishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida  70 dan oshiq  ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. U Toshkent farmatsevtika institutida bajarilgan 2015 -2017 yy mo‘ljallangan ADSS 15.28.2 sonli «O‘zbekistonda etishtirilayotgan tikanli artishok (Synara scolymus L.) hom ashyosi asosida gepatoprotektor va o‘t haydovchi ta’sirga ega bo‘lgan yangi dori preparatlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash» davlat grantida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab keldi Ismoilova G.M 2017 yili   TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida qayta tayyorlash kursini o‘tdi. Ilmiy-pedagogik staji  40 yil.

 

F.I.SH. Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna

Lavozimi: Kafedra dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi

Tug’ilgan vaqti: 1975-yil

Telefon: +99871-256-37-60

e-mail: nargiza_24.10.1975@mail.ru

1997 yilda Toshkent farmatsevtika institutini bitirgan. 2011 yilda “Tog‘ dastarboshi hom ashyosini farmakognostik baholash va uning asosida gijjalarga qarshi dori preparatlarini yaratish” mavzusida 15.00.02 –farmatsevtik kimyo va farmakognoziyaixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmabchop etilgan. Ilmiy-pedagogik staji 21 yil.

 

F.I.SH. Saidov Saidamir Abrorovich

Lavozimi: Kafedra dotsenti, Tibbiyot fanlari doktori, dotsent

Tug’ilgan vaqti: 1975-yil

Telefon: (0 371) 256-06-54

e-mail: saidov.s@pharmi.uz

Saidov SaidamirAbrorovich – tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 1998-yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti tugatgan. 1998-yildan buyon ilmiy faoliyat olib bormoqda. 2001-yilda 2-TashMI da (TMA) “Stressdan keyingi davrda gipoksiyaga turg‘unligi turlicha kalamushlar individual metabolik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Doktorlik dissertatsiya mavzusi “Metabolik sindrom: modellash, patogenez, davolash (eksperimental tadqiqot)” mavzusidagi ma’ruzasi 2007-yilda TMAda himoya qilindi. 2009-yildan buyon Toshkent farmatsevtika institutida ishlab kelmoqda. S.A.Saidov rahbarligida koordinatsion birikmalarni farmakologik tadqiqotida innovatsion usullarni joriy etish bo‘yicha maqsadli ilmiy ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, kafedrada zamonaviy analizatorlar bilan jihozlangan tibbiy-biologik laboratoriya yaratildi. Laboratoriyada ilmiy ishlardan tashqari ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar ham olib boriladi. Bu farmatsevt-talabalarni o‘qitish jarayonining innovatsion bosqichini rivojlantirishga qaratilgan. S.A.Saidov quyidagi dissertatsiya mavzulariga rahbarlik qilib kelmoqda: 1. “Organizmning individual metabolik xususiyatlariga bog‘liq eksperimental gipotireoz kechimi” (dissertant A.Q.Axmadjonov) 2. “Eksperimental osteoporozda kalsiy-organik birikmalar farmakoterapiyasining individual xususiyatlarga bog‘liqligi” (dissertant A.A.Mavlonov).

S.A.Saidov Xalqaro farmakologlar va klinik farmatsevtlar assotsiatsiyasi a’zosi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bioetik Qo‘mitasi a’zosi, Innovatsiya agentligi ilmiy-texnik Kengashi a’zosi,  Sog‘liqni saqlash vazirligi farmakologiya Kengashi a’zosi, SSV monotematik Komissiya a’zosi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy seminar a’zosi, TashFarmi da ixtisoslashgan Kengash, ilmiy Kengashi. Ingliz va rus tilini mukammal biladi.

 

F.I.SH. Raximov Bobir Sultonovich

Lavozimi: Kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi

Tug’ilgan vaqti: 1964-yil

Telefon: +99871-256-37-60

e-mail: 

1981 yil o‘rta maktabni tugatib Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulьtetiga o‘qishga kirdi va 1987 y. institutni imtiyozli diplom bilan tugatdi.
1999 yilda “Sravnitelnaya otsenka effektivnosti kompleksnogo lecheniya kalkuleznogo pielonefrita u detey” mavzudagi nomzodlik dissertatsiyani himoya qilgan.

 

F.I.SH. Sidametova Zaynab Enverovna

Lavozimi: Kafedra katta o’qituvchisi, farmasevtika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Tug’ilgan vaqti: 1981-yil

Telefon: +99871-256-37-60

e-mail: pharmasevtika2018@mail.ru

2004 yilda Toshkent farmatsevtika institutini bitirgan. 2018 yilda “Flegmen yangi tinchlantiruvchi yig’masini standartlash” mavzusida 15.00.02 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 45 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan. Ilmiy-pedagogik staji 3 yil.

 

F.I.SH. Sadikova Ra’noxon Karimovna

Lavozimi: Kafedra assistenti

Tug’ilgan vaqti: 1989-yil

Telefon: +99897-442-93-99

e-mail: pharmasevtika2018@mail.ru

2010 yilda Toshkent farmatsevtika institutini bitirgan. 2012 magistraturani tamomlagan. “Standartizatsiya korney kukuruz  obыknovennoy”. 1 maqola va 2 ta tezis chop etilgan.

15.00.02 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD)   ilmiy darajasini olish uchun “Farmakognosticheskoe izuchenie vaydы krasilьnoy” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

28.03.2019, 21:35   1377